O’z qobiliyatlarini va kasb tanlash sabablarini yaxshi bilmaslik. O’z-o’zini o’z shaxsiy xususuyatlarini bilish, o’z qobiliyatlariga real baho bera olish murakkab vazifadir. Uni qanday qilib yaxshiroq amalga oshirish mumkin? Birinchidan, kishi o’z qobiliyatlarini o’rganishga urinib ko’rish kerak. Ikkinchidan,mana shu qobiliyatlarini o’zining bo’lajak kasbi talablari bilan taqqoslab ko’rish kerak. O’z qobiliyatlarini o’rganish bilan cheklanib qolmay, ularni turli yo’nalishdagi faoliyatda sinab ko’rmog’i lozim. Bunda xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerak. Shuni esda tutish kerakki, mehnatsiz, iroda kuchini sarf qilmasdan turib hech qanday natijaga erishib bo’lmaydi. Xatto o’zingiz sevgan ish ham sabr-toqatli, zo’r berib ishlashni, murakkab, kutilmagan vaziyatlardan yo’l topib chiqib ketish uchun harakat qilishni, urinishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |