Mashqlar bajarish
189- mashq. Sodda gaplarni o'rniga qo'yib, qo'shma gaplar hosil qiling.
1. Do'sting mingta bo'lsa ham oz, yomon bilan yursang, qolarsan uyatga. 2. Kuz keldi, aqlsiz tushiga ishonadi. 3. Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga, dushmaning bitta bo'lsa ham ko'p. 4. Aqlli ishiga ishonadi va mevalar g'arq pishdi.
190-mashq. O'yinimiz «Sendan ugina, mendan bugina» deb nomlanadi. Ikki guruhga bo'lining. Birinchi guruh tomonidan aytilgan sodda gapga ikkinchi guruh shunday sodda gap aytsinki, ikkalasini qo'shib qo'shma gap hosil qilish mumkin bo'lsin.
Namuna: 1-o'quvchi: Xalqimiz obodonchilikka yaxshi e'tibor beradi.
2-o'quvchi: shuning uchun shahar va qishloqlarimiz kundan kunga obod bo'lib bormoqda.
191-mashq. Mustaqillik o'gitlarini o'qing. Qo'shma gaplarni aniqlab ko'chirib yozing. Sodda gaplarni bog'layotgan vositani aytib bering.
Vatan ko'nglimizda bo'lsa, Alloh ishimizga madadkor bo'lgay. Vatan va el manfaati muqaddasdir. Vatan hissi, Vatan tuyg'usi barcha narsadan qadrliroqdir. Zamonlar o'taveradi, davrlar o'zgaraveradi, ammo Vatan abadiydir. Bu aziz Vatan-barchamizniki. Dunyoda mamlakat ko'p, lekin olamda ona yurtimiz, O'zbekistonimiz yakka-yu yagona.
Do'stlaringiz bilan baham: |