Bog'liq HAVING KONSTRUKSIYASI ISHLATILGAN SO’ROVGA HAVING SIZ EKVIVALENT SO’ROV KELTIR
So`rov natijalarini aks ettirish Tayyor so`rov Konstruktor zaprosov uskunalar panelida joylashgan undov belgisi tasviri tushirilgan tugmani bosgandan so`ng bajariladi. So`rovni bajarish uchun ma`lumotlar bazasining Otkrqt tugmasidan yoki tanlangan so`rov nomida sichqonning chap tugmasini ikki marta bosishdan foydalanish mumkin. Access mijoz jadvalidan ko`rsatilgan mezonlarga mos ravishda ajratilib olingan natijaviy yozuvlar to`plamini ekranda aks ettiradi. Agar so`rov blankiga o`zgartirish kiritishzarurati tugilsa, u holda uskunalar panelida chapdan birinchi joylashgan tugma yordamida so`rovlar konstruktori holatiga o`tish yoki Vid menyusining Konstruktor opsiyasini o`rnatib bajarish mumkin.
Boshqa tur so`rovlar yaratish
Tanlanma so`rovdan tashqari Access da boshqa tur so`rovlar xam mavjud: taosirli (deystviya) so`rov, parametrik so`rov va qamrovchi (perekrestnoye) so`rovlar.
O`zgartirishga so`rov
O`zgartirishga so`rov jadvaldagi qiymatlarni yangilash uchun, yozuvlar gurushlarini qo`shish yoki o`chirish uchun xamda bitta yoki bir nechta jadvallar yordamida yangi jadval xosil qilish maqsadida o`zgartirish va ko`chirish uchun ishlatiladi. O`zgartirishga so`rovning to`rt xil turi mavjud:
Qo`shishga so`rov yordamida bir jadvalning yozuvlarini (barchasini yoki so`rov bilan ajratilgan qismini) ikkinchi jadvalning oshiriga qo`shish mumkin. `ar ikkala jadval bitta yoki `ar xil ma`lumotlar bazasida joylashgan bo`lishi mumkin.
Agar yozuvni boshqa ma`lumotlar bazasiga qo`shmoqchi bo`lsak, avvalo Fayl menyusining Vneshniye dannqe qism menyusidagi Svyaz s tablitsami buyrugi yordamida maqsad jadvali joylashgan bazaga manbaa jadval ulanadi. Qo`shiluvchi yozuvlarni ajratish uchun tanlashga so`rov tuzish kerak. So`ngra Vid menyusining Rejim tablitsq buyrugi yordamida jadval holatiga o`tib, tuzilgan so`rovni bajarish va natijani ba`olash zarur. Undan keyin konstruktor holatiga qaytiladi va Zapros menyusidan Dobavleniye buyrugi ishga tushiriladi. Natijada ochilgan Dobavleniye muloqot oynasida foydalanuvchi so`rov yozuvlarining natijaviy to`plamidan olingan natijalarni qo`shishni xo`lagan jadval nomining mos maydonlarini berishi zarur. Muloqot oynasini OK tugmasi yordamida yopganimizda Access so`rov blankiga Dobavleniye qatorini qo`shadi. Bu qatorga avtomatik ravishda (yoki foydalanuvchi tomonidan) so`rov maydoni nomi bilan mos keluvchi maqsad jadvalning maydon nomlari qo`yiladi. So`ngra uskunalar panelidagi Zapusk tugmasini bosib so`rovni bajarishga to`g`ri keladi. Access maxsus muloqot oynasida maqsad jadvalga nechta yozuv qo`shilishini ko`rsatadi va bu amalni bajarishni taokidlashni talab qiladi.
O`chirishga so`rovlar
Bu turdagi so`rovlar jadvaldan maolum tanlash mezonlariga mos yozuvlar guruxini o`chirish uchun xizmat qiladi. So`rov yordamida o`chirilgan yozuvlarni tiklab bo`lmaydi. Shuning uchun xam tanlash mezoni xar tomonlama tashkil qilinishi zarur. Avvalo Usloviye otbora satrida mezon ko`rsatilib o`chiriluvchi yozuvlarni tanlashga so`rov yaratilishi zarur. Berilgan mezonlarning to`g`riligini tekshirish uchun bu so`rov bajariladi va konstruktor holatiga o`tiladi. Undan so`ng Zapros menyusining Udaleniye buyrugini ishga tushurish kerek bo`ladi. Access so`rov blankiga Udaleniye qatorini qo`shadi va yacheykaga Usloviye ning qiymatini kiritadi. Bu foydalanuvchi qo`shimcha tanlash mezonlarini o`rnatish mumkinligini bildiradi. So`ng uskunalar panelidagi undov belgisi tushirilgan tugmani bosib, so`rovni bajarish kerak bo`ladi. Access maxsus muloqot oynasida jadvaldan nechta yozuv qo`shilishini ko`rsatadi va o`chirishni taokidlashni talab qiladi.
Yangilashga so`rov
Yangilashga so`rovdan foydalanib, foydalanuvchi maolum mezonlar asosida ajratib olingan yozuvlar guruxini o`zgartirishi mumkin. Yangilashga so`rovni tuzishda avvalotanlovga so`rov yaratiladi va tekshiriladi. So`ngra konstruktor holatida Zapros menyusining Obnovleniye buyrugi ishga tushiriladi. Natijada Access jadval maydonlarining yangi qiymatlarini ko`rsatish uchun mo`ljallangan Obnovleniye qatorini so`rov blankiga qo`shadi. Bu maqsadda hisoblanuchi ifodalarni xam ishlatish mumkin. Zapusk tugmasi bosilgandan so`ng Access maxsus muloqot oynasida jadvalning nechta yozuvi o`zgartirilishini va o`zgarishini taokidlashni talab qiladi.
Jadval xosil qilishga so`rov
So`rovning natijaviy yozuvlar to`plami asosida jadval xosil qilish so`rovi yordamida yangi jadvallar yaratish mumkin. Bunday jadvallar odatda eski yozuvlarni arxivlash uchun yoki jadvallarning rezerv nusxasini saqlash uchun ishdatiladi. Tanlovga so`rov tayyorlanishi zarur va so`rovning to`g`riligini tekshirib Recordset ma`lumotlarning dinamik to`plami xosil qilinadi. Agar yozuvlarning natijaviy to`plamlari sizning talablaringizga mos kelsa, konstruktor holatiga qayting va Zapros menyusining Sozdaniye tablitsq buyrugini tanlang. Access yangi jadvalning nomini kiritish uchun sozdaniye tablitsq muloqot oynasini ochadi. So`ngra uskunalar panelida undov belgisi shakli tushirilgan tugmani bosib so`rov bajariladi. Access maxsus muloqot oynasida yangi jadvalga nechta yozuv qo`shilishini ko`rsatadi va bu amalning bajarishni taokidlashni talab qiladi.
So`rovlar bajarilishi natijalarining indikatsiyasi
O`zgartirishga so`rov ma`lumotlarni o`zgartiradi yoki ularning nusxasini bir jadvaldan ikkinchisiga ko`chiradi. U jadval holatida ekranda aks etiriladigan Recordset yozuvlarining dinamik to`plamini xosil qilmaydi. O`zgartirishni ko`rish uchun o`zgartirishga so`rovni tanlovga so`rovga o`tkaziladi yoki so`rov natijalarining jadvalini jadval xosil qilish, qo`shish yoki o`chirish uchun ochiladi. Yangilashga so`rovning bajarilish natijalarini aks ettirish uchun so`rovni ishga tushiring, so`ngra konstruktor holatida tanlovga so`rov oynasini aks ettiring. Yangilangan yozuvlarni ko`rish uchun Vid menyusining rejim tablitsq opsiyasini o`rnating va jadval holatiga o`ting. qo`shishga, o`chirishga yoki jadval yaratishga so`rov bajarilish natijalarini aks ettirish uchun mos so`rov tanlanadi va F11 tugmasi bosiladi. Natijada ekranda ma`lumotlar bazasining oynasi paydo bo`ladi. Tablitsq qo`ilmasiga o`ting va ma`lumotlar bazasi jadvalining ro`yxatida yozuvlar qo`shiladigan yoki ular olib tashlanadigan jadval nomi sichqon yordamida ikki marta bosing.