«Yoz» applikatsiyasini yasash
Darsning maqsadlari:
ta’limiy: o‘quvchilarga «Yoz» applikatsiyasi haqida bilim berish, qo‘l mehnatiga o‘rgatish;
tarbiyaviy: har bir muammoni xushmuomalalik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish, mehnatsevarlik fazilatlarini tarbiyalash; inson mehnatini qadrlash haqidagi tasavvurini, dunyoqarashini kengaytirish;
rivojlantiruvchi: «Yoz» applikatsiyasini yasash orqali o‘quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; ishlash orqali tabiatga baho berish va ijodiy ko‘nikmalarini o‘stirish.
Dars turi: o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish.
Metodi: didaktik o‘yin, yasash, tushuntirish, muammoli izlanish, guruh ishi, savol-javob.
Jihozi: darslik, mavzu asosida didaktik materiallar, har bir o‘quvchiga mehnat fanidan savollar yozilgan kartochkalar, A-4 formatli qog‘oz, rangli qog‘oz, yelim, qaychi, kompyuter, proyektor.
Darsning borishi
Tashkiliy qism.
(Salomlashish. Darsga tayyorgarlikni tekshirish. Davomatni aniqlash. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, ballari bilan tanishtiriladi. O‘quv qurollari tekshiriladi).
Dars shiori: Mehnat — mehnatning tagi rohat.
Uy vazifasini tekshirish.
(O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilar yasab kelgan qush inlari baholanadi va xulosalanadi).
O‘quvchilar yasab kelgan qush ini kompozitsiyasini baholash.
(Slaydda rasm ko‘rsatiladi va o‘quvchilar shu rasm asosida «Qushlar bizning do‘stimiz» nomli matn tuzadilar).
Mehnat haqida maqollar aytish.
1. Mehnat — mehnatning tagi rohat.
2. Mehnatdan kelsa boylik,
Turmush bo‘lar chiroylik.
3. Mehnat qilib topganing,
Qand-u asal totganing.
4. Mehnat qilgan xor bo‘lmas.
5. Halol mehnat yaxshi odat.
6. Ishlamagan tishlamas.
Yangi mavzu bayoni.
Keldi ko‘klam kabi soz,
Bizlar sevgan issiq yoz.
Ekin o‘sdi yerlarda,
Bug‘doy pishdi qirlarda.
(Yoz fasli haqida savollar berish orqali o‘quvchilarning diqqati jamlanib, «Yoz» applikatsiyasi nima ekani haqida o‘qituvchi batafsil tushuntiradi. Qator topshiriqlar berish orqali mavzu keng yoritib boriladi).
«Yoz» applikatsiyasini yasash uchun detallarni chizing va qirqib oling. Har bir detalni o‘z o‘rnida yelimlang.
Darslikdagi yoz applikatsiyasini yasagandan keyin guruhlarga kompyuterdan chiqarilgan tayyor rasmlar beriladi. Ular shu rasmlarni chiroyli qilib joylashtirishadi.
Dam olish daqiqasida ingliz tilidan lug‘at yodlash.
Cloud [klaud] (klaud) — bulut
Fruit [fru:t] (frut) — meva
Goat [g ut] (gout) – echki
Handicraft [hendikraft] (hendikraft) — mehnat darsi
(hunarmandchilik)
Home [h um] (houm) — uy
Nature [`neitò ] (neyche) — tabiat
Season [`si:zn] (sizn) — fasl
Summer [`s m ] (same) — yoz
Sun [s n] (san) — quyosh
Tree [tri:] (tri) — daraxt
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yozda nishonlanadigan bayramlarni ayting.
Yozda pishadigan mevalarning nomini aytib bering.
Yoz haqida qanday she’rlarni bilasiz?
(Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va g‘olib qator aniqlanib, o‘quvchilarning olgan ballari kundalik daftarlariga tushirib beriladi).
Uy vazifa. «Yoz» applikatsiyasini yasab kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |