Birinchi fazada – yangi mahsulotni ishlab chiqarishga joriy etishda – yutuq eng avvalo fan-texnika darajasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun yuqori malakali mehnat asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchi o’rinda boshqaruv mehnati turadi, uning asosiy vazifasi tovarlarni keng miqyosda ishlab chiqarishga o’tishning eng qulay yo’lini qidirib to’ish hisoblanadi, mazkur bosqichda ishlab chiqarish kichik ko’lamda olib borilishi tufayli ka’ital oxirgi o’rinda qoladi. “Mahsulotning hayotiy tsikli” nazariyasiga ko’ra, yangi mahsulotni ishlab chiqarishga joriy etish eng kuchli ilmiy kadrlar va yuqori malakali ishchi kuchi to’’langan rivojlangan mamlakatlarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |