170-modda. Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish
Aldash yoki ishonchni suiste’mol qilish yo‘li bilan mulkdorga ancha miqdorda zarar yetkazish, basharti, bu qilmishda talon-toroj qilishning alomatlari bo‘lmasa, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) moddiy javobgar shaxs tomonidan;
v) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
7-vaziyat.
Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining kunlik nazorat natijalariga ko‘ra, 2017- yil oktabr oyidan 2018- yil oktabr oyigacha bo‘lgan davrda Toshkent shahrida qonun talablari buzilgan 14 ming 733 holat aniqlangan. 2017- yilda mansabdor shaxslar tomonidan sanoat chiqindilarini tashish masalasida 48 marta,yo‘q qilishda 7 marta qonunbuzarlik holatiga yo‘l qo‘yilgan. Maishiy chiqindilarni tashishda fuqarolar o‘rtasida 90 marta qonunbuzarlik holati vujudga kelgan. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining quyidagi moddasi asos bo‘ladi.
91-modda. Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilar va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish choida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish
Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilar va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish choida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud tabiiy muhitga zarar yetkazgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
8-vaziyat.
Nodir Matnazarov hamda Olim Bozorov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan)Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida joylashgan oshxona atrofida 8 ming AQSH dollarini qonunga xilof ravishda 68.400.000 so‘mga sotayotganida “qopqon”ga tushdi. Xorij valutasi bilan noqonuniy savdo-sotiq qilganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘z- g‘atildi.“Attang, bunday bo‘lishini bilmabman”, deya afsusda ular.Aytish kerakki, huquqbuzurlar daromad olish maqsadida qonun talablarini buzgan. Dollar oldi-sotdisidan pul ishlab olaman deganlarning savdosi “pishmadi”. Oqibati esa xunuk bo‘ldi.Xorij valutasi savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan hujjat rasmiylashtirildi. Ularning ikkalasi ham jazoga tortildi.8 ming AQSH dollari esa davlat hisobiga o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining quyidagi moddasi asos bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |