Dars rejasini qanday tuzish kerak



Download 59,76 Kb.
bet1/13
Sana30.03.2022
Hajmi59,76 Kb.
#518174
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
dars konspekti


Reja:
Kirish

  1. "Dars rejasini qanday tuzish kerak"

  2. Dars - ta'lim jarayonining asosiy tarkibiy qismi.

  3. Muvofiq dars tuzilisini (o'quv mavzusini) tuzish fgos oo talablari.

  4. Darsning maqsadi dastur materialining mazmuni

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
 Aksariyat o‘qituvchilar konspektga qisqa, lo‘nda va kerakli ma’lumotlarni kiritishini ta’kidlagan. Internet tarmog‘idan sotib olinayotgan dars ishlanmalari, ularning sifati haqida ham e’tirozli fikrlar bildirilgan. Xullas, bahs-munozara davom etmoqda. Toki konspektni qanday yozish kerakligi haqida bir qarorga kelinmas ekan, ta’limda ziddiyatlar, kelishmovchiliklar kuchayib boraveradi. Bu haqda 25 yillik tajriba va kuzatuvlarimga asoslanib fikr-mulohazalarimni bildirmoqchiman.
Konspekt nima o‘zi? Bu savolga barcha bir xil javob beradi: “O‘tiladigan dars xaritasini oldindan belgilash, chora-tadbirlar ko‘rish”. “Mabodo xaritaning ko‘rsatmasi bexosdan buzilib, dars jara­yonida qo‘shimcha loyihadan foydalanilsa, dars izdan chiqadimi?” degan savol haqida ham o‘ylab ko‘rish lozim. Konspektni o‘tiladigan mavzuni qay tartib­da tushuntirish, o‘quvchiga oson usulda yet­kazish yo‘llarini ko‘rsatuvchi qaydnoma deb hisoblayman. “Dars — muqaddas” tavsiyasida konspekt yozishning 5 ta qismi keltirilgan: tashkiliy qism, o‘tilgan mavzuni so‘rash, yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va uyga vazifa. Kim qan­day tushunadi, bilmadim-u, yuqoridagi ko‘rsatmalar o‘qituvchinining konspekt yozishi uchun tavsiya, deyilgan. Hamma konspektlar aynan shunday tartibda bo‘lishi shart emas, degani bu. Ming afsuski, necha yildan beri konspektlar shu qolipda yozilmoqda. Tekshiruvchi kelganda ham shu jihatlarga zimdan ko‘z yugurtiradi, bu qismlar bor-yo‘qligini aniqlaydi.
Keling, endi e’tiboringizni dars turlari­ga qaratsak: yangi mavzuni tushuntirish, takrorlash, mustahkamlash, ekskursiya-sayohati, sinov darslari, nazorat ishi va hokazo. Demak, bunday bir-biridan farq qiluvchi darslarning konspekti ham turlicha yozilishi kerak. Yangi mavzuni tushuntirish darsida o‘tilgan mavzuni so‘rash shart emas. Chunki ya­ngi mavzu — o‘quvchiga tanish bo‘lmagan tushuncha, bilim. Uni tushuntirishning qulay, oson, ko‘rgazmali usulini o‘ylab topib, konspektga qayd qilish lozim. Lekin ko‘p muallimlar mavzuning o‘zini kitobdan ko‘chirib oladi. Yangi mavzularni tushuntirish ko‘proq vaqt talab qiladi. Imkon qadar yangi mavzuni mahorat bilan o‘quv­chiga yetkazmoq lozim. Dars ko‘proq amaliyot bilan bog‘lab olib borilsa, o‘quv­chi topshiriqni doskaga chiqib bajarsa, tez tushunadi. Konspektda bularning barchasini yoritish ko‘p vaqt talab etadi.
Konspektga olti turdagi kompetensiyalarni kiritish haqida ham yangi loyi­ha ishlab chiqildi. Aslida kompetensiya deganda darsning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlari tushuniladi. Uchta maqsadni yozib, uning ostida yana qo‘shimcha kompetensiyalarni keltirishning keragi yo‘q.
Yaqinda 1-sinf matematika darsida 10 sonini hosil qilish bo‘yicha yangi mavzuni o‘quvchilarga tushuntirdim. Bolalar o‘rganilgan sonlardan 10 hosil qildi. Bir qancha didaktik mashqlar bajarildi, O‘tilgan mavzu ham mustahkamlash jarayonida(9 sonini hosil qilish) aniqlab olindi. Konspektga qayd qilinmagan bir didaktik o‘yin esimga tushib, zudlik bilan shu mashg‘ulotni tashkillashtirdim. Loqayd o‘quvchilarimga o‘yin qoidasi juda yoqdi. O‘quv qurollaridan kerak­li vosita sifatida foydalandik. Bolalar darsda ancha faollashib, yangi bilimlarni o‘zlashtirishga harakat qildi. O‘qituvchiga ham o‘quvchining o‘rganib olgan bili­mi ke­rak. Konspektni to‘ldirib yozsa-da, amaliy hech qanday natijaga ega bo‘lmasa, bunday yozuvning kimga keragi bor?! Ayniqsa, sotib olinayotgan “tayyornoma­lar”ni tasdiqlashdan oldin pedagogning bir ko‘z yugurtirib olganiga kim kafolat beradi? Tekshiruvchi konspektning, darsning taqdiri bilan qiziqsa (u xoh kompyu­terda yozilgan bo‘lsin, xoh qo‘lyozma, xoh kengaytirilgan bo‘lsin, xoh qisqa), o‘qituvchiga haqqoniy baho qo‘ymoqchi bo‘lsa, shunday savollar bilan murojaat qilsin: “Yangi mavzuni yoritishda qaysi metoddan ko‘proq foydalandingiz?”, “Qaysi biri ma’qul bo‘ldi?”, “Qaysi didaktik o‘yin bolaga kuchli ta’sir etmadi?”, “Qaysi usuldan o‘quvchi umuman zerikmadi?”, “Bo‘sh o‘zlashtiruvchilar bilan qanday mashg‘ulot o‘tkazdingiz?”, “Mustahkamlash, takrorlash darslarida qaysi ta’lim nashridan foydalanishga, qanday qo‘shimcha adabiyotlarga muhtojsiz?”, “45 daqiqalik darsda oldingizga qo‘ygan maqsadga erishdingizmi? Nimalarga ulgurmadingiz?”. Bu savollar ro‘yxatini yanada kengaytirish lozim.



Download 59,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish