Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet



Download 3,72 Mb.
bet163/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

Rikardo, Smit va savdo asoslari
Biz qiyosiy ustunlik nazariyasi ichki yoki xalqaro savdoning rivojlanishida va bozor iqtisodiyotini taraqqiy etishiga kuchli turtki bo’lganligini, bunday tashkiliy tarkib ostida kishilar o’zlarining shaxsiy manfaatlarini ko’zlab ixtiyoriy, o’zaromanfaatli ayirboshlashda qatnashishlarini va bu butun jamiyatga naf keltirishini ko’rdik. Boshqa tomondan, qiyosiy ustunlik nazariyasining vujudga kelishi iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishiga va shunday qilib bizning iqtisodiyotni tushunishimizga ko’roq to’siq bo’ldi. Chunki Rikardoning qiyosiy ustunlik nazariyasi kishilarning va mamlakatlarning nisbiy unumdorligi aniq va o’zgarmaydi degan tahminga asoslanadi. Iqtisodchilar bunday belgilangan ma’lumotlarni “tashqi”, “ekzogen” deb atashadi va bu bilan ularning qiymati aniq model tarkibidan tashqarida ekanligini ko’rsatishadi. Qiyosiy ustunlik nazariyasi savdodan olish mumkin bo’lgan afzalliklarni ko’rsatadi.
Biz Adam Smitning ochiq va erkin savdoning foydaliligi to’g’risidagi argumentlarini tadqiq qilganimizda uning mutloq ustunlik nazariyasi asosida vaqt o’tishi bilan mehnat taqsimoti unumdorlikni oshishiga olib keladi degan g’oyasini topdik, bunda statik (o’zgarmas) emas, balki dinamik (o’zgaruvchan) ssenariy yotibdi. Smitning tushunchalarini qo’llaydigan bo’lsak, ya’ni ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti yuqori unumdorlikka olib keladi, bugun ikki mamlakat qiyosiy ustunlikni ko’rsatmayapti, lekin ishlab chiqarishning aniq jarayonlariga ixtisoslashuv orqali ma’lum vaqtdan keyin qiyosiy ustunlikni rivojlantirishlari mumkin. Masalan, 5.6 jadvalda Angliyada ham, Portugaliyada ham qiyosiy ustunlik yo’q, ya’ni savdo uchun hech qanday asos mavjud emas. Agar Portugaliya vino ishlab chiqarishga ixtisoslasha boshlasa va bundan ko’payotgan foydani yig’sa, bu xolda uning o’rtacha xarajatlari ishlab chiqarish hajmining oshishi bilan kamayadi va Portugaliyaning muqobil xarajatlari Angliyanikidan farq qila boshlaydi, shunday qilib savdo uchun asos vujudga keladi.
Shunday qilib, Angliyada 1800-yillarda rivojlangan, savdo ekzogen o’zgaruvchi bilan aniqlanadi deb taxmin qilgan qiyosiy ustunlik nazariyasi Adam Smitning qimmatli tadqiqotini oxirigacha ishlanmay qolganligiga olib keldi. Faqat XX asrning ikkinchi yarmida iqtisodchilar savdo nazariyalarini ishlab chiqa boshladilar, bunda o’sib boruvchi daromadlikning endogen aniqlovchilari paydo bo’la boshladi.
Smit va Rikardoning savdo asoslarini tushinishlaridagi tafovutlar ularning uslubiy yondoshuvidagi farqlar bilan izohlanadi. Kirish qismida biz pozitiv, normativ iqtisodiy nazariya va iqtisodiyot san’ati o’rtasidagi farqlarni ko’rsatib bergan edik. 4-bobda Adam Smit iborali, so’z orqali tahlilning ustasi ekanligi va shu asosda u iqtisodiy siyosat bo’yicha takliflarni ishlab chiqgani ta’kidlab o’tilgan. Rikardo esa Smitga qaraganda abstrakt uslubiyoti bilan iqtisodiyot nazariyasining san’atini juda yaxshi egallagan. Rikardo Britaniya qishloq xo’jaligini himoya qilayotgan iqtisodiy siyosatning oqibatlaridan xavotirda edi. Qiymatning mehnat nazariyasidan va boshqa ahamiyatli qarashlaridan foydalanib u Britaniya qishloq xo’jaligini himoya qiluvchi don to’g’risidagi qonunlar foydani kamayishiga, kapital jamg’arilish va iqtisodiy o’sish sur’atlari pasayishiga olib keladi degan xulosaga keldi. Rikardoni fikri bo’yicha, erkin savdoni o’zi yaxshi siyosat. Uning qiyosiy ustunlik modeli abstrakt edi va matn bilan to’liq asoslanmagan edi. U model bo’yicha erkin ixtiyoriy ayirboshlashlar davlatning iqtisodiy xissasini kengaytiradi deb xulosaga kelish mumkin. Smit va Rikardo keltirgan misollardan ko’rinib turganiday iqtisodiy siyosat san’ati turli uslubiy ko’nikmaga ega bo’lgan iqtisodchilar tomonidan o’zlashtirilishi mumkin79.



Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish