Oltovlon ola bo‘lsa,
Og‘zidagin oldirar.
To‘rtovlon tugal bo‘lsa,
Tepadagini endirar.
A) do‘stlik, birodarlik B) qadrdonlik, mehr-oqibatlilik C) do‘stlik, birdamlik D) birlik, o‘zaro ittifoq
14. Maqolni davom ettiring. «O‘g‘li borning o‘rni bor, qizi borning...» A) o‘rni bor B) sepi bor
C) izi bor D) qadri bor
15. Maqolni davom ettiring.
«Tikansiz gul bo‘lmas, Mashaqqatsiz – … ».
A) ish B) hunar
C) boylik D) rohat
16. Maqolning tushirib qoldirilgan so‘zlarini toping.
«… – dilning chirog‘i, … – ilm chorbog‘i».
A) Bola, ona B) Bilim, ustoz
C) Ilm, ustoz D) Ilm, maktab
17. Topishmoqlar mumtoz adabiyotda qanday nomlangan? A) jumboq B) tarjeband
C) matal D) chiston
18. Maqolni davom ettiring. «Kishining hurmati ... ». A) mehnati bilan B) qilgan ishi bilan C) hunari bilan D) o‘z qo‘lida
19. Har bir xalqning og‘zaki ijodi o‘sha xalqning fe’l-atvori, ruhiyati, urf-odat va an’analari, orzu-intilishlari, geografik sharoiti va tabiatini aks ettiruvchi o‘ziga xos ko‘zguni aniqlang.
A) musiqa B) haykaltaroshlik
C) xalq og‘zaki ijodi D) maqol va matallar
20. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying. Adabiyotshunoslar fikricha: «… – insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at».
A) maqol va topishmoqlar B) musiqa san’ati
C) xalq og‘zaki ijodi D) she’riyat
21. «Chiston» qanday ma’nolarni anglatadi.
1) topishmoq; 2) jumboq; 3) masal; 4) savol-javob. A) 1, 2 B) 1, 2, 3
C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 4
22. Og‘zaki so‘z san’ati qanday atamalar bilan ifodalanadi?
A) folklor, lirika
B) xalq donoligi, xalq qudrati
C) xalq og‘zaki poetik ijodi, epopeya
D) folklor, xalq og‘zaki poetik ijodi
23. Topishmoq yana qanday nomlar bilan yuritiladi?
1) chiston; 2) topmacha; 3) matal; 4) masal; 5) jumboq. A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4
C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 5
24.
Topishmoq janri haqidagi to‘g‘ri fikrlarni toping.
24.
1) Avvalo, aqlni chiniqtiradigan, ayniqsa, bolalarni yoshlikdan
mantiqiy fikrlashga undaydigan tarbiya vositasi.
2) O‘xshatishlar, taqqoslashlar savollar vositasida ifodalanadi.
3) «Topmacha», «jumboq», «masal» deb ham yuritiladi.
4) Ko‘chma belgilar xayolda mantiqan solishtiriladi.
5) Tasavvurni va tafakkurni o‘stiradi.
6) She’riy shaklda yoziladi.
7) Nasriy shaklda yoziladi.
8) Ko‘ngilochar o‘yin.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8
C) 1, 2, 3, 4, 5, 8 D) 1, 2, 3, 5
25. Chistondagi narsa-hodisalar ko‘chma ma’noda tasvirlanib, qanday shakllarda yoziladi.
1) qit’a; 2) fard; 3) to‘rtlik; 4) ruboiy;
5) g‘azal; 6) bayt; 7) tuyuq; 8) masnaviy.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 4, 5, 6
C) 1, 2, 3, 4, 5, 8 D) 1, 2, 3, 4, 5
26. She’riy topishmoq fors adabiyotida qanday nomlanadi? A) topmacha B) topishmoq
C) chiston D) lug‘z
27. Agar topishmoq ertak ichida kelsa, bunday topishmoqlar qanday ataladi?
A) ertak-topishmoq B) sirli ertak
C) topishmoqli ertak D) topmacha
28. Topishmoqlar qaysi xususiyatiga ko‘ra zamonaviy va an’anaviy topishmoq kabi turlarga bo‘linadi?
A) tuzilishiga ko‘ra B) yaratilishiga ko‘ra
C) shakliga ko‘ra D) zamonaviyligiga ko‘ra
29. Topishmoq qatnashadigan ertaklarning qaysi turida asar voqealari topishmoq asosiga qurilgan bo‘ladi?
A) ertak-topishmoq B) sirli ertak
C) topishmoqli ertak D) topmacha
30. Adabiyotimiz tarixida chiston janrining go‘zal namunalarini qaysi ijodkorlar ijodida uchratishimiz mumkin?
A) Uvaysiy, Lutfiy B) A. Navoiy, Nodira, Lutfiy
C) A. Navoiy, Uvaysiy D) A va C
.
31. Maqolga xos bo‘lgan xususiyatlarni toping.
1) Insonni axloq-odobga o‘rgatadi.
2) Nutqni bezaydi.
3) Topqirlikka, hozirjavoblikka undaydi.
4) Tarbiyaviy suhbatlarda o‘git sifatida keladi.
5) Pand-nasihat sifatida keladi.
6) Mazmun aniq, xulosa tugal, ifoda ravon bo‘ladi. 7) Ibratli fikr aytiladi.
8) Yashirin ma’noni topishga undaydi.
9) Har doim qofiyadosh bo‘lib keladi.
A) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 9 B) 1, 2, 4, 5, 6, 7
C) 1, 2, 4, 5, 8, 9 D) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8
32. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Maqolda ham, topishmoqda ham qofiya unsurlarining mavjud bo‘lishi … .
A) tashqi shaklidagi o‘xshashlik
B) ichki shakldagi o‘xshashlik
C) ma’nodagi o‘xshashlik
D) to‘g‘ri javob yo‘q
33. «Maqol» so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
A) forscha «so‘z» B) arabcha «so‘z» C) arabcha «nasihat» D) forscha «gap»
34. Maqol topishmoq janri bilan qaysi jihatiga ko‘ra o‘xshashlikka ega?
A) xulosa tugal, ifoda ravon bo‘lib kelishiga ko‘ra
B) qofiyaga egaligi bilan
C) ibratli fikr aytilishiga ko‘ra
D) ifoda lo‘nda bo‘lishi bilan
35. Topishmoq va maqol o‘rtasidagi farqni toping?
A) Topishmoqda ibratli fikr aytiladi, maqolda hukm ifodalanadi.
B) Maqolda hukm bo‘ladi, topishmoqda xulosa tugal bo‘ladi.
C) Maqol ibratli fikrni anglatsa, topishmoq yashiringan ma’noni
topishga undaydi.
D) Maqol she’riy, topishmoq nasriy bo‘ladi.
36. «Bilgan o‘zar, bilmagan to‘zar», «Aql – yoshdan, odob – boshdan» maqollaridagi va «Bir parcha patir, olamga tatir» topishmog‘idagi qofiyadosh so‘zlarni toping.
A) «o‘zar» – «to‘zar», «yoshdan» va «boshdan», «parcha» va
«olamga», «patir» va «tatir»
B) «bilgan» – «bilmagan», «yoshdan» va «boshdan»
C) «bilgan» – «bilmagan», «o‘zar» – «to‘zar», «yoshdan» va
«boshdan», «patir» va «tatir»
D) «o‘zar» – «to‘zar», «yoshdan» va «boshdan», «patir» va
«tatir»
37. «O‘zgalar yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda cho‘pon bo‘l» maqolida qofiyaning qaysi turi qo‘llangan?
A) ichki qofiya
B) tashqi qofiya
C) ichki va tashqi qofiya
D) och qofiya
38. Topishmoqlar tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? A) nasriy, she’riy
B) sodda, murakkab
C) bir yoki bir nechta predmetli
D) zamonaviy, an’anaviy
39. «O‘zi bir qarich, soqoli qirq qarich» topishmog‘i topishmoqning tuzilishiga ko‘ra qaysi turiga kiradi?
A) bir predmetli topishmoq
B) bir nechta predmetli topishmoq
C) ko‘p predmetli topishmoq
D) sodda topishmoq
40. «Bir daraxtda o‘n ikki shox, har shoxda o‘ttiz yaproq – bir yog‘i qora, bir yong‘oq» topishmog‘i topishmoqning tuzilishiga ko‘ra qaysi turiga kiradi?
A) bir predmetli topishmoq
B) bir nechta predmetli topishmoq
C) murakkab topishmoq
D) to‘g‘ri javob yo‘q
41. Topishmoqlar qaysi xususiyatiga ko‘ra bir va bir necha predmetli topishmoqlarga bo‘linadi?
A) savoldagi o‘xshatilgan predmedlar soniga ko‘ra
B) ularning javobiga ko‘ra
C) tuzilishiga ko‘ra
D) mazmuniy boyligiga ko‘ra
1. Allohning sevgan bandasining diliga solgan ilohiy so‘zlari nima deyiladi?
A) hadis B) musnad
C) vahiy D) sanad
2. Yosh Buxoriyning onasi tushida qaysi payg‘ambarni ko‘radi va u qanday bashorat beradi?
A) Muhammad s.a.v.ni; duolari sharofatidan o‘g‘lining muhaddis
bo‘lishini
B) Ismoil a.s.ni; duolari sharofatidan o‘g‘liga ko‘rish ne’mati
berilishini
C) Ibrohim a.s.ni; duolari sharofatidan o‘g‘liga ko‘rish ne’mati
berilishini
D) Yusuf a.s.ni; duolari sharofatidan o‘g‘lining muhaddis bo‘lishini
3. Hadislar tuzilishiga ko‘ra necha qismga bo‘linadi?
A) 3 ta: matn, sanad, musnad B) 2 ta: sanad, musnad C) 2 ta: matn, roviy D) 2 ta: sanad, matn
4. Muhaddis kim?
A) «ma’lumot beruvchi», «hadis biluvchi» B) «rivoyat qiluvchi», «hadis aytuvchi»
C) «hadis to‘plovchi», «hadis biluvchi»
D) «hadis biluvchi», «hadis aytuvchi»
5. Namoz jamoa bo‘lib o‘qilganda, oldinda boshlab boruvchi kim? A) mulla B) imom
C) muhaddis D) roviy
6. Hadislarning «sahih» (ishonchli)larini «nosahih» (ishonch- siz)laridan ajratish bilan kimlar shug‘ullanadi?
A) tobeinlar B) roviylar
C) sahobalar D) hadisshunoslar
7. Imom Buxoriy «Al-jome’ as-sahih» kitobi ustida necha yil
ishlagan va qancha hadis ichidan nechta hadisni saralab olgan?
A) 10 yil, 600 ming hadis ichidan 7437 ta hadis saralagan
B) 12 yil, 800 ming hadis ichidan 7437 ta hadis saralagan
C) 14 yil, 800 ming hadis ichidan 7397 ta hadis saralagan
D) 16 yil, 600 ming hadis ichidan 7397 ta hadis saralagan
8. Payg‘ambarimizni ko‘rgan va u kishi bilan suhbatda bo‘lgan izdoshlari kimlar hisoblanadi?
A) muhaddislar B) tobeinlar
C) sahobalar D) roviylar
9. Roviylar ikki xil bo‘lgan:
A) muhaddislar, sahobalar B) sahobalar, tobeinlar
C) muhaddislar, tobeinlar D) tobeinlar, hadisshunoslar
10. Payg‘ambarimiz so‘zlarining qachon, qanday sharoitda, kimlar huzurida aytilganligi hujjati nima deyiladi?
A) matn B) hadis
C) sanad D) musnad
11. Hadis yig‘ish an’anasi qachondan boshlangan? A) islom dini paydo bo‘lgandan
B) payg‘ambarimiz yashagan davrdan
C) sahobalar davridan
D) Imom Buxoriy davridan
12. Payg‘ambarimizni emas, sahobalarni ko‘rib, ulardan eshitgan- larini aytuvchilar kimlar?
A) roviylar B) tobeinlar
C) sahobalar D) muhaddislar
13. Imom Buxoriyning otasi kim?
A) Ahmad al-Buxoriy B) Ibrohim Buxoriy C) Ismoil Buxoriy D) Imom Buxoriy
14. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying.
Do'stlaringiz bilan baham: |