«TASDIQLAYMAN» o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari________________
1 – D A R S R E J A S I.
Dars o’tish vaqti ___________________ Fan – Informatika 5 – sinf Mavzu: Texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablari Dars maqsadi: a) Talimiyligi: O’quvchilarni texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish b) Tarbiyaviyligi: O’quvchilarning kompyuter savodxonlik malakasini oshirish
O’quvchilarga qo’yiladigan talablar
1. O’quvchi bilishi kerak: Texnika xavfsizlik qoidalarini 2. O’quvchi bajara olishi kerak : 1 – 5 mashlar 3. Uyga vazifa : 6 – 7 mashqlar Dars jihozi: kompyuterlar, disketalar ;
Oqituvchi: Gadoyeva.M.U. Darsning borishi:
Hozirgi kunda inson hayotini kompyutersiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shunday ekan quyidagi savollar o'rinli : Kompyuterning o'zi nima? U qanday tuzilgan? Kompyuterning imkoniyatlari qanday? Uning asosiy vazifasi nimadan iborat? Insonga qanday yordami tegadi-yu qanday zarari bor? Siz "Informatika" fanida shu kabi kompyuter bilan bog'liq savollarga javob topasiz. Informatika fani elektr toki yordamida ishlaydigan kompyuter bilan bog'liq. Siz yaxshi bilasizki, elektr toki inson hayoti uchun xavflidir. Kelgusida sizning hayotingizga va soglig'ingizga zarar yetmasligi, shu bilan birga qimmatbaho texnik vosita bo'lgan kompyuterning buzilib qolmasligi uchun ba'zi qoida va talablarni yodda saqlang. Ular Xavfsizlik texnikasi qoidalari va Sanitariya – gigiyena talablari deb ataladi.
Xavfsizlik texnikasi qoidalari Kompyuter xonasida quyidagilar mumkin emas :
kompyuter xonasiga ustki (palto, kurtka) kiyimda kirish ;
kompyuter va uning qurilmalarini elektr manbaiga ruxsatsiz ulash yoki o'chirish ;
qurilmalardagi murvatlarni burash ;
* monitorga qo'l va boshqa narsalarni tekkazish , himoya qopqoqlarini ochish ; * qurilmalarning ulanish joylariga tegish ; * kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish ; * qurilmalar yonida tez yonuvchi moddalar ishlatish ; * xonaga qurilmaning ichki elementlariga salbiy ta'sir etuvchi (kislotali, tarkibida xlor bo'lgan) moddalarni olib kirish , xonani changitish ; * kompyuter va qurilmalar ustiga turli buyumlarni qo'yish ; * kompyuterlar elektr manbaga ulangan holda tozalash ishlarini olib borish ; * qurilmalardan foydalanishda kuch ishlatish ; * ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish.