Daryo vodiysi va o`zani. Daryo vodiysi va uning elementlari. Daryo vodiysi suv oqimining yer sirtida bajargan ishi natijasida vujudga kelib, daryoning boshlanishidan quyi qismi tomon ketgan yassi yonbag`irlari va nishabligi bilan xarakterlanadi. Ma`lumki, ikki daryo vodiysi o`zaro kesishmaydi, lekin ular birgalikda umumiy vodiyni tashkil qilishlari mumkin. Har qanday daryo vodiysida quyidagi elementlar mavjud bo`ladi:
daryo o`zani-vodiyning oqar suv egallagan qismi;
qayir-daryoda toshqin yoki tulin suv ko`zatilganda vodiyning suv bosadigan qismi;
vodiy tubi-daryo o`zani va qayir birgalikda vodiy tubi deb ataladi;
terrasalar-yonbag`irlardagi gorizontal yoki bir oz qiyalikka ega bo`lgan maydonchalar;
yonbagirlar-vodiy tubini ikki yondan chegaralab turuvchi va daryoga qarab qiya joylashgan maydonlar;
- vodiy qoshi-vodiy uzunligi bo`yicha yonbag`irlarning eng yuqori nuqtalarini tutashtiruvchi chiziq.
Daryo vodiysining tuzilishi, shakli va o`lchamlari daryoning suv rejimiga katta ta`sir ko`rsatadi. Masalan yonbag`irlar qiyaligining katta yoki kichikligi daryoning loyqaligiga ta`sir qilsa, o`zanning egri-bugriligi unda oqayotgan suvning tezligiga ta`sir ko`rsatadi.
Xulosa: Xulosa qilib aytganda Daryolarning geologik ishi boshqa ba'zi bir ekzogen faktlar singari, odatda alohida olib quriladigan, lekin ko'pincha bir vaqtda mavjud bo'ladigan uch bosqichdan iboratdir. Bu bosqichlar emirish, oqizib keltirish va cho'ktirishdir.
Daryo o'z suvlarini daryo vodiysini yon bag’irlaridan oqib keluvchi yog’inlardan oladi. Yil buyi yog’inlarning miqdori har xil bo'lganligidan daryodagi suv ham gox ozayib, gox ko'payib turadi.
Daryo vodiysi suv oqimining yer sirtida bajargan ishi natijasida vujudga kelib, daryoning boshlanishidan quyi qismi tomon ketgan yassi yonbag’irlari va nishabligi bilan xarakterlanadi. Ma’lumki, ikki daryo vodiysi o’zaro kesishmaydi, lekin ular birgalikda umumiy vodiyni tashkil qilishlari mumkin. Har qanday daryo vodiysida quyidagi elementlar mavjud bo’ladi:
daryo o’zani-vodiyning oqar suv egallagan qismi;
qayir-daryoda toshqin yoki to’lin suv kuzatilganda vodiyning suv bosadigan qismi;
vodiy tubi-daryo o’zani va qayir birgalikda vodiy tubi deb ataladi;
talveg-daryo uzunligi bo’yicha o’zandagi eng chuqur nuqtalarni tutashtiradigan egri chiziq;
terrasalar-yonbag’irlardagi gorizontal yoki bir oz qiyalikka ega bo’lgan maydonchalar;
yonbag’irlar-vodiy tubini ikki yondan chegaralab turuvchi va daryoga qarab qiya joylashgan maydonlar;
vodiy qoshi-vodiy uzunligi bo’yicha yonbag’irlarning eng yuqori nuqtalarini tutashtiruvchi chiziq.
Daryo vodiysining tuzilishi, shakli va o’lchamlari daryoning suv rejimiga katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, yonbag’irlar qiyaligining katta yoki kichikligi daryoning loyqaligiga ta’sir qilsa, o’zanning egribugriligi unda oqayotgan suvning tezligiga ta’sir ko’rsatadi.
Daryolarning shakl va o`lcham ko`rsatkichlari. Daryo sistemasining shakl va o`lcham ko`rsatkichlari. Bir daryo ikkinchisidan o`zunligi, irmoqlari soni, ularning Yer sirtida joylashish shakli va boshqa ko`pgina belgilari bilan farqlanadi. Mazkur farqlarini daryo sistemasining morfologik va morfometrik yani shakl va o`lcham ko`rsatkichlarini solishtirish orqali aniqlash mumkin. Daryo sistemasining asosiy shakl va o`lcham ko`rsatkichlari quyidagilardan iborat:
- daryo yoki daryo qismining nishabligi;
Bosh daryoning uzunligi uning boshlanishidan quyilish joyigacha bo`lgan masofa bilan aniqlanadi. Bosh daryoning o`zunligini xaritadan aniqlashda sirkul-o`lchagich yoki kurvimetrdan foydalanish mumkin. Buning uchun sirkul-o`lchagich yordamida xaritdan, tuzatma koeffitsienti e`tiborga olgan holda, aniqlangan uzunlik xarita masshtabiga ko`paytiriladi. Hisoblash aniqligi xarita masshtabiga bog`liq bo`lgani uchun yirik masshtabli xaritalardan foydalanish tavsiya etiladi.