O'qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomillashtirish, o'z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish. O'quvchi: Mustaqil ishlashni o'rganadi. O'z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo'shimcha materiallar izlaydi, ularni o'rganadi. Do'stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko'nikmasi shakllanadi.
Darsning rejasi
Izohli diktant
Yangi mavzu bilan ishlash.
Grammatik o'yin.
Mustahkamlash (BBB usuli vositasida)
Dasr yakuni va uyga vazifa
Darsda o'quvchilar o'zlashtirishi zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar.
Muallif gapi ko'chirma gapning boshqa o'rinlarida kelganda tinish belgilarining ishlatilishini izohlash.
Ko'chirma gap bilan muallif gapini farqlay olish, tinish belgilarini to'g'ri qo'yabilish.
Mustaqil ravishda ko'chirma gap tuza olish, nutq vaziyatiga ko'ra shu qolipdagi til birliklaridan foydalana olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |