Slayd 10
Majhul nisbat. Bajaruvchisi noma’lum bo’lgan harakat va holatni ifodalovchi fe’l shakli majhul nisbat deyiladi. Majhul nisbat shakli unli bilan tugagn fe’l asosiga -n, -l; undosh bilan tugagan fe’l asosiga esa -in, -il qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi. O’zlik va majhul nisbat shakllari aynan bir xil, lekin ular harakat yoki holatning bajaruvchisi nuqtayi nazaridan farq qiladi. O’zlik nisbatida harakat-holat bajaruvchining o’zi ustida amalga oshadi, majhul nisbatda esa bajaruvchi noma’lum bo’ladi. Solishtiring: tarandi – taraldi, kiyindi – kiyildi, olindi (majulda).
Slayd 11
a) fe’l negiziga unlidan so`ng –l, undoshdan so`ng –il affiksini qo`shish bilan: yasa-l(-di), ata-l(-di), yut-il(-di), sot-il(-di) kabi;
b) fe’l negiziga unlidan so`ng –n, undoshdan so`ng –in affiksini qo`shish bilan: bastala-n(-di), ol-in(-di) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |