Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1-topshiriq. Berilgan gaplardagi fe'llarni toping va ularni tarkibiy qismlarga ajrating.
1. Halima juda ozoda kiyinadi. 2. Sobir masalani yechishga qiynaldi.
2-topshiriq. Yuqoridagi fe'llarning qo'shimcha qismi qanday ma'no ifodalayotganini aniqlang.
BILIB OLING. Bajaruvchining o'zi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe'l shakli o'zlik nisbati deyiladi. O'zlik nisbati shakli fe'l asosiga -(i)n, -(i)l qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil bo'ladi.
103-mashq. Fe'llarning qaysi nisbatda ekanligini ayting. Ular ishtirokida gap tuzing va ma'nosini tushuntiring.
Taradi — tarandi, yuvdi — yuvindi, maqtadi — maqtandi.
ESDA SAQLANG. Unli bilan tugagan fe'l asosiga o'zlik nisbatining -n yoki -l, undosh bilan tugagan fe'l asosiga esa -in yoki -il qo'shimchalari qo'shiladi.
104-mashq. Matnni o'qing. Fe'llarni ajratib, nisbatini aniqlang va yasalishini tushuntiring.
O'zbekiston xalq shoiri Habibiy domla aruzni chuqur o'rganib va unda ijod qilib, mumtoz adabiyotimiz an'analarini baholi qudrat davom ettirgan. Shu boisdan u o'ttizinchi yillarning boshida adabiyotdan chetlatilgan, uning uchun nashriyot eshiklari yopib qo'yilgan. O'sha kezlari domla tirikchilik vajidan Andijonning chekka bir qishlog'idagi magazinda ishlashga majbur bo'lgan. («Vatan tuyg'usi»)
105-mashq. Berilgan qo'shimchalardan nisbat qo'shimchalarini ajrating. Ularni fe'l asoslariga qo'shib, gaplar tuzing.
-gach, -t, -uv, -ir, -n, -guncha, -la, -in, -il, -tir, -giz, -l, -gan, -chi, -li, -iz.
106-mashq. Nuqtalar o'rniga qavs ichidagi qo'shimchalardan mosini qo'yib, gaplarni ko'chiring.
1. Ilm zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o'tkir qiladi, savobni gunohdan, halolni haromdan, pokni nopokdan ajra... (-t, -l, -sh)ib beradi. (A. Avloniy) 2. Ammo kampirning dodiga odam tez to'pla... (-l, -n, -t )di. (Abdulla Qahhor) 3. Uning og'ilga kirib qilgan taftishi Qobil boboga bir umid bag'ishlagan edi, bu so'zdan haddan ziyoda sev... (-il, -in, -dir)di. (Abdulla Qahhor) 4. Nurga to'ldi dara, to'ldi soy, Nur yog'... (-in, -l, -il)di qorong'i jarga. (Hamid Olimjon) 6. Yaltiraydi, doim tovla... (-t, -n, -l)ar, Oy nuriga cho'miluvchi tosh. (Hamid Olimjon)
1. O'zlik nisbati shakli qanday ma'noni bildiradi?
2. O'zlik nisbati qo'shimchalarini ayting va ularni fe'l asosiga qo'shing.
3. Hosil bo'lgan fe'llar ishtirokida gaplar tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |