Dinning jamiyatdagi vazifalarini tushuntirib bering.
Din insoniyat taqdirida qanday rol o'ynagan?
III.Yangi mavzu ba`yoni. Bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil: teologik va materialistik qarashlar mavjud.Teologik (ilohiy, diniy) yondashuvga ko‘ra, turli buyumlarga sig‘inish va ko‘pxudolik, jumladan, animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolikdan keyin yuzaga kelgan. Jumladan, yahudiylik, xristianlik va islom dinlariga ko‘ra, Xudo ilk inson — Odamni yaratib, unga o‘zini tanitgan va Odam avlodlarini o‘ziga sig‘inishga chaqirgan. Vaqt o‘tishi bilan insonlar sof ta’limotdan uzoqlashib, turli butlarga sig‘ina boshlaganlar.Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda materialistik yondashuv deb nomlanadi. Maz kur qarashlarning paydo bo‘lishi antik davrga borib taqaladi — ilk bor qadimgi yunon faylasuflari bu haqdagi o‘z qarashlarini bayon etganlar.Teologik yondashuv — dinning paydo bo‘lishi bevosita Xudo bilan bog‘liq, degan ta’limot. XVII asrga kelib Yevropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari — din tanqidchilarining paydo bo‘lishi, XIX asrning ikkinchi yarmida Charlz Darvin tomonidan «Turlarning kelib chiqishi» (1859) nomli asarning chop etilishi ham materialistik qarashlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Avgust Komt va Lyudvig Buxnerlar tomonidan eng cho‘qqiga ko‘tarildi. Unga ko‘ra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, hissiyotlari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan murakkabga, umumiylikdan xususiylikka, ko‘pxudolikdan yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolutsion jarayonni bosib o‘tgan. Mazkur qarash tarafdorlari fikriga ko‘ra, uyqu, tush va nafas olish kabi holatlarda tanani bosh qaruvchi va o‘lim bilan undan ajratib turuvchi, hayot bag‘ishlovchi qandaydir kuch mavjudligiga ishongan ajdodlari miz, mazkur kuch harakat qiluvchi har bir narsa: daryo, quyosh, oy, daraxt kabi mavjudotlarda bor deb tasavvur qilganlar. Natijada inson qo‘rquvi, hurmati, ehtiyoji va zarurati darajasida ularga sig‘ina boshlagan. Materialistik qarash tarafdorlari fikriga ko‘ra, qo‘rquv dinlarning kelib chiqishida asosiy rol o‘ynagan hissiy holatdir. Ingliz faylasufi Xerbert Spenser (1820–1903) ham ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo‘rquv natijasida «ajdodlarga sig‘inish» sabab bo‘lganligini ta’kidlaydi. Spenser ijtimoiy hisob-kitoblarga suyangan holda, hayot qo‘rquvining dinlardagi o‘rniga alohida diqqatni tortadi. Bu qo‘rquvning ajdodlarga nisbatan ibodatning barcha ko‘rinishlari shakllantirganligini va tangrilarning ustun yoki qahramon bo‘lgan ajdodlardan tanlanganligini alohida ko‘rsatadi; har bir dinda ajdodlarga alohida e’tibor qaratilganligiga ishora qiladi.Maks Myuller (1823–1900) fikriga ko‘ra, dinning kelib chiqishi tabiat hodisalarining insonga bergan dahshatiga borib taqaladi va u «naturalizm» deyiladi. Maks Myuller hinduiylik ning muqaddas kitobi Vedalarga suyangan holda, deyarli barcha dinlarda xudo nomlari tabiat hodisalarini bildirishini ta’kidlagan. Mazkur ta’limot tarafdorlari dinlarning yuzaga kelishi va shakllanishi animizm, totemizm, fetishizm va shamanizm kabi bosqichlarda yuzaga kelganini ta’kidlaydilar. Animizm. Qadimgi odamlar atrofdagi dunyoda hayvonlar, o‘simliklar, tabiat hodisalari kabi har narsaning joni, ya’ni ruhi mavjud deb tasavvur qilganlar. Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan afsonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan yer, olov, o‘rmon, suv, tog‘ va uyning odamsimon «ruhlari» ham shundan kelib chiqqan.Jumladan, daraxtga sig‘inish ham animizmning bir turi hisoblanadi. Shu sababli bo‘lsa kerak, «Hayot daraxti» mavzusi O‘zbekiston xalq hunarmandchiligida muhim o‘rin tutadi. Xalqlarda insonning jismoniy o‘limidan so‘ng uning ruhi yashab qolishiga bo‘lgan ishonch va e’tiqod dafn etish bilan bog‘liq qator marosimlar paydo bo‘lishiga olib kelgan.Totemizm.Ibtidoiy jamoalar qavm-qarindoshlik asosiga qurilgan. Odam ijtimoiy munosabatlarning ushbu ko‘rinishini tashqi muhitga – tabiatga ham ko‘chirgan. Urug‘ning jonivorlar va o‘simliklar olami bilan aloqasini ular bilan qondoshlik alomati deb tushunilgan.1938-yili Surxondaryo viloyati Boysuntog‘ tog‘laridagi Teshiktosh g‘oridan topilgan neandertal bola qabri hozirgi O‘zbekiston hududidagi totemizm e’tiqodiga aloqador eng qadimiy yodgorliklardan biridir. Bolani ko‘mishdan avval uning atrofi tog‘ echkisi – arxarning shoxlari bilan o‘ralgan, bu uning totem jonivor bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi taxminni ilgari surish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |