Darsningmaqsadi: Ta’limiy maqsad



Download 16,35 Kb.
Sana23.03.2020
Hajmi16,35 Kb.
#42755
Bog'liq
7-sinf-modda-uning-xossalari

Sana: ____________________________________________________________________

Sinf : 7-Sinf Fan: Kimyo.
Mavzu :    3-§. MODDA VA UNING XOSSALARI
Darsningmaqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga modda va uning xususiyatlari haqida tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: moddalarning fizikaviy , kimyoviy, bioogik xossalarini o’quvchilarga tushuntirish orqali ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytish,axloqiy, ekologik tarbiya berish.

3.Rivojlantiruvchi maqsad. O’quvchilarning tajriba qilish , kuzatish, xulosa qilish ko’nikmalarini rivojlantirish.

Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi

Kundalik turmushda sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatish orqali kimyoviy jarayonlar, hodisalar haqidagi dastlabki tushunchalarni biladi va bayon qila oladi;



Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi:

Kimyoviy element, birikmalar formulasini, nomini yozma va og‘zaki ifodalay oladi;



Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi:

Kimyoviy moddalar, jihozlardan foydalana oladi;



Kommunikativ kompetensiya:

jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun kundalik hayotda uchraydigan kimyoviy moddalarning nomini ona tilida va xorijiy tillarda bilish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

axborot manbalaridan kimyoga oid ma’lumotlarni topish, axborot xavfsizligi qoidalariga amal qilish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kimyo bo‘yicha bilimlarni mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda kimyoviy hodisa, jarayonlar haqidagi bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish.



Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:

kimyo fanining rivojlanish tarixi, Vatanimiz kimyo sohasining taraqqiyoti, o‘zbek kimyogarlarining olib borayotgan ishlaridan xabardor bo‘lish.



Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Mashg’ulot bosqichlari:




Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

12 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa

Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 7.Toshkent-2009. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.

Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish.

2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.

3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:  Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

O‘quvchilarning botanika, fizika fanlaridan olgan bilimlari va kundalik turmushdan olgan amaliy ko‘nikmalari asosida suhbat. O‘quvchilarga bir xil moddadan iborat bo‘lgan turli jismlar va har-xil moddalardan iborat bo‘lgan turli jismlar namunalarini hamda osh tuzi, shakar, ko‘mir, oltingugurt namunalarini tarqatish. Moddalarni ta’riflash. Moddalarning xossalarini nima uchun bilish kerak?



Kimyo, biologiya, fizika — tabiatni o‘rganuvchi fanlar bo‘lib, tabiat esa, bu — havo, suv, Yer, Quyosh, Oy, o‘simliklar, hayvonlar va odamlardir.  Yer, Quyosh, uy, avtomobil, qoshiq, kitob —jismlardir. Kimyoviy stakan, kolba, probirka ham jismga kiradi. Bu idishlar shishadan tashkil topgan. Qoshiq alyuminiy, kumushdan yasalishi mumkin. Alyuminiy, kumush, shisha, suv, oltingugurt, bo‘r, shakar, kislorod, azot, temir — moddalardir.  • Jismlar moddalardan tashkil topgan. Tabiatda juda ko‘plab moddalar uchraydi va ularning mavjudligi insonga bog‘liq emas. Biz havodagi suvni ko‘rmaymiz, u daryo va dengizlarda mavjuddir. Biz kislorodni ko‘rmaymiz va u haqida o‘ylamaymiz, lekin u havo tarkibida mavjud, biz kislorodni nafas bilan olamiz. Shuning uchun moddalar jismga bog‘liq bo‘lmagan ravishda mavjud deb aytish mumkin.  Modda xossalari. Bizga shakar, bo‘r, tuz, oltingugurt, suv, spirt, sulfat kislotasi berilgan (bular kundalik turmushda ishlatiladi). Shakar, tuz, bo‘r, oltingugurt — qattiq moddalar bo‘lsa, suv, spirt, sulfat kislotasi — suyuq moddalardir. Yuqorida sanab o‘tilgan qattiq moddalarni qanday farqlash mumkin? Shakar, tuz, bo‘r — oq rangli, oltingugurt — sariq rangli, demak, bu moddalar turli rangga ega. Bir xil rangli shakar, tuz, bo‘r suvga solinsa, bo‘r erimasdan qoladi, shakar va tuz erib ketadi. Shakar va tuz bir-biridan ta'mi bilan farqlanadi.  Suv, spirt, sulfat kislotasi suyuq moddalar bo'lib, ular rangga ega emas. Ularni qanday farqlash mumkin? Spirt — o‘tkir hidga ega, suv va sulfat kislotasi hidga ega emas. Suv va sulfat kislotasi turli zichlikka ega, psuv = 1000 kg/m 3 va psulfat kislota = 1840 kg/m3 .  Suv, spirt va sulfat kislotasi turlicha qaynash haroratiga ega: tq suv = 100°C, tq spirt = 78°C, tq sulfat kislota = 338°C .
Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : Darslikdan §3 ni o‘qing va xo‘jalikda ishlatilayotgan moddalar hamda jismlar ro‘yxatini tuzing. Xossalarini yozing. Tayanch iboralarni izohlash. Savol va topshiriqlarni bajarish. .Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish


Download 16,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish