Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar o'qitish metodikasi Reja



Download 112,5 Kb.
bet1/7
Sana09.07.2022
Hajmi112,5 Kb.
#760701
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar o\'qitish metodikasi


Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar o'qitish metodikasi


Reja:
1. Kimyoviy tushunchalarni o‘qitish metodikasi.
2. Boshlang‘ich kimyoviy tushunchalarni o‘qitish metodikasi.
3. 8-sinf kimyo kursida asosiy kimyoviy tushunchalarni shakllantirish: modda, kimyoviy element, kimyoviy reaksiya.
4. Anorganik moddalarning asosiy sinflarni o‘qitish metodikasi.
1. Kimyo fanining maqsad va vazifalari. Dastlabki kimyoviy tushunchalarni shakllantirishning nazariy asoslari.
Modda
Mavzuni o‘tishdan ko‘zda tutilgan maqsad: moddalarni bir tomondan jismlarga, ikkinchi tomondan aralashmalarga qarama-qarshi qo‘yish yo‘li bilan o‘quvchilarning moddalar xaqidagi tasavvurlarini bir muncha aniqlashtirish va moddalarni ularning xossalarini birma-bir qayd qilish orqali tavsiflash haqida dastlabki tushuncha berish.
O‘quvchilar moddalarni turmushda ham, kimyoga yaqin kurslarni o‘rganishda ham doimo uchratganlar. Bu mavzu materialining yana bir xususiyatn bor: unda belgilangan tushunchalar keyinchalik, dastlabki darslardan boshlaboq hamma vaqt aniqlashtirib va chuqurlashtirib boraveradi, o‘quvchilar tasavvurida dastlabki paytlarda hosil bo‘lgan tushunmovchilik borgan sari o‘z-o‘zidan ravshan bo‘la boradi.
Shunday qilib, biz asosiy e’tiborni «modda» (ammo «umuman modda»ga emas) tushunchasiga qaratamiz. Bu mavzuni rivojlantira borib, o‘quvchilarni: «Modda nima?» degan tushunchani ta’riflashga olib kelish mumkinmi va zarurmi? Ta’rif eng xususiy tushunchani eng umumiy tushunchaga bo‘ysundirishdan iboratdir. Fanda modda materiyaning alohida turi sifatida ta’riflanadi. Biroq VII sinf o‘kuvchilari aqliy bilim darajasida eng umumiy bo‘lgan tushuncha yo‘qki, moddalar haqidagi tushunchani unga bo‘ysundirish mumkin bo‘lsin, modda tushunchasi ular uchun birlamchi, ta’riflashga prinsip jihatidan noqulay tushunchadir.
Ilgari darsliklarda tavsiya etilgan «ta’rif»larni eslar ekanmiz, bunga osongina ishonch hosil qilish mumkin. Ularning har biriga bo‘laklarga ajratilgan mexanizm, masalan, soat qismlari ham, atomlar ham, elektronlar ham va qurilish materiallarining barcha rasmiy nomenklaturasi ( masalan, taxta, cherepitsa, parket) ham to‘g‘ri kelaveradi. Modda «material» sifatida ta’riflanganda, bu ta’rif o‘kuvchilarning turmush tajribalari bilan chunonan uyg‘unlashib ketadiki, (masalan, «Kiyim nimadan tayyorlanadi? To‘qimachilik materiallaridan» kabi) ular viskoza va kolenkorni ( qalin surp) ham bemalol moddalar deb aytaveradilar, xolbuki modda bu yerda ayni bir narsa sellyulozadir. Boshqa jihatdan olganda, moddaning «material» sifatidagi ta’rifiga ko‘ra bila turib gazsimon moddalarni moddalar qatoridan chiqarib qo‘yadi.
Logikada bunday hollar ro‘y berganda qo‘llaniladigan usullardan biri ta’rifni ro‘yxat bilan almashtirish hisoblanadi. «Suv, temir, kislorod bu moddalardir». Bundan keyingi vazifa «modda» tushunchasini shunga yaqin tushunchalar — «jism» va «aralashmalar»dan ajratishdan iborat bo‘lib qoladi.
Mazkur mavzu materialining yuqorida qayd qilingan o‘ziga xos xususiyatlari shundayki: 1) unga ko‘p vaqt sarf qilish, biror bilimni qanday bo‘lmasin bir tarzda «puxtalash»ga hojat yo‘q; 2) bu mavzuga bag‘ishlangan dars shakli jonli suhbat bo‘lishi kerakligi mavzu mazmunidan o‘z-o‘zidan kelib chiqadi. Suhbat variantini keltiramiz.
Moddalarni jismlarga taqqoslab o‘rganish o‘quvchilarga fizika kursidan ma’lum; bu usulni qayta tiklash kerak, xolos. Shu maqsadda ularga quyidagicha mustaqil ish topshirish mumkin: keltirilgan ro‘yxatdan moddalarning nomini va jismlarning nomini alohida-alohida ajratib yozib oling. Bu vazifa «kimyoviy diktant» shaklida yoki darslik bo‘yicha qilinadigan, mashq tarzida berilishi mumkin yoki o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi dialogni bir qismi bir xil va qolgan qismi o‘quvchilar biladigan har xil materiallardan tayyorlangan buyumlar qolgan ma’ruzalarini namoyish qilish bilan boshlanishi ham mumkin.
Biz bularni turlicha guruhlarga ajratish bilan o‘quvchilar e’tiborini ularning nimaga ishlatilishi, shakli, katta-kichikligi va fizik jism sifatidagi boshqa belgilaridan uzoqlashtirib, asosan, diqqatni shu buyumlar qanday materiallardan tayyorlanganligiga jalb qilgan bo‘lamiz va ularning nomini: temir, mis, shisha... deb ataymiz ( nomlar doskaga yozib beriladi, o‘quvchilar esa daftarga ko‘chirib yozadilar).
Bundan keyin o‘qituvchining yetakchi savollari yordamida moddalar ro‘yxati to‘ldiriladi, masalan, biz chanqoqni qanday modda bilan qondiramiz, qanday modda bilan choyimizni shirin qilamiz; tirik organizm qanday moddalardan tarkib topgan (yog‘lar, oksidlar va hokazo); kuzatib turingchi, men nima qilyapman ( uchi cho‘g‘langan cho‘p kislorodli idishga tushiriladi); bankada qanday modda bor? Mana bunisidachi (uchi cho‘g‘langan cho‘p karbonat angidridli idishga tushiriladi)? Endi o‘zlariga ma’lum bo‘lgan moddalarning nomini yozib, ro‘yxatni davom ettirish o‘quvchilarning o‘zlariga tavsiya qilinadi.
Bunda o‘quvchilar hamma vaqt moddalar bilan bir qatorda aralashmalar nomini ham yozib qo‘yishlari turgan gap: Shuning uchun o‘qituvchi doskani oldindan uch qismga bo‘lib qo‘ygani ma’qul. Bulardan ikkitasining tepasiga jism, modda degan sarlavha yozib qo‘yadi, uchinchisining tepasiga esa, doskada birinchi yozuv paydo bo‘lgan zahoti savol alomatini qo‘yadi bu qismiga o‘quvchilar aytgan aralashmalar, masalan, sut, kerosin, havo, granit nomlari yozib qo‘yiladi.
O‘qituvchi o‘quvchilardan mazkur moddalarning o‘lchanishi mumkin bo‘lgan yana qanday xossalarini bilishlarini so‘raydi, bu xossalar ham jadvalga yozib qo‘yiladi. Bu jadvaldan bundan keyin moddalarni tavsiflashga doir mashqlarni bajarganda reja sifatida foydalaniladi. O‘rganiladigan obyekt sifatida o‘quvchilarga ma’lum bo‘lgan biror moddani, masalan, suvni (ruyxatga fizikaviy konstantalarni ham kiritish maqsadida), osh tuzini olish kerak. Minerallar ma’ruzasidan tuzning yirik kristallarini olib ko‘rsatish ma’qul. Bunday kristallar bo‘lmagan taqdirda mayda kristall tuz solingan bankani stol ustiga qo‘yib, yirik kristallar rangsiz bo‘lishini eslatish zarur. Shuningdek, darslikda berilgani kabi, shu darsning o‘zida yoki uy vazifasi sifatida qandni tavsiflashni mashq qildirish kerak, chunki bundan keyingi mavzularda qandning o‘quvchilar uchun yangi tomonlari qayta-qayta tekshiriladi.
Moddalarning xossalarini tavsiflash ularning xossalarini bilish nima uchun zarur degan masalani ham bir yo‘la oydinlashtirishga imkon beradi.
Bunday mashqlar kimyo materiali asosida kuzatish, kuzatilgan narsalarni taqqoslash, ulardagi o‘xshashlik va farqni topish malakasini rivojlantirishga birinchi hissa bo‘lib qo‘shiladi, taqqoslash esa narsalarni induksiya orqali bilib olishning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Bunday mashqlar narsalardagi eng muhim xossalarni ajrata bilish va o‘rganilishi jihatidan u qadar ahamiyatli bo‘lmagan xossalardan diqqatni chetga tortish ( abstraktlash) malakasini hosil qiladi.
O‘quvchilarning namoyish qilinayotgan moddalar haqidagi fikrlarini tahlil qilish orqali ularning e’tiborini moddalarning xossalari haqidagi tushunchaga tortiladi. Logikada mulohaza deb, masalan, mana bunday fikrga aytiladi: «Temir shaffof bo‘lmagan qattiq modda» va hokazo. Mulohaza qat’iy va shartli bo‘lishi mumkin. Suv atmosfera bosimida 100°S da qaynaydi» degan mulohaza qat’iy mulohazadir, chunki suv mazkur sharoitda boshqa temperaturada qaynashi mumkin emas. «Shisha tiniq va rangsiz» degan fikr esa qat’iy mulohaza emas: shisha yirik bo‘laklar holatidagina tiniq % va rangsiz, ammo maydalangan holatda, oq rangli bo‘lib qoladi.
Mis (P)-oksid vodorod bilan qaytarilganda hosil bo‘ladigan xira ko‘ng‘ir kukun haqiqatdan ham mis ekanligiga o‘quvchilarni qanday ishontirish mumkin? Bu yerda metallga jilo beruvchi metallik yaltiroqligi qani? (Metallning yaltiroqligini yuzaga chiqarish uchun bu tajribani ko‘rsatish paytida mis kukunlarini tirnoq bilan ezish kifoya!) Keyinchalik o‘quvchilar darslikdagi yana bir shunday ziddiyatni uchratadilar. Ularda uyda bajariladigan tajribada chaqmoq qand yonmasligiga (papiros kulidan iborat katalizator ishlatilmaganda) ishonch hosil qiladilar.
Don yonadi-yu, lekin portlamaydi. Holbuki, tegirmonlarda unning, qand zavodlarida qand talqonining portlash hodisalari ham bo‘lgan.
Binobarin, moddalarning ba’zi xossalari ularning maydalanganlik darajasiga bog‘liq ekanligini o‘qitishning dastlabki bosqichidayoq eslatib o‘tish zarur. Bu o‘rinda ayni bir shishani yoki yirik kristall moddani havonchada tuyib ko‘rsatish kifoyalidir. Fizikaviy hodisalardan biri moddaning maydalanishi, moddalarning xossalari va ularni aniqlash haqidagi masalaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taalluqli bo‘lishi bilan birga, bundan keyingi mavzuda «molekula» tushunchasini moddaning bo‘linish chegarasi sifatida ta’riflash nuqtai nazarida ham ahamiyatga molikdir.
Suhbatdan keyin darslikda bayon qilingan «Moddalarning xossalari» mavzusidagi laboratoriya ishini o‘tkazish kerak. Bu ishdan maqsad moddani tavsiflash malakasini hosil qilishdir. Tajribani o‘tkazish uchun o‘quvchilar stoliga har xil moddalar: temir, mis, oltingugurt, glitserin qo‘yib chiqiladi. Har bir o‘quvchi bitta moddani ta’riflab beradi. Metallarni plastinka shaklida, oltingugurtni yaxlit bo‘lak holida berish, glitserinni probirkaga quyib qo‘yish ma’qulroq. Bundan tashqari, o‘quvchilar tavsif etiladigan modda suvdan og‘ir-yengilligini, suvda erish-erimasligini aniqlash uchun ular oldiga stakanda suv qo‘yish, shuningdek, ularga qattiqlik shkalasini berish, u bo‘lmagan holda shisha plastinka ulashib chiqishi kerak. O‘quvchilar stoliga «Ma’lumotnoma» ham qo‘yib chiqish kerak; ular bundan fizik konstantalarni o‘zlari topib, moddalarning tavsifini yana to‘ldiradilar.
Bordi-yu, ba’zi o‘quvchilar ishni oldinroq bajarib qo‘ysalar, ularga yana bir moddani, chunonchi alyuminiy, qo‘rg‘oshin kabi moddalarni berib, uning xossalarini tavsiflashni buyurish mumkin.
Ishning qanchalik to‘g‘ri bajarilganligini ana shu darsning o‘zida ayrim o‘quvchilarning daftarga yozganlarni o‘qitib ko‘rish yo‘li bilan tekshirish zarur.

Download 112,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish