Dars mavzusi: «Xotira va Qadrlash kuni» o‘zaro mehr-oqibat namunasi



Download 15,29 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi15,29 Kb.
#746828
Bog'liq
9-may dars ishlanma


Onam:
Dars mavzusi: «Xotira va Qadrlash kuni» — o‘zaro mehr-oqibat namunasi
1. Ta’limiy maqsad: o‘quvchi­larning «Xotira va Qadrlash kuni» haqidagi bilim darajasi, e’tiqodini aniqlash va mustahkamlash.
2. Tarbiyaviy maqsad: yoshlarda hozirgi tinch hayotimiz qadriga yetish, o‘zlikni anglash, o‘zaro mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirish.
3. Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarga «Xotira va Qadrlash kuni»ning mazmun-mohiyatini anglatish orqali bilim va malakasini oshirish.
Darsga tayyorgarlik: darsga ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mahalla oqsoqoli va ota-onalar taklif etiladi.
Dars Xotira maydonida suhbat va hikoya uslubida ekskursiya (sayohat) tarzida, o‘quvchilarning tayyorgarliklari asosida o‘tiladi.
Dastavval maktab o‘quvchilari ijrosida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etiladi. So‘ngra o‘quvchilar mehmonlarga guldastalar taqdim etadilar. Maydon uzra sokin musiqa sadosi taraladi.
O‘qituvchi: — Aziz mehmonlar, ota-onalar va o‘quvchilar, bugungi darsimizni Xotira maydonini kuzatib chiqishdan so‘ng boshlaymiz. Poytaxtimiz markazida joylashgan bu me’moriy majmua O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va rahbarligida hamda Prezidentning 1999 yil 2 martdagi «9 mayni Xotira va Qadrlash kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida»gi farmoni asosida Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida barpo etildi. U 1999 yil 9 may kuni ochildi.
(O‘qituvchi, mehmonlar va o‘quvchilar Xotira maydoni markazida, «Motamsaro ona» haykali atrofida to‘planishib, uning poyiga gullar qo‘yadilar va ona siymosi qarshisida bosh egib, unga ta’zim bajo etadilar.)
O‘qituvchi: — Aziz o‘quvchilar, «Motamsaro ona» haykaliga e’tibor bering. Bu haykalni haykaltarosh I.Jabborov juda mahorat bilan yaratgan. Onaning ma’yus, o‘ychan qiyofasidagi dard va mehr kishi qalbini o‘rtab yuboradi.
O‘quvchi: — Ona siymosida men milliylikni ko‘rayapman. Peshonaga bog‘langan durracha, uning ustidan o‘ralgan katta ro‘mol, uzun yengli ko‘ylak — bu o‘zbek ayoliga xos libos. Buvijonlarimiz shunday kiyinishadi.

O‘qituvchi: — Aziz o‘quvchilar, «Motamsaro ona» haykaliga e’tibor bering. Bu haykalni haykaltarosh I.Jabborov juda mahorat bilan yaratgan. Onaning ma’yus, o‘ychan qiyofasidagi dard va mehr kishi qalbini o‘rtab yuboradi.


O‘quvchi: — Ona siymosida men milliylikni ko‘rayapman. Peshonaga bog‘langan durracha, uning ustidan o‘ralgan katta ro‘mol, uzun yengli ko‘ylak — bu o‘zbek ayoliga xos libos. Buvijonlarimiz shunday kiyinishadi.
O‘qituvchi: — Ikkinchi jahon urushidan qaytmagan jigarbandlari g‘amida iztirob chekkan O‘zbekistondagi minglab onalarimiz qiyofasi bu. Buvijonim ba’zida urushda qahramonlarcha halok bo‘lgan uch nafar o‘g‘lini yig‘lay-yig‘lay eslab, menga amakilarim haqida hikoya qilib berardilar.
O‘qituvchi: — Mustaqillikka qadar barcha viloyat va tuman markazlarida «Noma’lum askar qabri» degan sun’iy nom ostidagi monumentlar barpo etilgan edi. Jumladan, ana shu maydonda ham. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, urushga ketgan birorta odamning noma’lum bo‘lishi, uning ismi-sharifi to‘g‘risidagi xotiralar yo‘qolib ketishi aslida mumkin emas.
Mustaqillik yillari olib borilgan jiddiy izlanishlar tufayli avval «bedarak yo‘qolgan» deb hisoblangan minglab marhum yurtdoshlarimiz taqdiri aniqlandi. Natijada Yurtboshimiz tashabbusi bilan Toshkent shahrida, barcha viloyat va tumanlar markazida Xotira maydonlari, poytaxtimizdagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida esa «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui bunyod etildi.
O‘quvchi: — Bugungi nurli kun —
Saodat haqqi,
Buyuk vatandoshim,
Eslayman seni!
Bugungi oppoq tong,
Gul hayot haqqi,
Buyuk vatandoshim,
Qo‘msayman seni!
Ha, ma’lum insonsan,
Noma’lum emas!
Sen borsan, sheriksan
Bu hayotimga.
O‘qituvchi: — Endi esa maydonning shimoliy va janubiy tomonida milliy an’anaviy me’morlik uslubida ustunli, vassajuftli qilib qurilgan ayvonlar tomon boramiz. Majmuani bunyod etish va bezashda taniqli yog‘och o‘ymakorlari: toshkentlik H.Odilov, S.Rahmatullayev, A.Azlarov; qo‘qonlik A.Abdullayev; samarqandlik M.Asadov; andijonlik X.Bog‘ibekov va boshqalar ishtirok etishgan. Ustalar tomonidan, ko‘rib turibsizki, 42 ta ustun bezatilgan. 28 ta tokcha — «Xotira kitobi»da ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan 450 mingga yaqin yurtdoshimiz nomlari zarhal harflar bilan bitilgan.
Aziz o‘quvchilar, siz ham mazkur «Xotira kitobi»dan o‘z qarindoshlaringizdan, tumaningiz yoki mahallan­gizdan urushga ketgan va halok bo‘lganlar ismi-shariflarini o‘qishingiz mumkin.
(O‘quvchilar Xotira kitobini asta varaqlab kuzatadilar.)
O‘qituvchi: — Aziz o‘quvchilar, bugungi darsimizga Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, mahalla oqsoqoli va ota-onalaringizni taklif qilganmiz. Hozirgi so‘zni urush qatnashchisiga beramiz.
Urush qatnashchisi: — «Xotira kitobi»ni kuzatib varaqlar ekanman, ko‘z oldimdan halok bo‘lgan do‘stlarim birma-bir o‘tmoqda. Urush paytini eslasam, juda qayg‘uraman (ko‘zlari yoshga to‘ladi), hayajonlanaman. Urush dahshat… Urushning nomi o‘chsin. Kurrai zaminda aslo urush bo‘lmasin. O‘sha og‘ir kunlarni biz ko‘rdik, sizlar aslo ko‘rmanglar. Men baxtli keksalardanman, chunki mustaqillikni ko‘rdim. Vatanim jamolini ko‘rib quvonaman. Hozirgi tinch-osoyishta hayotimizga shukrona aytaman.
(O‘quvchilar urush faxriysiga guldasta taqdim etadilar.)
O‘qituvchi: — Mazmunli suhbatingiz uchun katta rahmat, omon bo‘ling.
Urush arafasida mamlaka­timizda 6,5 millionga yaqin aholi yashagan bo‘lsa, shundan 1,5 millioni urushda bevosita ishtirok etgan. Ya’ni, yosh go‘dak va bolalarni, qariyalar va ayollarni hisobga olmaganda, xalqimizning 40 foizdan ko‘prog‘i qo‘liga qurol olib, jang maydonlarida qatnashgan. Va bu dahshatli urushda qariyb 500 ming yurtdoshimiz halok bo‘lgan. Bu urush qatnashchilarining 30 foizi demakdir.
Mahalla oqsoqoli: — Urushda halok bo‘lgan mahalladoshlar hurmatiga har bir hududda yodgorlik qo‘yilgan. Hozirgi kunda hurmatda bo‘lgan urush qatnashchisi va nogironlar, kam ta’minlangan oilalar, qarovchisi yo‘q kishilar davlatimiz, xalqimiz e’tiborida bo‘lib, keksalarimiz holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda.

Ba’zi mamlakatlar hozirda notinch. Bu, albatta, achinarli hol. Ollohga shukr, bizning yurtimizda tinchlik barqaror. Ilohim, tinch yurtimizni yomon ko‘zlardan Yaratganning o‘zi asrasin.


Shu bilan dars o‘z nihoyasiga yetadi. Yo‘l-yo‘lakay o‘qituvchi o‘quvchilar taassurotini tinglaydi, ularni umumlashtirish oldidan shunday deydi:
O‘qituvchi: — E’tibor bergan bo‘lsangiz, xiyobon bo‘ylab ko‘plab kabutarlarni uchratasiz. Kabutar — tinchlik ramzi. U tinch joyda yuradi, uchadi. Ilohim, yurtimizda hamisha tinchlik bo‘lsin. Musaffo osmonimizda doimo kabutarlar parvoz qilaversin.
Onalar tilagi: dunyo tinch bo‘lsin,
Tinchlik — bashar o‘g‘lin ezgu matlabi.
Tinchlik yuraklarga kirar shu’laday,
Jahon ovozi bu, xalqlar talabi.
Uyga vazifa: Ekskursiya darsi taassurotlari asosida yozma ish tayyorlash.
Download 15,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish