Dars uslubi: zamonaviy.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatmali materiallar.
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy qism. (2daqiqa).
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan salomlashishi, o‘quv xonasining tozaligini, o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini (o‘quv qurollari, tashqi ko‘rinishi) ko‘zdan kechirish, davomatni tekshirish.
II.O‘tilgan mavzularni so‘rash. (3 daqiqa) 0’tilgan darslar yuzasidan o‘quvchilar bilimini savol-javob asosida aniqlash, uy vazifasini so‘rash. “Ikki o‘rtoq”matnini so‘zlash,savollar tuzish.
III.Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa).
1.Nutqiy mavzu:”O‘zbek tili xonasida” matni orqali o‘quvchilar yangi mavzu bilan tanishadilar va quyidagi savollarga javob beradilar:1.Maktabingizda o‘zbek tili xonasi bormi? 2.U nechanchi qavatda joylashgan?3.Sinfingizda qanday jihozlar bor?
2.Grammatik mavzu:Qaratqich kelishigi,odatda,egalik qo‘shimchalari bilan birga qo‘llanadi.Bunda so‘z o‘zagiga avval egalik,keyin kelishik qo‘shimchasi qo‘shiladi.M:so‘z+im+ning boshi,til+imiz+ning boyligi,xona+si+ning to‘ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |