qor suvlaridan to'yinuvchi daryolar turiga kiritilgan. Nihoyat, daiyo
oqimida uchta to‘yinish manbalaridan har birining salm ogi 50 foizdan kam b o isa , bu daryo aralash manbalar hisobiga to‘yinuvchi turga kiritilgan.
Daryolarning to‘yinish manbalarini o ‘rganish va aniqlash ular
suvidan samarali foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Shu sa-
babli 0 ‘rta Osiyoda gidrologiya fanining rivojlanishiga katta hissa
qo‘shgan olim V.L.Shulst 1944 yilda hudud daryolarining to‘yinish
manbalariga ko‘ra tasnifini ishlab chiqqan.
Unda qayd etilishicha, 0 ‘rta Osiyo daryolarining umumiy
to‘yinishida qor suvlari boshqa manbalar-muzlik, yomg‘ir suvlari va
yer osti suvlariga nisbatan ustun turadi. Biroq qor suvlari va shuning-
dek boshqa xil manbalaming yillik oqimdagi salmog‘i turli daryolar
da turlicha boiadi. Boshqacha qilib aytganda, turli daryolarning
to‘yinish sharoitlari ham turlichadir. Shu sababli V.L.Shulst, asosan
yer osti suvlaridan to ‘yinuvchi kichik daryolami hisobga olmagan
holda, 0 ‘rta Osiyo daryolarini quyidagi to‘rt turga boiadi:
1. Muzlik-qor suvlaridan to‘yinadigan daryolar;
2. Qor-muzlik suvlaridan to‘yinadigan daryolar;
3. Qor suvlaridan to‘yinadigan daryolar;
4. Qor-yomg‘ir suvlaridan to ‘yinadigan daryolar.
Ushbu tasnifda daryolarning qaysi turga mansubligini belgilov-
chi mezonlar 1.9.1-jadvalda keltirilgan.
Odatda daryoning to‘yinish manbalari miqdorini aniqlashda
oqimning yillik gidrografidan foydalaniladi. Oqim gidrografi deb,
o ‘rtacha kunlik suv sarflarining yil ichida o ‘zgarishini ifodalaydigan
davriy chizmaga aytiladi
Daryo oqimi yomg‘ir hamda togiardagi qor va muzliklaming
erishi hisobiga hosil bo‘ladi. Har ikki holda ham hosil b oigan
suvning bir qismi yer ostiga shimiladi, bir qismi bugianadi, faqat
qolgan qismigina oqim hosil boiishida ishtirok etadi. Yomgiming
y ogishi yoki qor va muzlikning erish jadalligi yer ostiga shimilish
hamda bugianishning birgalikdagi jadalligidan katta boigandagina
oqim hosil boiadi.
Yuqoridagi shart bajarilgandan so‘ng hosil b oigan oqim
yuza oqim yoki yonbag‘irlar oqimi deyiladi.
Bunda oqim juda kichik
jilg ‘alar ko‘rinishida boiadi. Ana shu kichik jilg ‘alar qo‘shilib,
vaqtinchali oqar suvlami, ular esa o‘z navbatida qo‘shilib, o‘zanda
doimiy oquvchi soylami hosil qiladi. Soylar suvining qo‘shilishidan
daiyo oqimi hosil boiadi. Daiyo oqimiga yer osti suvlari ham kelib
qo‘shiladi. Demak, daryo oqimi Yer yuzasi va yer osti suvlarining
yigindisidan iborat boiadi.
Yuqorida daryo oqimining hosil b o iish jarayoni juda sodda
ko‘rinishda tasvirlandi. Lekin, aslida, daryo oqimining hosil bo iish i
juda murakkab tabiiy jarayondir.
Daryo oqimining hosil boiishiga quyidagi tabiiy-geografik omil
lar ta’sir etadi: -havzaning geografik o ‘mi; -iqlim sharoiti; -geologik
tuzilishi va relefi; -tuproq sharoiti; -o‘simlik qoplami; -gidrografik
sharoiti (muzlik, k o i, botqoqlik) va boshqalar.
Oqim hosil boiishiga insonning daryo havzasidagi xo‘jalik faoli
yati ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |