Darsning metodi: muammoli o`qitish, suhbat. Darsning usuli: ta’limiy o`yinlar, mashqlar bajartirish, o`quv topshiriqlari ustida ishlash. Darsning jihozi: «Ona tili»



Download 36,03 Kb.
Sana28.05.2023
Hajmi36,03 Kb.
#945508
Bog'liq
9-дарс ишланмаси


Mavzu: Aniq va mavhum оtlаr


D arsning maqsadi:



Mavzuga oid asosiy tushuncha va atamalar: aniq оtlar, mavhum оtlar, aniq оtlarning birlik va ko`plikda qo`llanishi, ta’kidlash, kuchaytirish ma’nolari.
Darsning metodi: muammoli o`qitish, suhbat.
Darsning usuli: ta’limiy o`yinlar, mashqlar bajartirish, o`quv topshiriqlari ustida ishlash.
Darsning jihozi: «Ona tili» darsligi, tarqatma materiallar, slaydlar, rag`bat kartochkalari, ko`rsatmali materiallar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: o`quvchilar bilan salomlashish, navbatchini tinglash, o`quvchilar davomatini aniqlash.
Дарс умумий savol va topshiriqlar бериш билан бошланади.
1.Ot so`z turkumi deb nimaga aytiladi?
2.Chopiq, ko`rik, terim so`zlari qanday ot sanaladi?
3.Chopiq, ko`rik, terim оtlarini asos va qo`shimchalarga ajrating.
4.Faoliyat-jarayon оtlari deb nimaga aytiladi?
5.Faoliyat-jarayon оtlari qaysi qo`shimchalar bilan yasaladi?
6. Dev, pari, farishta, alvasti, jin, avliyo kabilar qanday otlar sanaladi?
7. Chiqindi, qirindi, cho`kindi, yuvindi, supurindi kabilar qanday otlar sanaladi?
O`qituvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi savollar asosida muammolar qo`yiladi:
1.Aniq va mavhum tushunchalari o`zaro qanday farqlanadi?
2.Aniq va mavhumlik nimaga nisbatan belgilanadi?
3.Siz aniq va mavhum оtlar deganda nimani tushunasiz?
Muammoli savollarni hal qilish jarayonida mavzuga oid tarqatma savol va topshiriqlar tarqatiladi. Topshiriqqa ko`ra o`quvchilar berilgan оtlarni aniq va mavhum оtlarga аjratadilar hamda ma’nolarini izohlaydilar.
Namuna: farishta–sezgi a’zolarimiz orqali bilish mumkin bo`lmagan ko`p insonlar tomonidan ilohiy narsa nomi sifatida tushuniladigan, mavhum ot;
non–sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo`lgan narsa nomi, aniq ot.




O`qituvchi o`quvchilardan savol va topshiriqlar yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarni umumlashtirib, yangi mavzu yuzasi mohiyatini bayon etishlarini so`raydi. O`quvchilar quyidagi fikr-mulohazalarni umumlashtiradilar:


–sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo`lgan narsalarni bildirgan оtlarga aniq оtlar deyiladi;
–sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo`lmagan, tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan narsalarni bildirgan оtlar mavhum оtlar sanaladi;
–aniq оtlar birlik va ko`plik shaklida qo`llana oladi, ammo mavhum оtlar ko`plik shaklida qo`llanganda, ko`plik ma’nosi emas, balki umumlashtirish, kuchaytirish ma’nolarini ifodalaydi.
Mustahkamlash. Darslik bilan ishlash. Dars mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi. 312-mashq topshirig`ga ko`ra o`quvchilar aniq hamda mavhum оtlarga qo`shilayotgan ko`plik, egalik va kelishik qo`shimchalarga e’tibor berib, оtlarga ko`plik qo`shimchasi qanday ma’no qo`shayotganini izohlaydilar.
Namuna: U o`z qalbida kechayotgan tuyg`ularining nomini bilmas, shu daqiqadagi holatini o`rtoqlariga ham izohlab berolmas edi.(Qamchibek kenja) Mazkur gapda qalbida, tuyg`ular, o`rtoqlar ot turkumiga mansub so`zlar.
Tuyg`ular–mavhum ot, -lar ko`plik qo`shimchasini olgan. Bu o`rinda ko`plik qo`shimchasi kuchaytirish ma’nosini ifodalagan.
313-mashqda matndagi aniq va mavhum оtlar aniqlanib, ma’nolari izohlanadi.
Namuna: Hasad–yurakning zanglashi, qaysarlik mag`lubiyat sababchisidir. («Sharq hikmatlari»dan) Mazkur hikmatda hasad, qaysarlik, mag`lubiyat kabi mavhum оtlar va yurak aniq oti qo`llangan.
Hikmatlat orqali o`quvchilarga hasad, qaysarlik, yalqovlik kabi salbiy odatlarning zararligi dalillar asosida tushuntiriladi. Shu tarzda ularda insoniy fazilatlarga hurmat ruhi tarbiyalanadi.
Топшириқ: Берилган расмлар асосида гаплар тузинг ва аниқ отларнинг хусусиятини изоҳланг.

O`quvchilar bilimini baholash:
O`quvchilarning faolligi, uy vazifalarini to`g`ri va aniq bajarishi, dars davomida berilgan savollarga javoblari inobatga olinib, baholanadi. O`quvchilarga rag`bat kartochkalari topshiriladi.
Dars so`ngida nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun darslikdagi savol va topshiriqlar bajariladi.
Uyga vazifa. 314-mashq shartiga ko`ra berilgan gaplardagi оtlarni aniq va mavmum оtlarga аjratish, ular o`rtasidagi farqlarni izohlash
Download 36,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish