Sizlarning ko’pchiligingiz uchuvchilik kasbini ko’pincha jasoratlar bilan, odatdan tashqari katta tezlikda parvoz qilish bilan, qahramonlarcha qidiruv ekspeditsiyalari bilan bog’liq holda tasavvur qilasiz. Uchuvchining kundalik mehnatiga hos bo’lgan xususiyatlar to’g’risida juda oz narsa bilasiz, albatta. Uchuvchi eng avvalo o’zini qat’iy rejimga bo’ysundira olishi, uzoq muddat davom etadigan asosiy nagruzkalarga chidamli bo’lishi zarur, avariya holatiga tushib qolgan kezlarda o’zini yo’qotib qo’ymasligi, o’ziga ishonib topshirilgan texnikani a’lo darajada bilmog’i lozim. Shuning uchun kasb tanlashga jiddiy munosabatda bo’lishi o’sha kasb to’g’risida har tomonlama bilimga ega bo’lishni taqazo etadi. O’quv predmetining kasbga tenglashtirilishi. Har bir o’quv predmedi zaminida juda katta va ko’p miqdordagi aniq ishlar yotadi va kasb tanlayotganda buni unutmaslik kerak. Masalan, siz adabiyot faniga qiziqsangiz va o’zingizning butun hayotingizni shunga bag’ishlashni istasangiz, u holdas siz mazkur predmet zaminida qanday real kasblar, mashg’ulotlar turishini bilib olmog’ingiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |