Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars.
Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar)
Darsning jihozi: Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi.
Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi.
O’tgan mavzuni mustaxkamlash.
Poyaning ichki tuzilishi qanday qismlardan tashkil topgan?
Po‘stloq o‘simliklar uchun qanday ahamiyatga ega?
Novdalar nima uchun pishiq va egiluvchan bo‘ladi?
Lub tolalari va yog'ochlikdan xalq xo‘jaligida qanday maqsadda foydalaniladi?
Yangi mavzu bayoni:
. Qaysi o‘simlikning yon ildizlari atrofga 20-30 metrga tarqaladi?
A. Juzg‘un. B. Yong‘oq. D. Yantoq. E. Saksovul.
2. Ildizning uchki qismini nima o‘rab turadi?
A. Ildiz tukchalari. B. Ildiz qinchasi. D. Iildiz naychalari. E. Ildiz hujayralari.
3. Qaysi o‘simlikning ildizi 30 metr chuqurga kirib boradi?
A. Juzg‘un. B. Yong‘oq. D. Yantoq. E. Chinor.
4. Ildiz tizimi qanday ildizlardan tashkil topgan?
A. Asosiy ildiz, yon ildiz, qo‘shimcha ildiz.
B. Yon ildiz, qo‘shimcha ildiz. o‘q ildiz.
D. O‘q ildiz, popuk ildiz, qo‘shimcha ildiz.
E. O‘q ildiz, asosiy ildiz, yon ildiz.
5. Tuzilishiga ko‘ra ildiz tizimi qanday turlarga bo‘linadi?
A. O‘q ildiz, yon ildiz, qo‘shimcha ildiz.
B. Yon ildiz, qo‘shimcha ildiz, o‘q ildiz.
D. O‘q ildiz, popuk ildiz, asosiy ildiz.
E. Asosiy ildiz, yon ildiz, qo‘shimcha ildiz.
6. Qaysi o‘simliklar o‘q ildiz tizimiga ega?
A. O‘rik, olma, na’matak. B. Bug‘doy, makkajo‘xori, qovoq.
D. No‘xot, loviya, bug‘doy. E. Lavlagi, sabzi, rediska.
7. Ildiz qaysi qismi orqali tuproqdan suv va unda erigan moddalarni shimadi?
A. Bo‘linuvchi qism. B. O‘suvchi qism.
D. So‘ruvchi qism. E. O‘tkazuvchi qism.
8. Qaysi o‘simliklar ildizmeva hosil qiladi?
A. Sabzi, yantoq, lavlagi, piyoz, rediska.
B. Kartoshka, piyoz, turp, sabzi, sholg‘om.
D. Lavlagi, pomidor, qalampir turp, sholg‘om.
E. Bodring, piyoz, turp, sabzi, qovoq.
9. Ildiz tukchalari ildizning qaysi zonasida joylashgan?
A. Bo‘linuvchi zona. B. O‘suvchi zona.
D. So‘ruvchi zona. E. O‘tkazuvchi zona.
10. Ildiz tukchalari necha kun yashaydi?
A. 10-20 kun. B. 1-2 kun D. 5-7 kun. E. 20-30 kun.
Do'stlaringiz bilan baham: |