mumkin.
Imtihon
natijalari
komissiya
bayonnomasi
bilan
rasmiylashtiriladi
va auditorlarning jamoat birlashmalariga topshiriladi.
Sertifikat imtihonda qatnashish uchun ariza topshirilgan auditorlarning jamoat
birlashmasi tomonidan beriladi.
Sertifikat belgilangan shakldagi maxsus blankada rasmiylashtiriladi va O’zbekiston
Respublikasining barcha hududida amal qiladi. Sertifikat auditorlarning jamoat
birlashmasining rasmiy qisqartirilgan nomidan keyin oraliq bo’shliqlarsiz (X...X 000000
tarzida) raqamlanadi.
Sertifikat blankalari qat’iy hisobot hujjati hisoblanadi va qalbakilashtirishga qarshi
himoya elementlariga ega bo’lgan maxsus qog’ozda “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish
birlashmasi tomonidan auditorlarning jamoat birlashmalari buyurtmasiga ko’ra
tayyorlanadi.
Auditorlarning jamoat birlashmalari belgilangan tartibda berilgan va qayta
rasmiylashtirilgan, shuningdek dublikatlari berilgan sertifikat blankalari hisobini yuritadi
Do'stlaringiz bilan baham: |