Qo’shimcha adabiyotlar
«Дефектологический словар».- М. Владос. 2001 г.
Зайцева Г.Л. «Жестовая реч». «Дактилология». М., 2000 г.
Речицкая Э.Г. «Дошкольная сурдопедагогика». М., 2001 г.
Tiflopedagogika
Asosiy qism
Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni
Tiflopedagogikaning fanining predmeti va metodlari.
Tiflopedagogika. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalashning qonuniyatlarini o’rganadigan fan. Tiflopedagogikaning maqsad va vazifalari, boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalarning pedagogik tavsifi. Ko’r, zaif ko’rish tushunchalari, ularning tavsifi. Ko’ruv o’tkirligi - atrof borliqdagi ob`ektlarni idrok qilishning asosiy omili. Ko’ruv maydoni chegarasining o’zgarishi. SHakli, setereotiplik, chuqur ko’ruvning buzilishi. Binokulyar ko’ruvning buzilishi. Kontrast ko’ruv sezgisi va rang ajratish funktsiyasining buzilishi. Ko’zning harakat funktsiyasining buzilishi. Ta`lim jarayonida ko’ruv qoldig’ining qo’llanilishi. Ko’ruv idrokini rivojlantirish. Teri tuyush va qoldiqli ko’ruvni hamkorlikda qo’llash. Taktil idrok xususiyatlari. Teri orqali sezishni ko’rlar uchun ahamiyati. Ta`limda, o’yin jarayonida mehnatda eshitish idrokini qo’llash. Tasavvurni shakllantirish xususiyatli. Ko’rgazmali-obrazli tasavvur. Turli faoliyatlarni egallashda nutqning roli. Zaif ko’ruvchilar nutqining xususiyatlari. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalarning psixologo-pedagogik tavsifi. Ko’rlik va oligofreniyaning uyg’unlashuvi. Ko’zi ojizlarda oligofreniyannig engil va og’ir shakllari. Ko’rlikda meningit va meningoentsefalit asoratlari. Ko’zi ojizlarda RRS. Ko’rlikdagi tserebroasteniya holati. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar ta`lim tizimi. Ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar ta`lim xususiyatlari. Ko’zi ojizlar umumta`lim maktab-internatining uch bosqichi. Boshlang’ich maktabda ta`lim jarayoni. O’quv faoliyati ko’nikma va malakalarni egallash. To’liqsiz o’rta maktab ta`lim jarayoni, bolaning potentsial imkoniyatlarini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Ommaviy umumta`lim maktab dasturlari asosida ta`lim berish. O’rta maktabda ta`lim jarayoni. Ijtimoiy psixologik adaptatsiya, zamonaviy jamiyat hayotiga faol kirishish. Ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar maktabning ta`lim rejasi, o’quv adabiyotlari va tiflotexnik vositalari. Ko’r bolalar uchun yozuv tizimi. Brayl shriftining yaratilish tarixi. Olti nuqtalik – brayl shrifti asosi. Brayl shriftida yozish uchun asbob.
Tiflodidaktika.
Ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar ta`lim metodlari va mazmuni. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar ta`lim maqsadi va vazifalari. Maxsus didaktika haqida tushuncha. Umumta`lim maktab ta`lim dasturi va maxsus maktab ta`lim dasturning mosligi. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar rivojlanishi va korrektsiyaga yo’naltirilgan maxsus ta`lim shakl va vositalari. To’liqsiz o’rta maktab ta`lim dasturi. O’rta maktab ta`lim dasturi. Ta`lim metodlari. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar ta`limida umumiy va maxsus metodlarini qo’llash shartlari. Ta`limning og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlari. Tiflodidaktika tamoyillari: ilmiylik tamoyili, izchillik va ketma-ketlik tamoyili, nazariyani amaliyot bilan bog’liqligi tamoyili, ta`limda onglilik tamoyili, tushunarlilik tamoyili, bilim, malaka va ko’nikmalarni mustahkamlash tamoyili. Ta`limga yakka, differentsial yondashuv tamoyili, ta`limning korrektsion-rivojlantiruvchi yo’nalganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |