Mavzu:TURDOSH VA ATOQLI OTLAR
DARSNING MAQSADI:
Ta'limiy maqsad - o'quvchilarda atoqli va turdosh otlar bo'yicha bilim va malaka hosil qilish;
Tarbiyaviy maqsad - ajdodlar xotirasiga ehtirom rahida tarbi-yalash;
Rivojlantiruvchi maqsad - o'quvchilarda Vatan oldidagi burchini anglab yetish tuyg'usini shakllantirish.
Darsning jihozi: kitob, gazeta, jurnallar, shaharlar tasviri, geografik xarita.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Savol-javob, tarqatmali test
Darsning rejasi:
Atoqli otlar.
Turdosh otlar.
Atoqli otlarning yozilishi.
Mashqlar ishlash.
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism:
a)salomlashish
b)davomatni aniqlash
d) she’riy daqiqalar
2. Uy vazifasini so’rash va baholash.
3.Mustahkamlash.
Savol va topshiriqlar
1. Ot deb nimaga aytiladi?
2. Otlar qanday ma'nolarni bildiradi?
3.Otlar qaysi qo'shimchalar bilan keladi?
4.Otlar qanday gap bo'lagi vazifasini bajaradi?
YANGI DARSNING BAYONI
O'qituvchi darsni o'quvchilar yashayotgan mahalla, qishloq, shahar, tuman, viloyat nomlarini, shuningdek, sinf xonasidagi narsa-buyum-larning nomini sanashdan boshlaydi.
Masalan: bir o'quvchi o'rnidan turib, o'zlarining Andijon viloyati Xo'jaobod tumani Abdulla Nabiyev nomli shirkat xo'jaligining Ko'chak ota mahallasida istiqomat qilayotganini aytadi. Ikkinchi o'quvchi sinf xonasidagi parta, stol, stul, doska, gul, portret kabi so'zlarni sanab beradi.
O'qituvchi shular asosida atoqli otlarning atab qo'yilishini, ularning yakkaligini (Andijon, Xo'jaobod, Abdulla Nabiyev), turdosh otlarning esa bir predmetning umumiy nomi ekanligini tushuntiradi.
Kishilarning ismi familiyasi, tuman, shahar, daryo, ko'l, tog', gaze-la, jurnal nomlariga misollar keltiradi.
O'qituvchi atoqli otlarni tushuntirishda o'quvchilarga tushunarli bo'lgan sodda, jonli misollarni keltirsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
Masalan:
Familiyangiz nima?
Yunusaliyev.
Ismingiz-chi?
Farruxbek.
Derazadan ko'rinib turgan tog'ning nomi nima?
Chilustun tog'lari, undan narida turgan baland tog'lar - Pomir tog'lari,
Maktabimiz yonidan oqib o'tgan daryoning nomi nima?
Shahrixonsoy.
Bir turdagi narsa-buyumning nomini bildirgan otlar * turdosh ot deyiladi. Masalan: qishloq, choynak, aka, daraxt Ayrim shaxs yoki narsa-buyumga atab qo'yilgan nomlar atoqli ot deyiladi. Kishilarning ism, familiyasi, joy hamda hayvonlarga atab qo'yilgan nomlar, gazeta, jurnal, kitob, tarixiy voqea kabilarning nomlari atoqli otlardir. Masalan: Toshloq tumani, «Gulxatt» jurnali, Olapar, Mustaqillik кипи Atoqli otlar doimo bosh harf bilan yoziladi.
O'quvchining javoblari asosida atoqli otlar va ularning yozilishi izohlanadi. Mashqlar ham yuqoridagi talab asosida bajartiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |