DARS ISHLANMA Dars sanasi: 02.12.2021
Dars mavzusi: Ekinlarni dalada joylashtirish va tup qalinligini o’rganish
Dars maqsadi: I.Ta’limiy: Talabalarga ekinlarni dalada joylashtirish vat up qalinligi haqida ma’lumot berish.
II.Tarbiyaviy: III.Rivojlantiruvchi: Dars turi:Nazariy
Dars jihozi:darslik, tarqatma materiallar, doska, slayd.
Darsning texnologik xaritasi
Dars bosqichlari
80 daqiqa darsga mo’ljalangan
1. Tashkiliy qism(salomlashish,guruhlarni tanishtirish, davomat aniqlash
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Qishloq xo‘jaligida ekinlardan yuqori hosil yetishtirishda eng avvalo barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarishdan tashqari ekinlarning dalada joylashtirish sxemasiga muvofiq ularning me’yoriy tub qalinligiga erishishni ta’minlash lozim. Talabalarga 1 ga yerdagi madaniy ekin ko‘chatlari sonini me’yoriy qalinligini aniqlashni o‘rgatish, hamda ko‘chat qalinligini doimo me’yor jihatdan dalada joylashtirish sxemasiga muvofiq to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish.
Amaliy mashg‘ulotni bajarish tartibi: talabalar tomonidan turli sxemalarda ekilgan g‘o‘za o‘simligining ko‘chat qalinligini aniqlash uchun chigit ekish sxemalari beriladi. Talabalar quyidagi ikki usul bilan ko‘chat qalinligini aniqlaydi.
Talabalar tomonidan ikki usul bo‘yicha topshiriqlar bajariladi.
-Bitta o‘simlikning oziqlanish maydonini aniqlash orqali;
-Egatlar sonini aniqlash orqali.
Topshiriq: Qishloq ho’jalik ekinlarini dalada joylashtirishga, me’yordagi ko’chat qalinligiga erishish uchun qanday chora va tadbirrlar qo’llaniladi, uning iqtisodiy jihatlarini tahlil qiling. Nazariy ko‘chat qalinligi deb har gektar maydonda mo‘ljallangan muayyan sxema bo‘yicha joylashtirilishi kerak bo‘lgan o‘simlik soniga aytiladi.
Haqiqiy ko‘chat qalinligi esa vegetatsiya davrida har gektar paxta maydonida haqiqatda mavjud bo‘lgan o‘simlik soni tushuniladi.
Haqiqiy ko‘chat qalinligi esa vegetatsiya davri oxirida, ya’ni terim oldidan bo‘lgan soni hisoblanadi va juda muhim hisoblanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. O‘simliklarni dalada joylashtirishning ahamiyati?