Dastur avtomatlashtirish jarayoni 33



Download 4,59 Mb.
bet2/37
Sana18.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#823818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Boburjon diplom

Mavzuni dolzarbligi: Prezident Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga 2020 yil 24 yanvarda qilgan navbatdagi Murojaatnomasida ilm-ma'rifat va texnologiyalar rivojiga alohida ahamiyat qaratib, 2020 yilni Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e'lon qilganligi barchamizning yodimizda.
2017 – 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari” deb nomlangan birinchi ustuvor yo’nalishining “Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish” nomli 1.2. paragrafidagi 3 va 4 chi bandlari aynan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish” va “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko’rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish”[1] masalalariga bag’ishlanganligi tanlangan mavzu dolzarbligini ta'kidlovchi jihat sifatida qayd etamiz.
Shuningdek, xukumat faoliyatining ochiqligi va shaffofligi mavzusi va bu borada zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari (AKT) ni keng joriy etish, ularni qo’llashning turli usul va uslublarini tadqiq etish mavzu dolzarbligini yana bir jihati sifatida tavsiflaydi.
O’zbekiston xukumati, shuningdek “Elektron hukumat” tizimi faoliyati (Elektron poliklinika misolida).ochiq ma’lumotlarni portalini metodologik asoslari shaxsiy tibbiy ma’lumotlarga ruhsatni cheklash.
Hukumat faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta'minlashda “Elektron hukumat” tizimi mexanizmlarini qo’llashning ahamiyatini yoritishdan iborat.
Yuqorida qo’yilgan maqsadni amalaga oshirish uchun quyidagi vazifalar qo’yildi:
- ochiq ma’lumotlarga asoslangan elektron hukumat tizimini joriy holatini o’rganish;
- tibbiy axborot tizmini ochiq ma’lumotlarga asoslangan metodologik asosini o’rganish;
- shaxsiy tibbiy ma’lumotlarga ruxsatni cheklash usullarini o’rganish;
Xavfsizlikni ta’minlash modellarini tasniflash, ishlab chiqish bosqichlarini birlashtirish va Shaxsiy tibbiy ma’lumotlarni himoya qilish bo’yicha jaryonini amalga oshirishda vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirishni ta'minlashga asoslangan TAT uchun axborot xavfsizligini boshqarish bo’yicha yangi metodologiya ishlab chiqildi.
XX asrning eng taniqli faylasuflaridan biri Karl Raymund Popper davlat va jamiyatning ochiqligi masalasiga Aflotun, Gegel' va Karl Markslarning qo’shgan hissalarini tavsiflovchi “Ochiq jamiyat va uning dushmanlari”[3] nomli asarini 1945 yili chop etadi. Bu asarda davlat va jamiyatning ochiqligi tamoyili, uning tarixiy tadriji, joriy holati va uning rivojlanish istiqbollari xaqidagi tadqiqotlari natijalari qayd etilgan. Mazkur fundamental asar 1952, 1957, 1962 va 1966 yillarda to’ldirilgan shaklda qayta chop etiladi, undan keyin esa yana 6 marotaba nusxa ko’paytirish maqsadida qayta chop etilgan.
Ochiq axborot tizimlarida Hukumat faoliti ochiqligi va shaffofligi sohasida izlanishlar olib borgan tadqiqotchi ekspert sifatida AQShning Massachusets universiteti Amxerst – ijtimoiy siyosat maktabi professori Alasdar S.Robertsning mazkur mavzudagi ilmiy va ommabop ishlariga ixtibos keltirishimiz mumkin. Alasdar S.Roberts davlat xizmatlarini taqdim etish nafaqat davlat organlari balki nodavlat va xususiy sektor tomonidan ham amalga oshirilayotgan hajmi ortib borish tendensiyasiga tayangan holda, ko’p davlatlarda davlat sektorining tarkibiy qismi keskin o’zgarishlarga yuz tutayotganligini qayd etadi [4]. Bu tendensiya esa ilgari faqat davlat organlaridagina bo’lgan ma'lumotlarning ochiqligi va shaffofligiga erishishni tezlashtirishga ijobiy ta'sir ko’rsatadi deb ta'kidlaydi.
Shuningdek, Alasdar S.Roberts ochiqlik va shaffoflik, axborot olish erkinligi huquqi va xavfsizlik masalalarini uyg’unlikda o’rgangan holda, o’zining “Milliy havfsizlik va ochiq hukumat”[5] nomli tadqiqot ishida milliy xavfsizlikni ta'minlash doirasida faoliyat ochiqligini qonuniy tarzda chegaralashga sabab bo’luvchi holatlar ham yuzaga kelishi mumkinligini asosli ekanligi haqida to’xtalib o’tgan.
Hukumat faoliyatining ochiqligi va shaffofligi mavzusida turlicha qarashlar mavjud bo’lib ularning aksariyati ochiqlik va shaffoflik mezonini mamlakatdagi demokratik islohotlar natijalari sifatida baholaydilar.
Rossiya Prezidenti huzuridagi Xalq xo’jaligi va davlat xizmati akademiyasining professori, siyosiy fanlar doktori O.F.Shabrov davlat boshqaruvi ochiqligi va shaffofliga munosabatlarini o’zining tadqiqotlarining alohida yo’nalishi sifatida olib borgan. Jumladan “Davlat xizmati islohoti: ochiqlikmi yoki samaradorlik”[6] mavzusidagi tadqiqot ishida davlat boshqaruvini keng qamrovli isloh qilish konsepsiyasini tanlashda ochiqlik va samaradorlik omillari o’rtasidagi munosabatni tanlashga qaratilgan ijtimoiy so’rovlar asosidagi ilmiy xulosalarini qayd etgan. Va u davlat boshqaruvi ochiqligini ta'minlashda jamoatchilik nazorati mexanizmlarining alohida o’ringa ega ekanligini ta'kidlagan.
H. Zayniddinov, M. Yakubov, J. Qoraboevlarning “Elektron hukumat” nomli kitobida “Elektron hukumat” tizimini yaratishdan asosiy maqsad subyektiv omillarni kamaytirgan holda davlat xizmatidagi mansabdor shaxslarni fuqarolar bilan yaqinlashtirishni ta'minlashdir deb e'tirof etilgan. Mualliflar “Elektron hukumat” ta'rifini quyidagicha keltirishadi: “Elektron hukumat” – davlat boshqaruv organlari faoliyatini yangicha tashkil etish shakli, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng qo’llash, tashkilot va fuqarolar uchun hukumat xizmatlari hamda davlat organlari faoliyati natijalari haqidagi ma'lumotlarni qulay tarzda va yuqori darajada tezkor olishni ta'minlashdir.”[6]
A. Usmonovning “Boshqaruv axborot tizimlari va texnologiyalari asoslari” nomli kitobida esa “hozirgi vaqtda zamonaviy axborot tizimlari tashkilot ish faoliyati samarasiga bevosita ta'sir etuvchi asosiy faktorlardan biri hisoblanadi. Bu tizimlardan tashkilotning nafaqt kundalik faoliyatida, balki uzoq muddatli, global strategiyasini yaratishda foydalanilmoqda. Yuqori unumli komp'yuterlar, dasturiy ta'minot va kommunikasiya tarmoqlari shu jumladan, Internet tashkilotlarni turli holatlarga javob berish tezkorligini oshirishni ta'minlaydi. ” degan fikrni keltirib o’tgan.[7]
Tadqiqot ishining nazariy va amaliy ahamiyati.
Bitiruv ishida O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv organlari faoliyatining ochiqlik va shaffofligini ta'minlashda qo’llashning o’ziga xos zamonaviy va innovasion mexanizmlarini joriy etish, shuningdek mazkur tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, bitiruv ishi mavzusini yoritishda tizimli va funksional tahlil usullaridan bevosita foydalanildi. Ya'ni, bitiruv ishi predmetlarini tadqiq etishda ularning har biriga mustaqil tizim sifatida yondashish bilan bir qatorda, ularning elementlari muayyan qonuniyatlar asosida o’zaro munosabatga kirishuvchi yaxlit tizim sifatida ham yondashgan holda tahlil olib borildi.

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish