Dastur avtomatlashtirish jarayoni 33


Zaifliklar Imkoniyatlar



Download 4,59 Mb.
bet7/37
Sana18.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#823818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
Boburjon diplom

Zaifliklar

Imkoniyatlar

  • Faol fuqarolik jamiyat qurilishini mustahkamlash;

  • Davlat ma'muriy boshqaruvida o’zgarishlar;

  • Zamonaviy ma'muriyat rivoji;

  • Ochiq hukumat;

  • Qonun ustuvorligi;

  • Fuqarolar va davlat boshqaruvi uchun innovasiya.

  • Jamiyatda tanqidga nisbatan sezgirlikning oshishi

  • Yolg’on talqiniy ustunlik, ya'ni noto’g’ri talqin

  • Ommaviy populistik safarbarlik

  • Tanqid va ochiq platformalarni rad etish

Tahdidlar

Ochiq axborot tizimlarida hukumat faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlashning me'yoriy-huquqiy asoslari. Xorijiy davlatlar tajribasiga nazar tashlasak, davlat boshqaruvida ochiqlik institutiga dastlab Shvesiyada 1766 yilda “Nashrlar erkinligi to’g’risida”gi qonun bilan asos solingan. Shundan so’ng Finlyandiyada 1951 yil “Ommaviy hujjatlar ochiqligi to’g’risida”gi, Daniyada 1970 yil “Ma'muriy hujjatlardan foydalanishga ruxsat berish to’g’risida”gi, Norvegiyada 1970 yil “Ma'muriy boshqaruvdagi ochiqlik to’g’risida”gi, Fransiyada 1978 yil “Ma'muriy hujjatlardan foydalanishga ruxsat berish to’g’risida”gi, Gollandiyada 1978 yil “Ma'muriy boshqaruvdagi ochiqlik qoidalarini o’rnatish to’g’risida”gi, Avstriyada 1987 yil “Federal organlarga oid ma'lumotlarning ochiqligi to’g’risida”gi, Belgiyada 1994 yil “Ma'muriy boshqaruvdagi ochiqlik to’g’risida”gi, Yaponiyada 2001 yil “Ma'muriy organlar faoliyatiga taalluqli bo’lgan ma'lumotlarni chop etish to’g’risida”gi qonunlar qabul qilingan. Masalan, Yaponiyaning “Ma'muriy organlar faoliyatiga taalluqli bo’lgan ma'lumotlarni chop etish to’g’risida”gi qonunida muayyan hududda yashovchi shaxs ushbu hududdagi davlat boshqaruviga oid bo’lgan axborotni tegishli ma'muriy boshqaruv organi rahbaridan talab qilishga haqli ekani qat'iy belgilab qo’yilgan. Shu bilan birgalikda mazkur huquqiy hujjatda davlat boshqaruviga oid bo’lgan hujjatlarning ochiqligini ta'minlashga majbur bo’lgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ro’yxati belgilab berilgan bo’lib, unda parlament, sud hokimiyati hamda ijro etuvchi hokimiyatning ayrim bo’g’inlari kiritilmagan.
Dunyoning rivojlangan davlatlarida, jumladan, AQSh, Yaponiyada fuqarolarning davlat hokimiyati faoliyatiga oid ma'lumotlarni olishga qulaylik yaratish maqsadida birinchi navbatda zamonaviy AKT tizimidan foydalanish maqsad qilib qo’yilgan. Qonun orqali fuqarolarga tegishli ma'lumotlarni taqdim etishga majbur bo’lgan davlat boshqaruvi organlari internet tarmog’idagi o’z saytlarida tegishli axborotlarni joylashtirishi shart etib belgilangan.
Xorijiy davlatlarning yillar davomida shakllangan ushbu sohadagi yutuq va kamchiliklarini o’rganib chiqish, tahlil etish hamda kerakli jihatlarini o’zlashtirish foydadan xoli bo’lmaydi.
Albatta davlatda fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lida demokratik islohotlarning jadallashishida to’g’ri shakllangan jamoatchilik fikri alohida ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, jamoatchilik fikri faqatgina davlat boshqaruvi organlari faoliyatiga taalluqli ma'lumotlardan cheklovlarsiz, qonun doirasida erkin foydalanish imkoniga ega bo’lish hamda o’zaro axborot almashinuvi orqali to’g’ri shakllanishi mumkin. Bu esa, o’z navbatida, fuqarolarning davlat hokimiyatiga bo’lgan ishonchini yanada oshiradi hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan turli sohalardagi islohotlarini qo’llab-quvvatlashiga zamin yaratadi.
O’zbekistonda ham demokratik islohotlar sharoitida davlatning axborot sohasidagi siyosatida eng asosiy vazifalardan biri davlat hokimiyati va boshqaruvi faoliyatidagi ochiqlikni ta'minlash, shu asnoda ochiq, erkin axborot makoniga asoslangan fuqarolik jamiyati qurish ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida belgilab olindi.
Darhaqiqat, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligi aholining davlat hokimiyati organlariga bo’lgan ishonchi, hurmatining oshirishni ta'minlash bilan birga davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini hamda davlat hokimiyatining jamiyat oldida hisobdorligini, jamoatchilik va davlat o’rtasidagi o’zaro doimiy aloqalarni mustahkamlaydi. Bu esa, o’z navbatida demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Shu jihatdan O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi Qonunni qabul qilish tashabbusi bilan chiqqanliklari bejiz emas edi. Zero, “ushbu qonun davlat hokimiyati organlari faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish tartiblarini aniq belgilab berishi, aholining, jamoat birlashmalarining davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar, avvalambor, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari bilan bog’liq qarorlar haqidagi axborotlardan keng xabardor bo’lib borishini ta'minlashi zarur”[13].
Mazkur tashabbus asnosida, 4 ta bob, 24 ta moddadan iborat “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi o’RQ-369-sonli Qonuni qabul qilindi. Qonun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonunning asosiy vazifalari:[14]
1) jismoniy va yuridik shaxslarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to’g’risidagi axborotdan foydalanishini ta'minlash;
2) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risida axborot olish huquqining kafolatlarini ta'minlash;
3) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining qabul qilinayotgan qarorlar uchun mas'uliyatini oshirish;
4) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risidagi axborotni tarqatish tartibini belgilashdan iborat.
Qonunda uning qo’llanish sohasi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligining asosiy tamoyillari belgilab berilgan. Jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining asosiy prinsiplari quyidagi:
- ular tomonidan taqdim etiladigan axborotdan hammaning foydalanishi mumkinligi, uning o’z vaqtida berilishi va ishonchliligi;
- ular faoliyatining oshkoraligi va shaffofligi;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligi;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to’g’risida axborot taqdim etishda fuqarolarning o’z sha'ni va qadr-qimmatini tajovuzlardan, o’z shaxsiy hayotiga aralashuvlardan himoya qilishga bo’lgan huquqlari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek fuqarolar va yuridik shaxslarning o’z ishchanlik obro’sini himoya qilishga bo’lgan huquqlariga rioya etish jihatlarini nazarda tutadi.
Shuningdek, Qonunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risidagi axborotlar, jumladan foydalnishi cheklab qo’yilgan axborotlar, hamda axborot manbaalari belgilab qo’yilgan. Ochiqlik va shaffoflikni ta'minlashda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarining vakolatlari, vazirlik-idoralarning axborot xizmatlari faoliyati ham qayd etilgan.
Eng asosiysi, Qonun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash tartiblarini belgilab bergan. Jumladan:[14]

    • Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash usullari;

    • Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risidagi axborotni e'lon qilish (chop etish);

    • Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari;

    • Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risidagi axborotni hamma kirishi mumkin bo’lgan xonalar va joylarga joylashtirish;

    • Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv fondlari orqali taqdim etish;

    • Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay'at majlislarida axborotdan foydalanuvchilarning hozir bo’lishi uchun sharoitlar yaratish;

    • Ommaviy axborot vositalari vakillarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to’g’risidagi axborotdan foydalanishini ta'minlash ta'rtiblari qayd etilgan.

Qonuning eng asosiy jihatlaridan biri bu davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risida axborot olishga doir so’rovni ko’rib chiqish tartibini belgilab berganidir. Xususan qonun:

  • Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risida axborot olishga doir so’rovni amalga oshirish tartibi;

  • So’rovni ko’rib chiqish muddatlari va tartibi;

  • So’rovga qo’yiladigan talablar belgilab berilgan.

Mazkur qonun hamda O’zbeksiton Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Vazirlar Maxkamasinin qaror va farmoyishlari, shuningdek davlat va ho’jalik boshqaruv organlarining ichki me'yoriy huquqiy hujjatlari asosida mamlakatimiz davlat boshqaruv organlarining ochiqligi va shaffofligini ta'minlashning huquqiy asoslari yaratib berilgan.

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish