Navbatchi:
7-“A” sinfda 34 o‘quvchi bor
Adabiyot darsiga barcha o‘quvchi tayyor.
O‘qituvchi: Qani adabiyotga ta’rif beringlar
O‘quvchi: Adabiyot nima? – Adabiyot so‘z
O‘qituvchi: Juda yaxshi barakalla. Bugun biz darsimizda samimiy tuyg‘ular kuychisi, ham shoir ham nosir Asqad Muxtor ijodi haqida fikr yuritamiz. Bugungi dars umumlashtiruvchi dars bo‘lganiligi uchun uni quyidagi shartlar asosida “Tadqiqot” metodidan foydalanib tashkil etamiz va bugun biz “Nasr”, “Nazm”, “Dramaturgiya” deb nomlangan guruhlar bilan ishlaymiz.
1- uyga berilgan topshiriq ustida ishlash
Har bir guruh Asqad Muxtor ijodi haqida ma’lumot beradi. Bunda “Tadqiqot” usulidan foydalaniladi. O‘qituvchi o‘zi boshlab beradi.
O‘qituvchi:. Asqad Muxtor shoir, nosir, dramaturg, tarjimon, jurnalist hamda jon kuyar tashkilotchi sifatida o‘zbek adabiyoti va san’atida yorqin iz qoldirgan siymodir. Adib 1920-yil ning 23-dekabrida Farg‘ona shahrida tug‘ildi.
1-o‘quvchi: Asqad Muxtorning oilasi asli Tataristondan kelgan bo‘lib, farg‘onalik lar orasiga singishib ketgan, o‘zbekcha urf-odatlarni to‘la o‘zlashtirgan edi.
2-o‘quvchi: 1931-yilda bo‘lajak adib o‘n bir yoshdaligida otasi vafot etadi. Notinch zamon da moddiy jihatdan nochor oila o‘n ikki bolaning uchinchisi bo‘lmish Asqadni yetimxonaga topshi rishga majbur bo‘ladi.
3-o‘quvchi: U shu yerdagi maktabni bitirdi va 1936-yili Toshkentga kelib, jurnalistika kursida o‘qidi, gazetada ishladi.
4-o‘quvchi: Asqad Muxtor 1938-yili Samarqanddagi O‘zbekiston davlat dorilfununiga kiradi. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, Samarqand dorilfununi Toshkentdagi O‘rta Osiyo davlat universitetiga vaqtincha qo‘shib yuboriladi. Shu tariqa o‘qishni Samarqandda boshlagan Asqad Muxtor filologiya fakultetini Toshkentda tamomlaydi.
5-o‘quvchi: Uni Andijonga ishga yuboradilar. Uch yil davomida Andijon davlat pedagogika institutida o‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri bo‘lib ishlaydi.
6-o‘quvchi: 1945-yilda Asqad Muxtor Toshkentga qaytadi. U avval markaziy gazetalarda bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, so‘ng «Sharq yulduzi», «Guliston» jurnallarida bosh muharrir bo‘ lib ishladi. «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasiga rahbarlik qildi. Respublika Yozuvchilar uyushmasi kotibi lavozimida ishladi.
7-o‘quvchi: Asqad Muxtor badiiy ijodga she’rlar yozish bilan kirib keldi. U maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq she’rlar yoza boshlagan edi.
8-o‘quvchi: O‘smirlar gazetasida dastlabki mashqlari e’lon qilingan yosh shoir katta matbuotda «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» sahifalarida 1938-yili «Bizning avlod» she’ri bilan paydo bo‘ldi. 1947-yilda bosilgan «Po‘lat quyuvchi» poemasi orqali katta ijodkorlar nazariga tushadi.
9-o‘quvchi: Asqad Muxtorning shoirlik salohiyati «Hamshaharlarim», «Rahmat, mehribonlarim», «Chin yurakdan», «99 miniatura», «Karvon qo‘ng‘irog‘i», «She’rlar», «Quyosh belanchagi», «Sizga aytar so‘zim» singari she’riy kitoblarda yorqin namoyon bo‘ldi.
10-o‘quvchi: Shoir o‘z she’rlarida biz yashab turgan dunyo haqiqati, inson umri ning mazmuni, ezgulik va qabohat kabi azaliy muammolarni yangi davr kishisi nuqtayi nazari bilan yoritishga harakat qiladi.
11-o‘quvchi: 1950-yilda A. Muxtorning «Daryolar tutashgan joyda» nomli birinchi qissasi bosilib chiqadi.
12-o‘quvchi: 1955-yili nashr etilgan «Opa-singillar» romani bilan adabiy jamoatchilik va kitobxonlar e’tiborini qozondi.
13-o‘quvchi: Shundan keyin yaratilgan «Qoraqalpoq qissasi», «Buxoroning jin ko‘chalari», «Jar yoqasidagi chaqmoq», «Kumush tola» qissalari, «Tug‘ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu» romanlari bilan o‘zbek nasri taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shdi.
14-o‘quvchi: Adib davr voqeliklarini aks ettirishda, inson ko‘ngli voqeliklarini tasvirlashda drama janriga murojaat qildi.
15-o‘quvchi: O‘zbek drama turgiyasi rivojida muayyan mavqega ega bo‘lgan «Mardlik cho‘qqisi», «Yaxshilikka yaxshilik», «Samandar» kabi pyesalari uzoq yillar teatr sahnalarida davomli namoyish etildi.
16-o‘quvchi: Asqad Muxtor mohir tarjimonlardan biridir. Sofoklning «Shoh Edip» fojia sini, Shekspir va Shiller tragediyalari, Pushkin, Lermontov, Blok, Mayakovskiy asarlarini mahorat bilan o‘zbek tiliga o‘girgan.
17-o‘quvchi: Asqad Muxtor «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
18-o‘quvchi: Asqad Muxtor 1997-yilning 17-aprelida Toshkent shahrida vafot etdi.
2. YANGI MAVZU BAYONI
Guruhlarga savol tashlanadi. Asqad Muxtor adabiy turlarning qaysi janrlarida ijod qilgani haqida “Klaster” metodi asosida munozara boshlanadi.
Asqad Muxtor she’riy turda qanday asarlar yaratgan?
«Hamshaharlarim», «Rahmat, mehribonlarim», «Chin yurakdan», «99 miniatura», «Karvon qo‘ng‘irog‘i», «She’rlar», «Quyosh belanchagi», «Sizga aytar so‘zim»
Asqad Muxtor nasriy turda qanday asarlar yaratgan?
«Daryolar tutashgan joyda» nomli birinchi qissasi , «Opa-singillar» romani «Qoraqalpoq qissasi», «Buxoroning jin ko‘chalari», «Jar yoqasidagi chaqmoq», «Kumush tola» qissalari, «Tug‘ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu» romanlari
Asqad Muxtor dramatik turda qanday asarlar yaratgan?
«Mardlik cho‘qqisi», «Yaxshilikka yaxshilik», «Samandar» kabi pyesalari
(SHshoir she’rlari yoddan o‘qiladi)
Do'stlaringiz bilan baham: |