Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet


SHumpeter va uning iqtisodiy o’sish nazariyasi



Download 3,72 Mb.
bet173/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

SHumpeter va uning iqtisodiy o’sish nazariyasi
Shumpeter 30 yoshiga yetmasdan turib, 1912-yil birinchi nashr-dan chiqqan va 1934-yilda ingliz tiliga tarjima qilingan “The Theory of Economic Development” (Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi) kitobida o’zining iqtisodiy o’sish nazariyasiga asos soldi. Ushbu ajoyib tamoyil sirliligicha saqlanib qoldi, chunki u 50 yil mobaynida bozor iqtisodchilari o’rtasida mashhur bo’lib kelgan iqtisodiy model shakllanishi uchun asos bo’lib xizmat qildi. Kinoyali tarzda olib qaralsa, Shumpeter gipotezaning ekonometrik asoslari iqtisodiyotda, shuningdek raqobat muhiti mavjud va unda salbiy natijalarga erishish mumkin bo’lgan sohalarda matematika-ning qo’llanilishi tarafdori bo’lgan.
Shumpeterning iqtisodiy o’sish jarayoni bo’yicha izohlari an’anaviy qoliplarga mos tushmadi, u iqtisodiy o’sishning noiqtisodiy sabablarini keltirib o’tmagan. U ba’zi muhim iqtisodiy omillarni tahlil etishiga qaramasdan, tizimdagi o’tgan iqtisodiy o’sishning asosiy elementlarini hamda kelajakdagi iqtisodiy o’sishga halal beruvchi elementlarini noiqtisodiy elementlar qatoriga kiritdi.
Keling, asarda keltirib o’tilgan iqtisodiy omillarning tahliliga e’tibor qaratib o’taylik. Umuman olganda, u kapitalizm sharoiti ostida iqtisodiy faoliyatdagi o’zgarishlarni aniqlab, tahlil qilishiga qaramasdan, Seyning qonunini qabul qildi. Uning fikriga ko’ra, depressiya o’zini-o’zi tartibga soluvchi jarayon sanalib, to’la bandlik bo’lmagan hollarda tenglik vujudga kelmaydi. Marks depressiyani biror-bir tizimda umumiy yemirilishga olib keluvchi kelishmovchiliklar asosi sifatida qabul qilgan bir sharoitlarda, Shumpeter depressiya jarayonini tizim uchun zararsiz hol sifatida e’tirof etdi; ular iqtisodiy o’sish umumiy jarayonlarining ajralmas qismi ekanligini nazarda tutdi. Iqtisodiy o’sish biror iqtisodiy davrning eng rivojlangan bosqichi sanaladi, chunki ushbu davr iqtisodiyotga kiritilgan yangi mahsulot va texnologiyalardan keladigan pirovard natijalarni o’zida aks ettiradi.
Depressiyaning natijasi boshqariluvchi, samarali faoliyat olib boruvchi korxonalarni chetga surgan holda, iqtisodiyotni larzaga solishda ishtirokchi bo’lib qatnashishi sanaladi, shuningdek ushbu jarayon sog’lom iqtisodiyot, boshqariluvchi, samarali faoliyat yurituvchi korxonalarning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib beradi.
Ammo Shumpeter fikricha, iqtisodiy o’sishning asosiy elementlari noiqtiso-diy omillar sanalib, jamiyatning institutsional tuzilmasida namoyon bo’ladi. Shumpeter tadbirkorlar deb nomlanganlarning ish faoliyatini sanoatlashgan olamda sodir bo’lgan ulkan iqtisodiy o’sish deb baho berib o’tgan. Tadbirkor, Shumpeter fikricha, shunchaki biznesmen yoki ish boshqaruvchi emas, balki u tabiatan tavakkalchilikka qo’l uradigan va iqtisodiyotga innovatsiyaviy mahsu-lotlar va texnologiyalarni olib kiruvchi noyob shaxs sanaladi.
Shumpeter ixtiro va innovatsiya tushunchalariga aniq izohlar berib o’tadi. Faqatgina kam shaxslar guruhgina, ya’ni uzoqni ko’ra biluvchi innovatsiyaviy biznesmenlar yangi ixtironing potensialiga ega bo’la oladilar hamda uni o’zlarining shaxsiy manfaatlari yo’lida foydalanadilar. Ammo ularning manfaatlari iqtisodiyot uchun ham naf sanaladi. Tadbirkor tomonidan muvaf-faqiyatli innovatsiyaning kiritilishi natijasida boshqa bir qancha biznesmenlar da’vo bilan chiqishadi hamda yangi mahsulot va texnologiyalarning iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha yoyilishini aytib o’tishadi. Iqtisodiyotda iqtisodiy o’sishning haqiqiy manbai innovatsiyaviy tadbirkorlarning faoliyatida aks ettirilib, riskka moyil bo’lmagan tadbirkorlar jamiyati faoliyatida namoyon bo’lmaydi.
Shuning uchun, iqtisodiy o’sish tadbirkorlar faoliyatini qo’llab-quvvat-lovchi va rag’batlantiruvchi institutsional xususiyat orqali shakllanadi; xususiy mulkchilik hamda davlatning aralashmaslik siyosati ustun bo’lgan mamlakat-larda ilk kapitalizm ildizlari iqtisodiy o’sishga ideal tarzda mos keladi. Bu qanchalik davlatning aralashmaslik siyosati va shunga moyil bo’lgan hukumat-ning muhimliligini o’zida aks ettrmasin, Shumpeter tahlilining mazkur qismi iqtisodiy o’sishning klasssik nazariyasi bilan nazariy va ideologik bog’liqlikda o’rganiladi; ammo klasssik nazariya kapital jamg’armasi hajmining iqtisodiy omillarini ifodalagan bir sharoitlarda, Shumpeter iqtisodiyotda tadbirkorlar o’rnini tahlil etishda noiqtisodiy, madaniy va sotsiologik omillarni keltirib o’tadi. Mazkur iqtisodiy qarashlar va bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi klassik iqtisodiyot nuqtai nazari bo’yicha qarashlar Shumpeter fikrlari bo’yicha quyidagicha ko’rsatib o’tilgan:
Bir tizimda paydo bo’layotgan o’zgarishlarni boshqa bir tizimda amalga oshirilgan qator o’zgarishlar orqali amalga oshirib bo’lmaydi. Imkon boricha ko’p pochta xodimlarini jalb qilingki, temir yo’l xizmatiga xojat qolmasin81.
Hozirgi kunga qadar, ko’pchilik kitoblardagi iqtisodiy g’oyalar Shumpeter kuzatuvlari kelajakdagi iqtisodiy o’sish va kapitalizmning shakllanishi haqida borganligini tasdiqlaydi. Marks kapitalizmning batamom yemirilishi qarama qarshiliklar kelib chiqishi natijasida sodir bo’lganligini taxmin qilgan bir davrda, Shumpeter uning tugashini muvaffaqiyat mahsuli sifatida faraz qilgan.
U bezori tadbirkorlarning jasoratli amallariga asoslangan iqtisodiy o’sishning romantik qarashlariga ega bo’lgan ideologik konservativ iqtisodchi edi. U ushbu jarayonning davomiyligini ko’rishni niyat qildi, shunga qaramas-dan, tadbirkorning kapitalizm sharoitlarida bankrot bo’lishini hamda jamiyatda intellektual qatlamning yuqori darajadagi o’rnining paydo bo’lishini kutdi. Muvaffaqiyatli tadbirkor sanoat sohasida riskdan qochuvchi, kam samara bilan ishlayotgan korxonalar o’rtasidagi raqobat orqali g’olib chiqqan katta korxonalar rivojlanishini qo’llab-quvvatlaydi. Ammo katta firma tezda riskdan qochishga moyil hamda ehtiyotkor bo’ladi va u innovatsiyaviy tadbirkorlar tomonidan emas, balki byurokratik tashkilot tomonidan boshqariladi. Shundan so’ng byurokratik katta firma tadbirkorlarni sekin-asta yo’q qila boshlaydi va ularning o’rniga “mulohazali” ish yurituvchilarni qo’yadi. Yolanma ish yurituvchilar tadbirkorlarni ishga yollagan paytda, katta korxonalarga egalik qilish befarq egalik qilish hisoblanadi. Sotsializmning haqiqiy izdoshlari, -deydi Shumpeter Vanderbilt, unga da’vat etuvchi intellektual shaxs yoki targ’ibot-chilar emas, Karnegi va Rokfellarlar esa bundan mustasno”82
Shumpeter gigant firmalar bir qancha kichik, o’z egalari tomonidan boshqariluvchi firmalarni yo’q qilib yuborsa, kapitalizmni siyosiy qo’llab-quvvatlashning kattagina qismi olib tashlanishiga ishondi. Shumpeterning xulosasiga ko’ra, kapitalizmning muvaffaqiyatli tomoni xususiy mulkchilikning eski tamoyillarini bartaraf etishda va u uchun kurashishning foydasizligida edi. Tadbirkor ishidan ketgan taqdirda yollanma ish yurituvchi va aksiyadorlar xususiy mulkchilik tamoyilini himoya qila olmay qolishadi. Ularning munosa-bati ishchi kuchi sinfi va jamiyat o’rtasida keng yoyiladi. “Oxir-oqibat bunga chidab tura oluvchi hech kim qolmaydi-nafaqat uchastka ichida, balki undan tashqarida ham.”83 Bundan tashqari, kapitalizmning yana bir muvaffaqiyatli tomoni kapitalist tomonidan topilgan boylik hamda daromaddagi o’zgarishlar “aytilgan so’z qudrati bilan qurollangan” va “amaldagi hodisalar uchun bilvosita javobgarlikka” ega bo’lgan jamiyatda intellektual guruhlarning ko’payishiga imkon yaratganligi sababli ham jarayonni tezlashtirar edi.”84 Ba’zi hollarda ular hukumat byurokratiyasining bir qismi sanaladi, ammo eng muhim tomoni shundaki, hattoki ommaviy kommunikatsiyaning yuqori darajalarda rivojlanishi orqali ular jamiyatni kapitalizm institutlaridan g’azablanganlar hamda norozilar sinflariga ajratishadi.
Shumpeter sekin-astalik bilan, ammo ishonchli tarzda yaqinlashayotgan sevimli tizimning barbod bo’lishini oldindan ko’ra bildi. Tadbirkorning yo’q bo’lib ketishi hamda davlat aralashmaslik siyosatining tugallanishi natijasida hukumat iqtisodiyotga yana va yana aralashishidan voqif bo’lgan edi. Keynsga o’xshagan ba’zi bir iqtisodchilar mazkur ichki ishlarga aralashish siyosatini kapitsalizmni saqlab qolishning yo’li sifatida ko’rishdi, ammo Shumpeter buni kapitalizmning batamom yakunlanish alomati deb bildi. “Mulkchilik alomatlarining yo’qolishi” va tadbirkorlikning tugallanishi natijasida Shumpeter oldingi iqtisodiy o’sish uchun zamin yaratgan iqtisodiyotdagi dinamik element g’oyib bo’lishini bashorat qildi.
Shumpeter ba’zi tahsinlarga sazovor bo’ldi, lekin asosiy bozor iqtisodchilaridan bunday e’tirofga ega bo’la olmadi.
Uning norasmiy tabiati standartlashayotgan rasmiy yo’nalish modeliga mos tushmas edi. Bu faqatgina makroiqtisodiyotning asosiy qismini tashkil etgan hamda iqtisodiy o’sishga alohida e’tibor qargan, shuningdek iqtisodiy o’sishning rasmiy modelini yaratib bergan 1950 yillarda R.Xarrod, e.Domar, R.Solov va T.Svan asarlarida o’z aksini topdi. Ushbu rasmiy iqtisodiy o’sish modellariga qiziqish 1930-yillardagi sodir bo’lgan depressiya hodisasi tufayli ahamiyatsiz bo’lib qoldi va shundan kelib chiqib, iqtisodiy davr nazariyalariga alohida e’tibor qaratildi.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish