ko’ra uning dublikati berilishi mumkin.
Sertifikat egasi sertifikati yo’qolganligini matbuotda e’lon qilishi va uning matbuotda
e’lon qilinganligini tasdiqlovchi axborotni tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga
taqdim etishi lozim. Sertifikat dublikatida uning avvalgi qayd etilgan raqami va ilgari
belgilangan amal qilish muddati yoziladi, yangi blankaning yuqori burchagida “Dublikat”
yozuvi ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Yaroqsiz holga kelgan sertifikat tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga yo’q qilish
uchun qaytarib berilishi kerak.
Sertifikatni qayta rasmiylashtirganlik hamda uning dublikatini berganlik uchun ariza
topshirilgan sanadagi eng kam ish haqining to’rtdan bir qismi miqdorida yig’im undiriladi.
Sertifikatning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |