Yana iqtisodiy o’sish va taklif haqida Yangi klassik nazariya makroiqtisodga sezilarli ta’sir ko’rsatdi, lekin o’zining nazariyalari uchun, Keyns makroiqsodiy nazariyasidek ko’p isbot yig’a olmadilar. Statistik ma’lumotlar javob topish uchun yetarli emas edi. Shu nuqtada makroiqtisodchilar iqtisodiy sikl muammolariga e’tibor qaratmay qo’ydilar va o’sish iqtisodiyotiga ko’proq e’tibor qarata boshladilar. Bu davr talabi edi, Amerika iqtisodiyoti 1990 yillar davomida o’sib keldi va xech qanday iqtisodiy siklga duch kelmadi.
Iqtisodiy o’sish tahlili 1950 yillarda Xarrod-Domar modeliga javoban shakllantirlgan Solouning o’sish modelini qayta ko’rib chiqishdan boshlandi. Bu modelga ko’ra, iqtisodiy o’sishga erishish oson emas, agar omad yuz o’girsa, iqtisodiyot depressiyaga tushib qolishi xech gap emas edi. Solou modeli o’zgarmas kapital/ishchi kuchi nisbati farazini olib tashlash orqali bu xulosaga qarshi chiqdi. Bu modelga ko’ra iqtisodiyot har doim muvozanatli iqtisodiy o’sish darajasiga qaytadi. Iqtisodiyot nomuvozanatlikda emas, balki muvozanatda. Solouning iqtisodiy o’sish modeli neoklassik iqtsiodiy o’sish modeli deb ham atalib, butunlay taklifga e’tibor qaratdi. Ishlab chiqarish xajmini belgilashda talabning ta’siri yo’q edi. Yangi klassikchilarga bu yeqar edi va nima uchun davlatlarning o’sish sur’atlari xar xil bo’lishini tushuntirish uchun bu modelni yana rivojlantirdilar.
Makroiqtisodni iqtisodiy o’sishga o’rg’u berishi uning tabiatini ham o’zgartirib yubordi. O’sish modellari taklifga asoslangan modellar edi: ularda talabga o’rin yo’q edi. Shunday qilib o’sish modellari e’tibor qozonib, Keynm modellari e’tibordan chetda qoldi. Bu o’sish modellari o’rtamiyona va keyinchalik ommabop kitoblarga kiritilgan sari, makroiqtisodda Keyns nazariyasining roli tushib bordi, uning o’rniga zamonaviy makroiqtisodiyot fanida pulning miqdoriy nazariyasi va o’sish nazariyalariga ko’proq e’tibor qilina boshlandi. Klassik o’sish nazariyasi keyinchalik iqtisodiy o’sishning endogen nazariyasi bilan to’ldirildi. Iqtisodiy o’sishning endogen nazariyasida texnologik o’zgarish tashqaridan berilgan deb emas, balki endogen, ya’ni modeldan kelib chiqadi deb qabul qilinadi. U fan texnika taraqqiyotiga sarflan-gan investitsiyalarning tabiiy natijasi sifatida qabul qilinadi. Iqtisodiy o’sishning endogen nazariyasida samaradorlikning o’sib borishi me’yoriy unumdorlikning pasayib borishidan tezroq amalga oshadi va buning natijasi o’laroq doimiy iqtisodiy o’sishni va xech qachon turg’unlikka tushmaslikni kuzatishimiz mumkin. Shunday qilib, bu model asosiy makroiqtisodiy oqimni pessimizga emas, yana optimizmga qaytardi.
Iqtisodiy o’sishga e’tibor Keyns makroiqtisodiy nazariyasini chetga surib qo’ydi. Keynscha modellar ishlatilar edi, lekin multiplikator va talab siyosatining ahamiyati tushib borar edi. Inflyatsiyaga qaro’i kurashda monetar siyosat ishlatilar edi, fiskal siyosat esa amaliy jihatdan noqulay edi, amalda siyosat taklif tarafiga beriladigan imtiyozlarga qaratilgan edi.
Ammo Solou iqtisodiy o’sish modelida ham ayrim muammolar mavjud edi: u statistik faktlarga to’liq to’g’ri kelmas edi. Modelga ikki o’zgartirish kiritish orqali bu muammolarni hal qilish mumkin: bu model muvofiqlashtirildi va o’rniga texnologiyaga asoslangan va Smit nazariyasiga borib taqaladigan yangi o’sish nazariyasi yuzaga keldi.