Дарс режасини ўқувчилар учун беришдан мақсад нимада?



Download 14,9 Kb.
Sana30.01.2021
Hajmi14,9 Kb.
#57870
TuriКонспект
Bog'liq
Дарс конспектини тузиш.(1-u)


5 амал.топ.

Нима учун ўқитиш мақсади ҳар бир дарс учун аниқланади, лекин тарбиявий ва ривожлантирувчи мақсадлар бутун мавзу учун аниқланса бўлади?

Дарс режасини ўқувчилар учун беришдан мақсад нимада?

Дарс конспекти қандай талабларга жавоб бериш керак?

Дарс таҳлилида нималарга эътибор бериш керак?

Javoblar:

1. Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga kimyo predmeti, uning qamrab olgan sohalari moddaning bir - biridan farqi, kimyo fani nimani o`rganishi, uning vazifalari, ahamiyati va boshqalar haqida ma`lumot berish. O`quvchilar tabiatshunoslik, biologiya, fizika va boshqa fanlarni o`rganish jarayonida egallagan zahira bilimlarini eslash, yangi - yangi mavzu mazmunini o`rganishda qo`llashga doir suhbat uyushtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarda shu fanni o`rganishga moyillik hosil qilish, moddalarni bir - biridan farqlash, ajrata olish, malakalarni hosil qilish, kimyoviy reaktiv va moddalar bilan ishlashda ehtiyot choralari va moddalarni avaylab asrash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishini shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilar ilgari egallagan bilimlarini sistemalash, mavzuni boyitish rivojlantirish moddiy borliq haqida bir moddani boshqa moddaga aylantirish mumkinligi haqida aniq tasavvurlar orqali dialektik materialistik dunyoqarashni shakllantirish. Darslarni asosiy ta`lim mazmuni va maqsadlariga ko`ra tiplarga ajratiladi. Chunki har bir darsning asosiy maqsadi ta`lim mazmunidan kelib chiqadi. Darsning maqsadi ta`lim mazmunini o`quvchiga berish bilan birga shu mazmun asosida uni shaxsini tarbiyalash hamda kamol toptirishdan iborat.Shuning uchun ham darsning o'qitish maqsadi har bir dars uchun alohida,tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari esa butun mavzu uchun aniqlanadi.

Masalan, Ko’nikma malakalarni o’zlashtirish darslari tipiga misol.

№1 dars №3 amaliy mashg`ulot. Kislorodning olinishi va xossalari.

Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilar kislorodning kimyoviy xossalarini olinishiga doir bilimlarini takrorlaydilar va mustahakamlaydilar. Kislorodni olinishiga va uning xossalari bilan tanishishda zarur bo`ladigan kimyoviy priborlar, reaktivlar bilan muomila qilish jarayonida ularni ishlata bilish ko`nikma va malakalarini o`zlashtirib oladi hamda takomillashtiradiKatalizator tushunchasi mohiyatini o`rganadi.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Asbob va reaktivlar bilan ishlashda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish kabi xislatlarni shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi. Kislorod haqida olingan nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish o`zi sinab ko`rish orqali bilim, ko`nikma, malakalarni rivojlantirish va takomillashtirish.

2. "Kimyo" fani bo’yicha darslarni rejalashtirish uchun dastlabki hujjatlar bu :

- O’quv jarayonida kimyo darsnining o’rni.

- Uning mazmunini aniqlovchi, kursning rasmiy dasturi

- Tematik reja, odatda xalq ta’limi vazirligini instruktiv hujjati yoki o’qituvchi uchun metodik qo’llanmalari.O’quv yili boshlanguncha o’qituvchi dasturni o’rganib chiqadi, maktab darsligi mazmunini tahlil qiladi, o’qituvchi va o’quvchi uchun alohida adabiyotlar ro’yxatini tuzadi.O’quv yili boshlanguncha kimyo xonasining jixozlari, ularning ishlashi ,

pedagogik dasturiy ta’minot (PDT) mavjudligi tekshiriladi.

O’quv rejasi va dasturiga muvofiq darslar bo’yicha o’quv materialini taxminiy bo’lishini o’z ichiga olgan yoki yarim yillik rejalashtirish amalga oshiriladi.O’qituvchi darsga tayyorlanishinig asosiysi tematik rejalashtirishdir. Tematik rejalashtirish har bir aniq darsni berilgan mavzu bo’yicha darslarning umumiy zanjirida muhim bug’inday ko’rib chiqishga imkon beradi. Bu shubhasiz, har bir darsni ahamiyatini oshiradi, o’qish sifatini butunlay yaxshilaydi. kimyo darslarini kimyo xonasida o’tkazishga tayyorlanish va rejalashtirishning ajratib turuvchi xusisiyatlari, dars negizida qo’shilishi kerak bo’lgan pedagogik vositalarnig bo’laklarining barcha, aspektlarni yaxshilab ko’rib chiqish zarur.

3. Darsni o`tkazishdan oldin o`qituvchi o`sha darsning konspektini tuzadi. Dars konspektini tuzishdan oldin o`qituvchi darsning kimyoviy mazmunini o`zi tahlil qilib chiqadi. Shu tahlil jarayonida ta`limiy va didaktik maqsadlarni aniqlab oladi. Tahlil davomida shu mavzuning oldingi mavzu bilan bog`liqlik tomonlariga tayangan holda keyingi mavzuga zamin yaratishi kabilarni albatta hisobga oladi. Bu hol predmetning ichki o`zaro aloqadorligini ta`minlaydi. Dars konspekti tuzishda albatta dars mazmuni o`rganib tahlil qilib chiqilgan shu asosda dars tipi, maqsadi, metodlari yangi mavzuni tushuntirish rejasi, mustahkamlash, uy ishini tekshirish (so’rash) hamda uyga topshiriq berish kabilar albatta hisobga olinadi. Dars mazmuni asosida uning tipini, maqsadini aniqlab, belgilab olish o`qituvchidan katta mahoratni talab qiladi.

4. O`qituvchining darsni o`quvchilar bilan birga mustahkamlashi umumlashmirish va xulosalar chiqara bilishi, dars tiplari, metodlaridan foydalanish o`rni va darajasiga e`tibor beriladi. Darsning to`g’ri tashkil etilganligi uning mazmunini o`quvchi o`zlashtirib olganlik darajasi bilan belgilanadi. Demak, dars jarayonida va tahlilida hech bir narsani ikkinchi darajaga qo`ymasligini anglab yetish kerak.Tahlilda o`quvchi va o`qituvchi faoliyatiga ular munosabati, diologiga yoki qayta aloqaga e`tibor berish lozim.O`quvchilarning darsdagi faoliyati tavsiflanayotganda quyidagilarga e`tibor

qaratish lozim: darsda intizom, o`quvchilarning faoliyat turi (jamoa bo`lib, yakka

tartibdagi ishlari, faolligi, diqqati, qiziqishi va h.k.).O`qituvchining o`quvchilar bilimini mustahkamlash etapida: uni o`z o`rnida tashkil etish, (dars tiplari asosida) mustahkamlash turi (savollar asosida, mashq, topshiriq bajarish orqali, kimyo eksperiment o`tkazish yo`li bilan darslik ustida ishlash, darslikdagi savol - topshiriqlarga javob yozish). O`qituvchining vaqtdan unumli foydalanishga alohida e`tibor beriladi.Darsning eng muhim bo`laklaridan qismlaridan biri uyga topshiriq berish

va uni izohlashdir. O`quvchi nima ish qilib kelishni aniq bilishi va tasavvur eta

olishi lozim. Uning hajmiga e`tibor berish qiyinchiliklar o`quvchini o`qishdan



zeriktirib hafsalasini sundirmasin. O`qituvchining nutq madaniyatiga alohida

e`tibor berish kerak, ketma – ketlik ko`proq o`quvchini gapirtirish va boshqalar.
Download 14,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish