Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet



Download 3,72 Mb.
bet149/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

14.2. Neoliberalizm kontseptsiyasi
Liberalizmning asosiy belgilari erkin raqobat davridagi tovarli iqtisodiyotning o’ziga xosligini aks ettirgan. Liberalizm, iqtisodiy siyosat sifatida, erkin tadbirkorlik tizimini xo’jalikni tashkil etishning ancha qulay shakli deb qaragan. Erkin bozor mexanizmi iqtisodiy resurslarni optimal taqsimlash va foydalanishni ta’minlaydigan yagona tartiblovchi mexanizm hisoblangan, davlat esa, ba’zi bir ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi kuch sifatida amal qilgan (A.Smit bo’yicha “tungi qaraul”).
XX asrning 30-yillarining o’rtalariga kelib keyinschilikning rivojlanishi bilan iqtisodiy nazariyada va amaliyotda liberal yo’nalish inqirozi namoyon bo’la boshladi. Uning natijasida: bir guruh iqtisodchilar o’zlarining qarashlaridan voz kechgan holda keynschilikka qo’shilib ketdi va bu yangi ta’limotni ancha to’g’ri deb hisobladi; ikkinchi guruh iqtisodchilar bozor munosabatlarida davlatning xarakteri, o’rni va roli to’g’risidagi o’zlarining ko’z qarashlarini himoya qildi va ularni qayta o’zgartirgan holda neoliberalizm guruhini tashkil etdi. Keyinchalik iqtisodiy fanda neoliberal kontseptsiyasining asosiy tamoyillari ishlab chiqildi va ularning amaliyotda amal qilishi ko’rsatib berildi, neoliberalizm oqimi va maktabi shakllantirildi, shuningdek, mazkur kontseptsiyaning mohiyati va mazmuni to’g’risida bir butun tushunchalar yaratildi.
Neoliberalizm: xususiyati va asosiy belgilari. Neoliberalizm, bozor munosabatlari tizimi xo’jalik yuritishning ancha samarali shakli ekanligi, u iqtisodiy rivojlanish va o’sish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berishi to’g’risidagi qoidaga asoslanadi. Neoliberallar iqtisodiyotni erkinlashtirish, bahoning erkin shakllanish tamoyillaridan, iqtisodiyotda xususiy mulkning va nodavlat xo’jalik tuzilmalarining etakchilik rolidan foydalanish tarafdori hisoblanadi. Bunda ular davlatning iqtisodiyotni tartiblashdagi rolini futbolni boshqarib boradigan, lekin o’yinda ishtirok etishga haqqi bo’lmagan hakamga o’xshatadi.
Iqtisodiyotni davlat tartiblashining neoliberal kontseptsiyasi vakillari L.Erxardning – “mumkin bo’lgan barcha joyda – raqobat, qaerda zarur bo’lsa o’sha erda - tartiblash” qoidasiga amal qilgan holda, iqtisodiy jarayonlarda davlat ishtirokini kamaytirish va iqtisodiyotdagi nomuvozanatlikni bartaraf etishning sharti sifatida tadbirkorlarning erkin va barqaror amal qilishga ko’maklash zarurligini isbotlab berdi.
Neoliberalizmning asosiy belgilari:
– bozor mexanizmi va erkin raqobat ustunligini e’tirof etgach, neoliberallar raqobat muhitini shakllantirish va unga amal qilishni nazorat qilish bo’yicha davlatning iqtisodiyotga aralashuvini mumkin deb hisoblaydi;
– zamonaviy iqtisodiyotning samaradorligini ta’minlashda iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining erkin amal qilishini qo’llab-quvvatlaydi;
– monopoliyani milliy xo’jalikning har tomonlama rivojlanish yo’lidagi to’siq deb e’lon qiladi va iqtisodiyotdagi monopol moyillik bilan kurashning zarurligini asoslab beradi;
– o’zini keynschilikka va xo’jalik hayotiga faol aralashuv tamoyiliga asoslangan totalitarizmga qarshi raqib deb hisoblaydi.
XX asrning 30-yillaridayoq erkin raqobat tizimini cheklovchi iqtisodiyotni
davlat tartiblashining keynschilik g’oyalariga qarshi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvining muqobil neoliberal chora-tadbirlari turli mamlakatlarda ishlab chiqarila boshladi. Hozirgi zamon sharoitida “neoliberallar” nomi bilan ataluvchi bir qancha maktablar amal qiladi. Unga Chikago (M.Fridman), London (F.Xayek), Frayburg (V.Oyken, L.Erxard) maktablarini kiritish mumkin.
Ordoliberalizm” nima? Ikkinchi Jahon urushidan keyin neoliberalizm g’oyalari, eng avvalo G’arbiy Germaniya amaliyotida muvaffaqiyatli qo’llanila boshladi. Bu erda 1948 yildan neoliberalizm Bonning rasmiy doktrinasiga aylandi. O’sha yili V.Oykenning muharrirligi ostida xo’jalik va ijtimoiy tuzum to’g’risidagi neoliberallarning yillik jurnalining birinchi soni “Ordo” nomi bilan chop etildi. V.Oyken ishlatgan “Ordo” so’zi “Tabiiy tuzum ... erkin bozor xo’jaligi” tushunchasini bildiradi. Germaniyada neoliberalizm doktrinasi “Oyken maktabi” ta’sirida hatto “ordoliberalizm” deb atala boshladi.\
Ordoliberal kontseptsiyasi asosida “ijtimoiy bozor xo’jaligi” kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Uni ishlab chiqqan iqtisodchi professorlar Alfred Myuller-Armak, Aleksandr Ryustov, Vilgelm Repke va Lyudvig Erxardlar hisoblanadi.



Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish