Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet


Iqtisodiy o’sish to’g’risidagi dastlabki nazariyalar



Download 3,72 Mb.
bet172/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

16.1.Iqtisodiy o’sish to’g’risidagi dastlabki nazariyalar
Makroiqtisodiyotga berilgan e’tibor va taqsimot masalalari 19-asrning 1-choragida olib borilgan Rikardoning ta’limotlaridan tortib to 1930-yillarigacha, ya’ni sanoatlashgan dunyoni larzaga solgan Buyuk depressiya sharoitlarigacha o’z ustunligiga ega bo’lib keldi.
Josef Shumpeter iqtisodiy ta’limotlar tarixi bo’yicha o’zining mashhur kitobida iqtisodiy o’sishga oid g’oyalar berganida iqtisodiy o’sishga doir fikr bildiruvchi iqtisodchilarning ikki turi mavjudligini aytib o’tadi: optimistlar hamda pessimistlar. U bozor iqtisodiyoti iqtisodchilari Maltus, Rikardo va Jeyms Mill singari kuchli pessimist guruhlari o’rtasiga tushib qolishini nazarda tutadi. Shu kabi bozor iqtisodiyoti olimlari hattoki ijara haqi oshayotganda ham, tushum miqdorining kamaytirilishini va iqtisodiyot gullab yashnayotgan statsionar holat tomon borishini yoqlashadi. Shuningdek, ular iqtisodiyot o’tgan davrlarga qaraganda yuqori sur’atlarda o’sayotgan sharoitlarda ham ushbu fikrlarda turib olishadi. Shumpeter ta’kidlab o’tganidek, “Texnologik yaxshilanish va kapital darajasidagi o’sish kabi jarayonlar oxir-oqibat tushumlar miqdoridagi kamayishlarni aks ettiruvchi adolatli qonun ustidan murosaga kelishini ta’kidlab o’tadilar”80
Asosiy bozor iqtisodiyoti olimlari ichida bunga istesno tariqasida J.S.Mill maydonga chiqdi, u Maltus va Rikardo qarashlarida aks etgan iqtisodiy o’sish va texnologik jarayonlar haqida ko’proq fikr bildirib o’tdi hamda davomiy iqtisodiy o’sish nazariyasi to’g’risida o’zining optimistik fikrlarini keltirdi. Ammo Mill qarashlarini yaqindan o’rganish shuni nazarda tutadiki, u texnologiya va kapitalning davomiy sur’atlarda rivojlanishi to’g’risida, ya’ni har qanday jamiyatlar o’zining tug’ilish darajalarini cheklab borishini hamda shundan kelib chiqqan holda marjinal daromadlar miqdorini muqarrar tarzda kamayib borishining sekinlashishi kerakligini asoslab bera olmagan.
Umrining oxirlariga kelib, Mill pessimistik g’oya vakiliga aylandi. U statsionar holat yaqin kelganligiga ishonch hosil qilgandek bo’lib ko’rindi. Ammo ushbu holat yetarlicha yomon natijaga yetaklaganli-gini ko’ra olmadi. U statsionar holatni ijtimoiy tenglik hamda o’rtacha rivojlanish darajasiga ega bo’lgan qulay holat sifatida qarab o’tdi. Bu kabi holatni keltirib o’tishi aniq bir hol edi, chunki u daromadlar taqsimlanishi ijtimoiy hamda iqtisodiy kuchlar tomonidan aniqlanishi shartligini ifodalab o’tgan edi.
Bu Genri Kerri (1793-1879) va Fridrix List singari noortodoks iqtisodchilarining optimistik qarashlarini qo’llab-quvvatlashga bo’lgan nazari-yalariga teskari holat edi. 12-bobda ta’kidlab o’tilganidek, iqtisodchi List o’z nazariyasi orqali empirik kuzatuv va tarixiylik metodini qo’llagan nemis tarixiy maktabi namoyondalaridan biri edi. Iqtisodiyot o’zining o’tgan davriga qaraganda yuqori sur’atlarda rivojlanayotganligini seza olganligi sababli ham, iqtisodiy o’sish cheksiz tarzda davom etib borishiga ishonch hosil qilish unga hech qanday qiyinchilik tug’dirmagan. Karri yuqoridagi nazariyani rad etgan hamda tarixiylik va empirik kuzatuv metodlarini yoqlab chiqqan Amerika iqtisodchisi sanaladi.
Optimist iqtisodchilar List va Barey savdo tarifflarini joriy etilishi kerakligini bildirishganlarida pessimist iqtisodchi Rikardo tomonidan erkin savdoni qo’llab quvvatlanishi qiziq bir holat edi. Bu farq esa nazariyaning mazmunidan yiroqligini va farazdan foydala-nish zarurligini nazarda tutdi. Rikardoning nazariy asoslangan “qiyosiy ustunlik modeli” erkin savdo siyosatining ustunlik tomon-larini aks ettirdi. Ammo modelning statik ko’rinishi savdo tushum-lariga erishilgan bir paytda, iqtisodiy o’sish to’xtab qolishi mumkin-ligini ifodalar edi. List va Kerri nazariyaga kamroq, lekin kuzatish va tarixiylik metodlariga ko’proq e’tibor qaratdilar. Iqtisodiyotning bevo-sita kuzatuvlari texnologiyaning muhimliligini va uzluksiz iqtisodiy o’sish ehtimoli bo’lishliligini aniqlab berdi. Mazkur texnologiyalarni tariflar orqali tartibga solish muhim ekanligi taklif etildi. Smitning savdo mehnat taqsimotini yo’lga qo’yish orqali texnologiyalarni takomillashtirishi, shuningdek hamma uchun foydali bo’la olishliligi to’g’risidagi qarashlari ustida bahs olib borish ancha qiyin masala hisoblanadi; ushbu qarash modellarda e’tirof etilishi qiyin bo’lgan iqtisodiyotning dinamik ko’rinishidan kelib chiqadi. Ushbu davrning bozor iqtisodchilari List va Kerrining fikrlariga qarshi hujum qilishdi hamda iqtisodchilar nazariy xatolarga yo’l qo’yganliklarini ko’rsatib o’tishdi. Ammo bozor iqtisodchilari List va Kerri qarashlarining asl mohiyatini, ya’ni kamayib boruvchi marjinal daromadlar texnologik jarayonlar orqali butunlay ustunlikka ega bo’lishligini tushuna olish-madi. Zamonaviy iqtisodiyot namoyondalari ham iqtisodiy o’sishni o’zida ifodalagan Marksning qarashlariga ko’z yumib o’tib ketishdi.
Yangi klassik iqtisodiyot shakllanib borishi natijasida iqtisodiy o’sishga qaratilgan e’tibordan chetlanishlar tezlasha bordi. Alfred Marshalldan istesno tariqasida, yangi klassik iqtisodchilari Millning iqtisodiy o’sish qarashlarini e’tirof etdilar hamda statik tenglik tushunchasiga alohida e’tibor qaratib o’tdilar. Mill va Marshall fikrlariga ko’ra, texnologik jarayonlar takomillashuvi iqtisodiy o’sish holatini vaqtinchalik keltirib chiqarishi, ammo qishloq xo’jaligi va xomashyo materiallari misolida olib qaralganda, kamayib boruvchi daromadlar qonuni oxir-oqibat ustun kelishi aks ettirilgan.
Iqtisodchilar 20-asrning birinchi yarmigacha iqtisodiy o’sish bo’yicha masalalarga e’tibor qaratishmadi. Jozef Shumpeter bunga eng muhim istesno tarzida hech qanday maktab iqtisodchisi sanalmaydi.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish