1.2 Hukumat faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlashda axborot kommunikasiya texnologiyalarini qo’llash asoslari
Mamlakatimiz barcha jabhalarida ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini keng joriy etishga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilindiki, bu hujjatlar ochiq axborot tizimlarida Hukumat faoliyati ochiqligi shaffofligini ta'minlash va bunda zamonaviy AKTni qo’llashga katta turtki bo’ldi.
Jumladan, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi[14], “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi[15], “Aloqa to’g’risida”gi[16], “Axborotlashtirish to’g’risida”gi[17], “Telekommunikasiyalar to’g’risida”gi[18], “Elektron hukumat to’g’risida”gi[19], “Shaxsga doir ma'lumotlar to’g’risida”gi[20] O’zbekiston Respublikasining Qonunlari shular jumlasidandir.
Mazkur qonunlarni hayotga joriy etishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.04.2014 yildagi “Tadbirorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2164-son Qarori, “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish to’g’risida”gi PF-4725-son Farmonilari davlat boshqaruv organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta'minlashning asosiy yo’nalishlari va modellarini belgilab berdi. Shuningdek, 2019 yil 9 apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4273-son qarorida ham O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi zimmasiga davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma'lumotlar to’plamlari ro’yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning data.gov.uz portalida o’z vaqtida taqdim ettilishi bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklandi.
1.3 Sog’liqni saqlash tizimida ochiq ma’lumotlarga asoslangan mavjud tibbiy axborot tizimi (Rossiya Federatsiyasi tajribasi misolida)
Sog’liqni saqlash muassasalarining TAT aylanmasi va fuqarolarning sog’lig’i holati to’g’risida ma'lumotlar to’planmoqda. TAT avtomatlashtirilgan ish jarayoni, tibbiy ma'lumotlarning elektron arxivlari va har bir bemorning elektron tibbiy tarixining mavjudligi nazarda tutadi.
Tibbiy informatika deyarli barcha standartlari, biron bir tarzda, elektron kasallik tarixini saqlash bilan bog’liq. Tibbiy informatika eng muhim standartlari qatoriga HL7, DICOM, SNOMED, RCC kiradi.
Ba'zi standartlar unda ishlatilishi kerak bo’lgan terminologiyani tavsiflaydi, boshqalari - tibbiy hujjatlar va rasmlarni elektron tibbiy tarixga o’tkazish, uchinchisi - elektron tibbiy tarixdagi ma'lumotlarni tartibga solish usullari, to’rtinchisi - tibbiyot xodimlariga va bemorlarning o’zlari elektron tibbiy tarixga kirish imkoniyatini taqdim etishni ta’minlaydi.
Rossiya Federatsiyasining "Elektron tibbiy yozuvlar" milliy standartida [22] elektron tibbiyot tarixi (ETT) deb texnik xizmat ko’rsatish, elektron axborot saqlashlochi vositalarida (USB flesh), qidirish va axborot so’rovlarini berish shaxsiy tibbiy yozuvlar uchun mo’ljallangan axborot tizimlari tushuniladi.
Shaxsiy tibbiy yozuvlar – bu sog’liqni saqlash mutaxassisi tomonidan ma'lum bir bemorga nisbatan qilingan har qanday yozuvlardir. Elektron shaxsiy tibbiy yozuv (ESHTY) - elektron axborot tashuvchi vositalari har qanday shaxsiy tibbiy yozuvlardir. Bunday yozuv odatda tekshiruv yoki tekshiruvning tavsifini (shu jumladan laboratoriya yoki instrumental), tayinlash, o’tkazilgan operatsiya yoki protsedurani, bemorning ahvoli to’g’risida umumlashtirilgan xulosani va boshqalarni o’z ichiga oladi. Muayyan tibbiy muassasada an'anaviy tarzda tuzilgan bunday yozuvlar to’plami kasallik tarixi yoki bemorning ambulatoriya kartasini tashkil etadi.
ESHTY kontseptsiyasida EHR - sog’liqni saqlash bo’yicha elektron yozuv xalqaro atamaga mos keladi. o’z navbatida, ESHTY quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi, bemor haqidagi ma'lumotlarini ko’rsatish, va ushbu ma'lumotlarni SHTMga aniq yo’naltiradi (1.3.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |