Yangi mavzu bayoni
Mavzuni e’lon qilishdan avval sizlarga quyidagi savol bilan murojaat qilmoqchiman.
--Siz uchun hayotdagi eng qadrli tushuncha nima?
O’quvchilar bu savolga o’z fikrlarini bildiradilar( Ular ona, maktab, Vatan, mahalla ,kitob, vaqt degan tushunchalarni ta’riflaydilar).
-O’qituvchi:
Sizlar aytib o’tgan eng qadrli tushunchalar milliy qadriyat degan keng nom ostida birlashadi.Aynan bugungi darsimiz ”Milliy qadriyatlar maskani’ mavzusiga bagishlanadi. Ayting-chi, avvalo, milliy qadriyatlarimizga nimalar kiradi?
O’quvchilar bu savollarga quyidagicha javob beradilar:
---Xalqimiz tarixi va o’tmishi, urf-odatlarimiz, an’analarimiz , marosimlar, moddiy va ma’naviy boyliklarimiz,muqaddas dinimiz,ona tilimiz kabi tuzhunchalrni o’z ichiga oladi.
--- Bizning milliy qadriyatlarimizning o’ziga xos noyob jihati shundaki, ularda qadim zamonlardan boshlab umuminsoniy g’oyalar teran aks etib kelgan.Masala, xalqimizning mehr-oqibatni , do’stlik va hamjihatlikni, tinchlik va osoyishtalikni yuksak qadrlashi insonparvarlik fazilatlaridan dalolatdir.
O’qituvchi:
Istiqlol sharofati tufayli milliy qadriyatlarimiz qayta tiklandi.Bu borada prezidentimiz tashabbusi va rahnamoligida ko’plab ishlar amalga oshirildi va yana keng miqyosda rivojlantirib borilmoqda. Milliy qadriyatlar ruhida yoshlarni tarbiyalash, ularga hurmat va ehtirom hissini singdirish har doim jamiyatning bosh vazifasi bo’lib kelgan.
Hurmatli o’quvchilar, insonda milliy ong va g’urur bo’lmasa, u o’zining qaysi millatga xosligini his etmasa,o’z milliy qadriyatlarini qanday qilib anglashini tasavvur qilish qiyin, to’g’rimi?.Ayting-chi, milliy ong va g’ururni, milliy qadriyatlarimizni qay yo’sinda, qay tarzda va qayerlarda shakllantirish mumkin deb o’ylaysiz?
O’quvchilar bu savollarga o’z fikrlarini bildirib,mahallada, oilada, maktabda shakllantirish mumkinligini aytib o’tadilar.
. O’qituvchi: Kelinglar, bugungi mavzumiz maqsadidan kelib chiqib, siz o’quvchilar bilan uch guruhida ish olib borsakda va bu guruhlarni ramziy ma’noda “Oila” ‘Mahalla” “Maktab” deb nomlasak. Demak, bular tarbiya jarayonida garchi alohida tushunchalar bo’lsa-da, bir-biri bilan uzviy bog’liq , bir-birini to’ldiradigan tarbiya mezonlaridir.Tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sa’y-harakatlarini birlashtirish maqsadida, 1993-yilda ishlab chiqilgan”Oila, mahalla, maktab hamkorligi” Konsepsiyasi asosida yoshlarni tarbiyalashda samarali ishlar olib borilmoqda. O’z guruhlaringiz nomi ostida muqaddas milliy qadriyatlarimizni mustahkamlashda Maktab, Oila, Mahallaning o’rni va uning ahamiyati borasida o’z taqdimotlaringizni tayyorlashingizni so’rayman.
Guruhlar o’z taqdimotlarini tayyorlaydilar va taqdim etadilar.
O’qituvchi:
Sizdan kop yaxshi fikrlar eshitdim, javoblaringizdan mamnun bo’ldim. Kelinglar, fikrlarinizni ushbu viderolikni tomosha qilgach,so’ngra davom ettiramiz. O’quvchilar diqqatiga “Kim edig-u Kim boldik” videoroligi namoyish etiladi.
Yurtboshimiz I. A. Karimov o’zlarining “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir” kitoblarida shunday fikrlarni bildirganlar:”Biz o’tgan davrda amalga oshirgan ishlarimizga baho berar ekanmiz,”Kim edig-u, bugun kim bo’ldik ?degan savol asosida ularning mohiyati va ahamiyatini o’zimizga chuqur tasavvur etamiz.Ayni vaqtda ertaga kim bo’lishimiz,qanday marralarni egallashimiz kerak? degan savol ustiad o’ylashimiz, nafaqat o’ylashimiz, balki amaliy ishlarimiz bilan bunga javob berishimiz lozim”. Yurtboshimizning ushbu da’vatlariga men ozod, obod, tinch o’lkaning baxtli pedagogi sifatida shunday javob beraman va sizni ham buyuk ishlar ijodkori bo’lishga undab qolaman:
Rangin bu olamni sevaman jondan,
Qalbimdan toshdi ezgu tuyg’ular.
Go’zallik axtarib, topsak har tongdan ,
Ketar bedorlig-u ko’zdan uyqular.
Do'stlaringiz bilan baham: |