Darsning texnologik xaritasi



Download 1,15 Mb.
Sana12.02.2017
Hajmi1,15 Mb.
#2399
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

Fan

Odam va uning salomatligi VIII sinf.

Darsning ta’limiy maqsadi

Eshitish organi – quloqning tuzilishi, eshitish organining funksiyasi, gigiyenasi haqidagi bilimlarni o’quvchilar ongida shakllantirish.


Darsning tarbiyaviy maqsadi

Eshitish a’zosi haqida tushuntirish orqali o`quvchilarning ilmiy dunyo qarashini kengaytirish, gigiyenik, estetik, axloqiy tarbiya berish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi

Tafakkur, hotira, idrok , erkin fikr, mustaqil qaror qabul qilish, hozir – javoblikka , topqirlikka o`rgatish.

Jihozlar

O’quv

jarayoni texnologiyasi

Dars turi

Yangi bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, o`quvchilar egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini tahlil qilish No`ananaviy..


Dars shakli

O’quvchilar bilan juftlikda ishlash.


Nazorat turi

Test, savol, jadval


Fanlararo integratsiya

Ekologiya, adabiyot, tibbiyot, matematika

O’tilgan mavzu

yuzasidan o’quvchilar

bilimini nazorat qilish


“Blits-so`rov” metodidan foydalanib o`quvchilar bilimini mustaxkamlash

Yangi mavzu

Eshitish a’zosi (eshitish analizatori).

Yangi mavzu rejasi

(o`quvchi

bilishi

lozim)

1. Eshitish analizatorining ahamiyati.

2. Eshitish organi – quloqning tuzilishi.

3. Eshitish organing funksiyasi.

4. Eshitish organi gigiyenasi.



Kutilayotgan natija.

a) yangi pedtexnologiyalarni samaradorligini namoyon etish, fanga qiziqish uyg’otish.

b) Eshitish a`zolari haqida to’liq ma’lumot olish.



O`qituvchi: “Eshitish a’zosi (eshitish analizatori).” mavzusini yoritishda qisqa vaqt ichida o`zlashtirishga erishadi. O`quvchilar faolligini oshiradi. O`quvchilarning darsga, fanga qiziqishi ortadi. Bir qancha o`quvchilarni baholaydi. Maqsadga erishadi.

O`quvchi:” Eshitish a’zosi (eshitish analizatori).” haqida yangi bilimlarni egallaydi. Yakka tartibda , guruhda ishlash ko`nikmasi ortadi, nutqi rivojlanadi – ravonlashadi, o`z-o`zini nazorat qilishni o`rganadi.Yoshligidan kasbga yo`naltiriladi



Mustahkamlash

va yakunlash

Mavzuga test va jadvallar bilan ishlash.




Baholash

Besh balli sistema asosida baholash, rag`batlantirish


Uyga vazifa

Darslikdagi 76-rasmni chizib, mavzuga oid yangi malumotlar izlash

Adabiyotlar

Darslik, qo`shimcha adabiyotlar, multimediyalar.


Darsning bosqichlari jadvali:




Darsning bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qismi

2 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni so’rash

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayon etish

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Dars yakuni va o`quvchilarni baholash, uyga vazifa berish

3 daqiqa



Mavzu: Eshitish a`zosi (Eshitish analizatori).
Darsning ta`limiy maqsadi:

Eshitish organi – quloqning tuzilishi, eshitish organining funksiyasi, gigiyenasi haqidagi bilimlarni o’quvchilar ongida shakllantirish.


Darsning tarbiyaviy maqsadi:

. Eshitish a’zosi haqida tushuntirish orqali o`quvchilarning ilmiy dunyo qarashini kengaytirish, gigiyenik, estetik, axloqiy tarbiya berish.


Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

Tafakkur, hotira, idrok , erkin fikr, mustaqil qaror qabul qilish, hozir – javoblikka , topqirlikka o`rgatish.



Dars jihozlari:

- Mavzuga oid rasmlar va plakatlar, eshitish organi barelef modeli, Darslik; Slaydlar; Kompyuter; Ekran; Vatman qog’oz; Marker qalam;


Dars usuli:

Savol-javob, suhbat munozara, juftlikda ishlash (interfaol usul)


Darsning shiori:

Sog`lom tanda sog` aql
Asosiy atama va tushunchalar:

Bolg`acha, sandon, uzangi, suyak labirinti, parda labirint, perilimfa suyuqligi, endolimfa suyuqligi, dahliz yarimdoira kanalchalar


Dars vaqti: 45 minut

Darsning borishi:
1.Darsning tashkiliy qismi:

- Salomlashish

- Davomatni aniqlash

- Sinf xonasi va o’vuvchilarning darsga tayyorganligini tekshirish


O`quvchilar bilan salomlashib bo`lgandan so`ng, o`qituvchi qisqacha “Manaviyat” daqiqasini o’tkazadi.
O’qituvchi: O’quvchilar o’tgan darsimizda qaysi mavzuni o’tganmiz?

O’quvchilar: 11-laboratoriya mashg‘uloti. Ko‘rish o‘tkirligini aniqlash.



12-laboratoriya mashg‘uloti. Ko‘zning qorachig‘ reflekslarini aniqlash.

“Blits-so`rov” metodidan foydalanib o’tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimini mustaxkamlash
Berilga savollarga mos javob xarfini juftlab yozing



Savollar




Javoblar




1

Ko‘zning ichki to‘rpardasida joylashgan kolbasimon retseptorlar rang bilish xususiyatiga ega, ular qanday ranglarni qabul qiladi?




daltonizm kasalligi

R

2

Ko‘zning optik sisitemasiga nimalar kiradi?




miopiya

I

3

Kolbasimon retseptorlarning funksiyasi tug‘ma buzilishi tufayli yashil, qizil va boshqa ranglarni sezish qobilyati buzilishi nima deyiladi?




ko‘k, yashil va qizil

K

4

Yaqindan ko‘rish – … .




akkomodatsiya

Sh

5

Gavhar atrofini o‘rab turgan kipriksimon muskul tolalarining qisqarishi va bo‘shashishi … deyiladi.




shox parda, ko‘z ichi suyuqligi, gavhar va shishasimon tana

O`


Yangi mavzu bayoni:

Reja:


1. Eshitish analizatorining ahamiyati.

2. Eshitish organi – quloqning tuzilishi.

3. Eshitish organing funksiyasi.

4. Eshitish organi gigiyenasi.


Aziz o’quvchilar! Eshitish analizatorining ahamiyati

Eshitishning ahamiyati shundan iboratki, odam hayotdagi ba'zi voqealarni ko'rgandagiga nisbatan, ularning mazmunini eshitganida to'liqroq tushuncha oladi. Masalan, odam biror spektaklni televizordan ovozsiz tomosha qilganda olgan tushunchasiga nisbatan shu spektaklning mazmunini radio orqali eshit­ganida to'liqroq tushunchaga ega bo'ladi.

Binobarin, eshitish organining faoliyati normal bo'lishi, avvalo, har bir odamda bolaligidan boshlab nutq paydo bo'lishi va rivojlanishiga imkon beradi. Bolaning keyingi hayoti davrida eshitish va nutqning birgalikda rivojlanishi uning tarbiyalanishida, bilim olishi, hunar o'rganishi, musiqa san'atini tushunishi va barcha ruhiy faoliyatining shakllanishida muhim o'rin tutadi.

Eshitish organi — quloqning tuzilishi. Eshitish organi bo'lgan quloq bosh suyagining chakka qismida joylashgan. U uch qismdan: tashqi, o'rta va ichki quloqdan iborat.

Tashqi quloq — quloq suprasi va tashqi eshitish yo 'lidan iborat. Tashqi quloq yo'lining oxirida biriktiruvchi to'qimadan tashkil topgan 0,1 mm qalinlikdagi nog'ora parda bo'lib, u tashqi quloq yo'lini o'rta quloq bo'shlig'idan ajratib turadi.

O'rta quloq bo'shlig'i Yevstaxiy naychasi yordamida burun-halqumga tutashgan. O'rta quloqda bir-biri bilan ketma-ket birikkan uchta eshitish suyakchalari (bolg'acha, sandon, uzangi) tovush to'lqinlari ta'sirida nog'ora pardada hosil bo'lgan tebranishni ichki quloqqa o'tkazadi.

Ichki quloq — bo'shliq va yarimdoira kanalchalar sistemasidan, ya'ni suyak labirintdan iborat. Suyak labirintning ichida parda labirint joylashgan, ular orasidagi torgina bo'shliqda perilimfa suyuqligi bo'ladi. Parda labirintning ichida esa endolimfa suyuqligi bo'ladi. Suyak labirintda chig'anoq bo'lib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, ya'ni eshitish retseptorlari joylashgan.

Suyak labirintning dahliz va yarimdoira kanalchalar deb ataluvchi qismidagi xaltasimon tuzilmalarda odam tanasining fazodagi muvozanatini ta'minlovchi vestibular analizator retsep­torlari joylashgan.



Eshitish organining funksiyasi. Yuqorida aytilgan tashqi, o'rta va ichki quloqning har biri o'ziga xos funksiyani bajaradi. Quloq suprasi tovush to'lqinlarini to'plash va uni quloqning tashqi yo'li-ga yo'naltirish vazifasini o'taydi.

Tashqi quloq yo'li tovush to'lqinlarini nog'ora parda tomon o'tkazadi. Tovush nog'ora pardani tebrantiradi, uning tebranishi eshitish suyakchalari orqali ichki quloqning chig'anog'i hamda yarimdoira kanalchalardagi perilimfa va endolimfa suyuqliklarini to'lqinlantiradi. Ularning to'lqinlanishi chig'anoq ichidagi eshitish retseptorlarini qo'zg'atadi.

Retseptorlarning qo'zg'alishi eshitish nervi tolasi orqali miya ko'prigi, o'rta miyada joylashgan po'stloqosti eshitish markaziga, undan esa bosh miya yarimsharlari po'stlog'ining chakka qismida joylashgan oliy eshitish markaziga borib, uni qo'zg'atadi. Bu markazda joylashgan nerv hujayralarida tovush ta'siri analiz va sintez qilinib, uning mazmuni aniqlanadi.

Eshitish organi gigiyenasi. Odam eshitish organining yaxshi rivojlanishi, sog'lom bo'lishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga rioya qilishi zarur:


  • yashash, o'qish, ishlash va jamoat joylarida tinchlikni saqlash;

  • ikki-uch qavat bint, yupqa sochiq uchini namlab tashqi quloq yo'lini har 2—3 kunda artib tozalash;

tashqi quloq, burun, og'iz, tomoqni shamollashdan ehtiyot
qilish.



Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlashga doir test olinadi. O’quvchilarga quyidagi tartibda tayyorlab qo’yilgan test jadvali tarqatiladi.


Test savollari:

  1. Nog`ora parda quloqning qaysi bo`limida joylashganini belgilang?

A. ichki quloq B. tashqi quloq

C. o`rta quloq D. tashqi quloq bilan o`rta quloq o`rtasida




  1. Vestibulyar analizator retseptorlari ichki quloqni qaysi qismlardan tashkil topgan?

A. labirint va eshitish suyakchalari B. chig`anoq va dahliz

C. dahliz va yarimdoira kanalchalar D. bolg`acha va sandon




  1. O`rta quloqda joylashgan eshitish suyaklari soni nechta?

A. 2 B. 3 C. 4 D. 5


  1. Ichki quloqda nimalar joylashgan?

A. eshitish suyakchalari B. eshitish yo`li C. nog`ora parda D. chig`anoq


  1. Bolg`acha, sandon, uzangieshitish a`zosining qaysi qismida joylashgan?

A. tashqi quloqda B. o`rta quloqda C. ichki quloqda D. to`g`ri javob yo`q


  1. Quloqning nog`ora pardasiqanday to`qimadan tashkil topgan?

A. biriktiruvchi B. epiteliy C. muskul D. nerv


  1. Evestaxiy nayi qaysi a`zolarni o`zaro bog`lab turadi?

A. o`rta quloq, halqum B. tashqi quloq, quloq suprasi

C. ichki va o`rta quloq D. o`rta va tasqi quloq




  1. O`rta quloqda qaysi organlar joylashgan?

A. quloq suprasi B. eshitish nervi C. nog`ora parda D. eshitish suyaklari


  1. Quloqning eshitish suyakchalari qanday vazifa bajarishini belgilang.

A. Nog`ora pardani tarang qilib turadi B. Nog`ora pardaning tebranishini ichki quloq teshigiga yo`naltiradi. C. Ichki quloqdagi suyaklarning tebranishini kuchaytiradi D. Eshitish nervlari faoliyatini boshqaradi.


  1. Parda labirintning ichida nima joylashgan bo`ladi?

A. Suyak labirint B. Perilimfa suyuqligi C. endolimfa suyuqligi D. dahliz

Namuna: Agar 1 savolni A punkti to’g’ri bo’lsa , quyidagicha belgilanadi.



Sinf ______ Ish________________________________




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

A

8888




























B































C































D






























Test savollari mana shu tartibda bo’lsa , quyidagicha belgilanadi.

Keyin o’quvchilarning javoblari tezlik bilan yig’ib olinadi va oldindan tayyorlangan shablonga har bir javob qo’yib ko’riladi.

Bunda har bir o’quvchining testni to’g’ri yoki no’to’g’ri belgilagani tezlik bilan ma’lum bo’ladi, ya’ni nechta test savollarni to’g’ri topgani aniqlanadi.


Baholash: Besh balli sistema asosida baholash, rag`batlantirish
Uyga vazifa : Darslikdagi 76-rasmni chizib, mavzuga oid yangi malumotlar izlash
Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish