Darsning borishi
Tashkiliy qism:
Dars o’quvchilarni salomlashishi bilan boshlanadi.
-O’zbek xalqiga odat
Avvalo bermoq salom
Shuning uchun chindildan
Deymiz sizga “Assalom”
-Qani ayting bolalar
Bugun o’zi qaysi kun?
Bolalar:
Bugun payshanba, haftaning 4- kuni.
Bugungi sana 4 – fevral.
Hozir qaysi fasl ?
Shuning uchun to’nim oq
To’nimni qoqsam obdan
Oppoq bo’lar hamma yoq.
O’tgan darsni takrorlash:
a)- O’tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash maqsadida Aqliy hujum o’tkazamiz.
Men savollar beraman, siz esa to’g’ri javobingiz bilan hujumni qaytarishingiz kerak bo’ladi.
1. Sifat deb nimaga aytiladi?
2. Sifat qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
3. Son deb nimaga aytiladi?
4. Son qanday so’roqlarga javob beradi?
5. Olmosh deb nimaga aytiladi?
6. Kishilik olmoshlarini ayting.
b) Klaster.
SIFAT SON
QANDAY? NECHTA?
Shirin uchta
Qizil to’rtta
Sersuv o’nta
Dumaloq… o’n beshta…
III . Yangi mavzu :
O’tgan darsda sizlar bilan” Kishilik olmoshlari”ni o’tgan edik. Bugun shu mavzuni takrorlab, bilimimizni sinab ko’ramiz.
d) -Plakat bilan ishlash;
Birlik Ko’plik
I - shaxs Men Biz
II - shaxs Sen Siz
III- shaxs U Ular
e) Darslik bilan ishlash;185-mashq, 87-bet.
Chiziqlar o’rniga kishilik olmoshlaridan mosini qoyib, gaplarni ko’chiring.
1.Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston.
2.Vatanim taqdiri - mening taqdirim.
3.O’zbekistonning kelajagi bizning qo’limizda.
4.Ey, ozod o’lkaning ozod farzandi, bilib
qo’yki, seni Vatan kutadi.
5.Ular hech qachon yurtiga xiyonat qilmaydi.
Dam olish daqiqasi:
Maqollarning davomini toping.
Bilimdan ortiq boylik yo’q.
O’z uyingni o’zing asra.
Vatani borning baxti bor.
Bulbul chamanni sevar, odam Vatanni.
Bugungi ishni ertaga qo’yma.
Sog’ yuray desang, ozoda bo’l!
Sog’liging – boyliging.
Sog’ tanda - sog’ aql.
Y. Yakka tartibda ishlash.
Xasanov Rustam, G’ofurov Suhrob bilan
bo’g’inlar yordamida so’zlar tuzish.
Sak-kiz-ta, ki-tob, cha-van-doz, us-toz.
Y. Mustahkamlash:
Kesma kartochkalar yordamida
gaplar tuzib, daftarga yozish.
Bizning hovlimiz katta va chiroyli.
Siz ham to’garakga borasizmi?
Ular ham basketbolga qatnaydilar.
Men futbolchi bo’lmoqchiman.
Sen har kuni badantarbiya qilasanmi?
U hursand bo’ldi.
Test savollari.
YI. 1.“ Kim” so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar
qatorini toping.
Olma, parta, ishchi.
Maktab, aka, sinf.
Ota, ona, duradgor.
2.Qaysi gap to’g’ri tuzilgan?
Biz kecha musobaqaga bordik.
Biz bordik kecha musobaqaga.
Biz musobaqaga bordik kecha.
3.Quyidagi gapda tushib qoldirilgan narsa va shaxs tartibini bildirgan so’z qaysi javobda to’g’ri berilgan?
Men … sinfda o’qiyman.
Chiroyli
Yettinchi
Katta.
4. Qaysi javobdagi so’z bo’g’inga to’g’ri ajratilgan?
Ba-ho-dir
Ravsh-an
Zi-yod-a
YII. Dars yakuni va uyga vazifa.
O’quvchilar baholanib, rag’batlantiriladi. 186-mashq, kishilik olmoshlari ishtirokida gap tuzish.
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy : Mavzu bo’yicha o’quvchilarga keng ko’lamli ma’lumot berish. So’z turkumlari haqidagi bilimlarini mashqlar bajarish jarayonida mustahkamlab borishga erishish.
2.Tarbiyaviy: Nutqimizdagi mavjud so’zlardan
Unumli va to’g’ri foydalanish orqali yosh qalb-larga ona tilimizni qadrlash ruhini singdirish.
3.Korreksion: Darslik bilan mustaqil ishlashga ,mustaqil fikrlashga o’rgatish; o’z fikrini erkin bayon qila olish, chiroyli yozish ko’nikma, malakalarini rivojlantirish.
Dars jihozi: Turli xil ko’rgazmalar, tarqatma materiallar, testlar, plakat, AKT, darslik, klaster.
“ Tasdiqlayman”
25-ICHBUI maktab rahbari O’TIBRO’
M.B.Kurvanbekova _______ NizamovaR.R.____
Toshkent shahar
Yakkasaroy tumani 25-ICHBUI maktab
O’qituvchisi Mirzayeva Gulchehraning
7-“A” sinfida Ona tili fanidan
“Kishilik olmoshlari” mavzusidagi
OCHIQ DARS ISHLANMASI
Toshkent 2020-21 o’quv yili
Do'stlaringiz bilan baham: |