Parametrik so`rovlar
Bazaviy so`rovning variantlari ko`rinishida berilgan va bir biridan tanlash shartidagi qiymatlari bilan farq qiladigan so`rovlar parametrik so`rovlar deyiladi. SPISOK UCHASHIXSYA jadvalidan berilgan gurushda bilim oluvchi o`quvchilarning familiyalarini tanlab olish uchun parametrik so`rov tuzaylik. Avvalo ma`lumotlarni tanlashga so`rov ishlab chiqaraylik. Unga «Nomer gruppq», «Nomer uchashegosya», «Kod uchashegosya», «FIO uchashegosya», «Telefon» maydonlarini kiritamiz. Usloviye otbora qator maydonini tanlashning konkret mezoni bilan emas, balki mezonni kiritish uchun foydalanuvchiga murojat qilish yordamida to`ldiramiz. So`rovni bajarish paytida bu murojat tanlash mezonini kirituvchi foydalanuvchiga yo`naltirilgan bo`ladi. Ushbu mezon asosida (so`rov spetsifikatsiyasida ko`rsatilgan boshqa mezonlarni shisobga olgan holda) yozuvlarni tanlash amalga oshiriladi. Murojatni qavs ichiga olib yozish zarur, masalan, [Gurush nomerini ko`rsating].
Zapros menyusining Parametri buyrugini ishga tushiring. Parametri zaprosa muloqat oynasining Parametr maydoniga so`rov spetsifikatsiyasining Usloviye otbora maydonida joylashgan matnni kiriting. Bu xolatda qavslarni ishlatish kerak emas. Tip dannix maydonidagi ma`lumotlarning turlari aniqlab, so`ngra OK tugmasini bosganimizdan keyin so`rov tayyor bo`ladi.
Access Vvedite znacheniye parametra oynasida mezon qiymatini bering, deb sizga murojaat etadi.
Parametrlarni kiritgandan so`ng parametrik so`rov bajarilishining natijalari olinadi.
Qamrovli so`rovlar
Qamrovli so`rovlar tanlangan kattaliklarni kompakt aks ettirish va bir jinsli ma`lumotlarni birlashtirish imkonini beradi. Qamrovli so`rovlar bajarilishining natijalari aks ettiriladigan jadvallar usta yordamida diagrammalar va grafiklar yaratish uchun qulay bo`ladi.
Xar bir fan bo`yicha `ar xil o`qituvchilar uchun dars soatlari sonini aniqlaylik. Qamrovli so`rovlar ishlatilganda ma`lumotlarning natijaviy to`plamida o`qituvchilarning familiyalari faqat bir martagina qatnashadi, chunki Access barcha fanlar bo`yicha yozuvlarni birlashtiradi. Qamrovli so`rovlar mazkur o`qituvchiga mos yozuvlarning `ar biri ma`lumotlarning natijaviy to`plamiga kiritiladigan tanlashga so`rovdan ana shunisi bilan farqlanadi.
Zapros menyusida Perekrestniy buyrugini ishga tushiring. Access so`rov blankasida Gruppovaya operatsiya va Perekrestnaya tablitsa qatorlarni akslantiradi. (NazvPredm) maydonining qiymati qator sarlavshasida paydo bo`lishi uchun Perekrestnaya tablitsa qatorini sichqon bilan bosing va ro`yxatdan Zagolovki strok qatorini tanlang. Gruppovaya operatsiya qatorida bu maydon uchun Gruppirovka standart o`rnatmasi saqlanilishi zarur.
FIO Prepod maydoning qiymati ustun sarlavxasida xosil bo`lishi uchun Perekrestnaya tablitsa qatorini sichqon bilan bosib Zagolovki stolbsov qatorini tanlang. Bu holda Gruppovaya operatsiya qatorida Gruppirovka standart qo`yilmasi qoldirilishi zarur.
Qamrovli jadvalda maydonning qiymatini (KolChas) qiymati sifatida aks ettirish uchun Perekrestnaya tablitsa qatorini sichqon bilan bosing va Znacheniye ni tanlang. Bu maydon uchun Gruppovaya operatsiya qatorida zarur bo`lgan Sum Funksiyasini kiriting.
So`rovni loyhasilash holatida ochish uchun maolumatlar bazasi oynasidagi Zaprosi qo`yilmasiga o`tiladi, ro`yxatdagi zarur so`rov belgilanadi va Konstruktor tugmasi bosiladi. So`rovni jadval holatida ochish uchun yuqoridagi amallar bajariladi va oxirida Otkrqt tugmasi bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |