Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida Kodeks 124-modda. Transportda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish
Transportda belgilangan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish ,fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
18-vaziyat.
Toshkent viloyatida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatga tegishli lak-bo‘yoq mahsulotlarini ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida Kodeks 124-modda. Transportda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish
124-modda. Transportda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish
Transportda belgilangan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish,fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
19-vaziyat.
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro S.T.ning molxonasida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, molxonaning 30 kv. metr hamda qo‘shni xonadonning 90 kv. metr maydonida tom qismlari yonib zararlangan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida Kodeksning quyidagi moddasini asos qilib olamiz 124-modda. Transportda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish
102-modda. Elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish
1000 voltgacha kuchlanishli elektr tarmoqlarini (havo, yer osti va suv osti elektr uzatish, kiritma va taqsimlash qurilmalarini) muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishga, elektr tarmoqlarining shikastlanishiga yoki xalq xo‘jaligiga boshqa xil ziyon yetishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
1000 voltdan ortiq kuchlanishli elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishga, elektr tarmoqlarining shikastlanishiga yoki xalq xo‘jaligiga boshqa xil ziyon yetishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa,
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
20-vaziyat.
Katta tanaffus vaqtida Nodira o‘zining «Adabiyot»darsligi uyda qolib ketganligi sababli dugonasi Gulnoradan darsligini berib turishni so‘radi. Gulnora oshxonaga ketayotganligini aytib, darslikni sumkasidan olishga ruxsat berdi. Nodira dugonasining sumkasidagi chiroyli bezatilgan daftarni ko‘rib qoldi va uni olib o‘qidi. Bu daftar dugonasining yon daftarchasi bo‘lib,unga u o‘zining kechinmalari va she’rlarini yozardi.Gulnora oshxonadan qaytganida, sinfdagi hamma qizlar bir bo‘lib nimanidir o‘qishar, ba’zilari masxaromuz kulishar, boshqalari esa: «Voy, zo‘r she’r yozar ekan»,– deb qo‘yishar edi. Gulnora qizlarga yaqinlashar ekan, ularning qo‘lida o‘zining yon daftarchasini ko‘rdi. Uning yuzlari qizarib, lovullab yona boshladi, yuragi tez-tez urib, oyog‘ida majoli qolmadi. Qo‘li bilan yuzini berkitsa, xuddi hammasi o‘tib ketadigandek, qo‘lini beixtiyor yuziga olib bordi. Gulnora chuqur bir nafas oldi. Oyoqlariga birdan jon bitib, uni Nodira tomonga boshladi. Gulnora dugonasining qo‘lidagi darslikni tortib olar ekan, yuziga tarsaki toritib yubordi-da: «Uyatsiz, men senga ishonibman-a!» – dedi...
Do'stlaringiz bilan baham: |