79-modda. Daraxtlar, butalar, boshqa o‘rmon o‘simliklari va nihollarni g‘ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish
Daraxtlar, butalarni, boshqa o‘rmon o‘simliklari va nihollarni g‘ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
24-vaziyat.
Mashinasida shifoxona eshigigacha kelgan Sh. ismli shaxs orqa o‘rindiqda o‘tirgan, boshidan qon sizib chiqayotgan, kiyimlari chang, oyoq-qo‘li shilingan, o‘zi bemajol 10 yoshlardagi bir qizchani dast ko‘tarib oldi-da,yugurganicha qabulxonaga shoshildi. Yoshi qirqlardan oshgan o‘rta bo‘yli vrachning: «Nima bo‘ldi?» — deb bergan savoliga: «Bilmayman, ko‘chadan shu ahvolda topdim», — deb javob berdi. Vrach qizchani ko‘zdan kechirib,hamshiraga uni zudlik bilan rentgen xonasiga olib borishni buyurdi.
O‘zi esa Sh. ismli shaxsdan voqea tafsilotini so‘rab, navbatchilik daftariga qayd etib borarkan: «Hammangiz shunaqa deysiz. Qilg‘ilikni qilgandan keyin javobini ham berish kerak-da, uka! — deb qo‘ydi. — Biz ichki ishlar organlariga xabar beramiz. Mana bu yerga imzo qo‘ying. Mashinangiz va telefoningiz raqamini yozishni unutmang. Hech qayerga ketib qolmang, men qizchadan xabar olaman».
Vrach qizchaning oldidan qaytganida Sh. ismli shaxs allaqachon ketib ulgurgan edi. «Bu bola g‘irt jinoyatchi ekan-ku, qochib ketdi», — degan fikr o‘tdi vrachning ko‘nglidan. Shu payt eshikdan ichki ishlar xodimlari kirib kelishdi. Ular bir odam mashina urib ketgan qizchani bu yerga olib kelganligi haqida xabar berganini aytishdi. Voqea joyidagi video yozuvidan aniqlanishicha, «Lasetti» rusumli oq mashina qizchani urib, voqea joyidan yashiringan. Orqasidan kelayotgan «Matiz» avtomashinasi haydovchisi esa qizchani kasalxonaga olib kelgan. Ichki ishlar xodimlari oq «Lasetti» egasini topishganini ham aytib o‘tishdi. Vrach begunoh yigitni asossiz ayblagani uchun tilini tishlab qoldi.Voqea ishtirokchilariga o‘z munosabatingizni bildiring. Sh. ismli shaxsni jinoyatchi deyish mumkinmi? Yo‘q
Oq rangli «Lasetti» haydovchisini-chi? Jinoyat Kodeksi 266-modda. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish
Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Vrach to‘g‘ri ish qildimi? Йўқ
Bu yerda aybsizlik prezumpsiyasi buzilganmi? Qisman, JPK 23-modda. Aybsizlik prezumpsiyasi
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas.
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |