Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars.
Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar)
Darsning jihozi: Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi.
Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi.
O’tgan mavzuni mustaxkamlash.
Kartoshka tugunagi nima?
Kartoshkaning tugunagida moddalar qanday to‘planadi?
Kartoshka «ko‘zcha»laridan ko‘payadimi?
Yangi mavzu bayoni: Barg — novdaning bir qismi bo'lib, o‘simliklarning muhim hayotiy jarayonlar (fotosintez) asosida organik moddalar hosil qiluvchi, suvni bug'latuvchi va nafas oluvchi asosiy vegetativ organi Barg, asosan ikki qismdan: barg yaprog'i va barg bandidan tashkil topgan. Ayrim o'simliklar barg bandining pastki qismida yon bargchalar ham bo'ladi. Ba’zi o'simliklarning bargi bandsiz bo'ladi. Bunday barglar bandsiz barg deyiladi. Barglar poyaga yoki novdaga, odatda, barg bandi bilan birikadi. Bandsiz barglar poyaga yaprog‘ining pastki (ostki) qismi bilan birikadi. Bandli barglar tabiatda ko‘p tarqalgan. Masalan, olma, o‘rik, nok, terak, yong'oq, anj'ir, tok, bodring, qovun kabi mevali va poliz ekinlari manzarali o‘simliklarning bargi bandli; lola, bosh piyoz, shirach, gulsafsar, bug‘doy, makkajo‘xori, arpa, sholi kabi o‘simliklarning bargi bandsiz bo‘ladi.
Ko‘pchilik o‘simliklarning bargi va bargchalari aniq ko‘rinib turadigan va ko‘z bilan ko‘rib bo'lmaydigan tomirli bo'ladi. Odatda, ular bargning orqa tomonida yaxshi ko‘rinadi. Tomirlar barg bandidan bargga o‘tib shoxlanadi. Shu tomirlar tufayli barg mustahkam bo‘ladi. O'simliklar turiga qarab, tomirlar turlicha shoxlanadi. Ular o'simliklarni bir-biridan farq qilishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, ikki urug'pallali o'simliklar bilan bir urug'pallali o'simliklarni bir-biridan farq qilishda, asosan, ularning tomiriga e’tibor beriladi. Ikki urug'pallali o'simliklarning bargi, odatda patsimon va panjasimon (to'rsimon) tomirlangan. Ularni, ayniqsa, terak, chinor, olma, o‘rik, nok, tut, g‘o‘za kabi o'simliklar bargida yaxshi ko'rish mumkin. Bir urug'pallali o'simliklardan bug'doy, arpa, makkajo'xori, oq jo'xori, g‘umay va boshqalar bargining tomiri barglar chetiga parallel yoki yoysimon joylashgan. Bunday tomirlanish parallel yoki yoysimon tomirlanish deb ataladi.
Parallel va yoysimon tomirlangan barglar:
1—parallel tomirlar; 2—yoysimon tomirlar.
Poyadan kelayotgan suv va unda erigan oziq moddalar tomirlar bo'ylab barglarga keladi va barglarda hosil bo'lgan fotosintez natijasida hosil bo'lgan organik moddalar poyaga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |