8-sinflar uchun kimyo fanidan dars ishlanma
Mavzu: Galogenlarning davriy jadvaldagi o`rni. Atom tuzilishi.
III chorak
-
Dars maqsadi:
-
Ta’limiy maqsad:
O`quvchilarga galogenlarning kimyoviy elementlar davriy jadvalida joylashgan o`rni va atom tuzilishi haqida bilim, ko`nikma va malakalar berish. Galogen birikmalari, masalan (osh tuzi) turmushda, (yo`dning spitli eritmasi) tibbiyotda, zargarlikda “Zar suvi” sifatida ishlatishlari haqida ma’lumot berish.
2. Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarni kasbga yo’naltirish, kimyo faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada
mustahkamlash.
3. Rivojlantiruvchi maqsad:
Galogenlarning davriy jadvaldagi o`rni, atom tuzilishi, tabiatda tarqalishi, olinishi, xossalarini ifodalab berish. O’quvchilarni mustaqil fikrlash o’z fikrini erkin bayon qila olish qobiliyatini shakllantirish , laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarini mustaqil bajarish malaka va ko’nikmalarini rivojlantirish.
4. Hayotiy ko`nikmalar hosil qilish:
Hayotimizda osh tuzidan va yoddan qanday foydalanish ko`nikmalarini hosil qilish.
-
Dars turi: Noan’aviy, an’anaviy yangi pedagogik texnologiyalar asosida.
-
Dars uslubi: Aqliy hujum, bahs munozara, laboratoriya mashg`uloti, “FSMU”, “ Aql charxi” metodi.
-
Dars jihozlari: Davriy jadval, proeksion ko`rgazmali metodik qo`llanma, kodoskop, ekran, ko’rsatish uchun tayoqcha, galogenlarning namunalari, darslik, 25-jadval, 5-labaratoriya ishi.
Asbob va reaktivlar: probirkalar, quruq yoqilg`i (urotropin), xlorli suv, kaliy bromid tuzi eritmasi, kaliy yodid tuzi eritmasi, tagi yumaloq kolba, kimyoviy katta stakan, yod kristallari, kumush nitrat tuzi eritmasi, natriy xlorid tuzi eritmasi.
-
Fanlararo bog`lanish:
-
tibbiyot;
-
biologiya;
-
matematika;
-
tarix.
DARSNING BORISHI:
-
Darsni tashkil etish:
1. Salomlashish va o`quvchilar davomadini aniqlash.
2. O`quvchilarning yangi darsning mavzusi va shiori bilan tanishtirish.
IX. Darsning shiori: Bilimdonlik, hamkorlik, zukkolik, tezkorlik, topqirlik.
X. O`tilgan mavzuni so`rab baholash:
a) savol-javob
b) aqliy hujum
d) reaksiya tenglamalarini yozish.
“Aqliy hujum”:
-
Metallmaslar davriy jadvalda qayerda joylashgan?
-
Davriy jadvaldagi metallmaslarni sanab chiqing?
-
Umumiy nechta metallmas bor?
-
Metallmaslarning nechtasi S element, nechtasi P elementlardir?
-
Metallmaslar nechta guruhga bo`linadi?
-
Metallmaslarning agregat holatlari qanday?
a) gaz b) suyuq d) qattiq-kristall;
7. Tabiatda qaysi metallmaslar erkin holatda uchraydi?
8. Inert gazlarning atomlari boshqa metallmas atomlaridan nimasi bilan farq qiladi?
9. Galogenlarning ma’nosi nima?
10. Galogenlarga qaysi element kiradi?
Aqliy hujumdagi 10-savoldan keyin yangi mavzu bayon qilinadi.
Yangi mavzuning bayoni:
Yer qobig'ida ko'p tarqalgan galogenlarga nimalar kiradi?
Fanga "galogen" tushunchasini 1811- yilda nemis kimyogari I. Shveyger kiritgan bo'lib, "tuz" va "hosil qiluvchi" degan ma'nolarni bildiradi.
"Galogenlar" atamasi ftor, xlor, brom, yod va astat uchun umumiy nom bo'lib qolgan. Galogenlarning barchasi metallmaslar bo'lib, kimyoviy elementlar davriv sistemasining VII guruhi bosh guruhchasida joylashgan.
Galogenlarning tashqi energetik pog'onasida 7 tadan elektron bor. Demak, tugallangan energetik pog'onaga o'tishi uchun 1 ta elektron yetishmaydi. Shu sababli galogenlar vodorod hamda metallardan I ta elektron olib -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
NaF -1, НСI-1 KBr -1 CaJ2 -1,
Ftor eng kuchli elektromanfiy element bo’lganligi uchun u barcha birikmalarda -1
oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Xlor, brom va yod esa kislorodli birikmalarida +1 dan +7 gacha bo'lgan oksidlanish darajalarini ham namoyon etadi.
Galogenlarning atom tuzilishi:
+9 F Is 2 2s 2 2p 5 yoki [He] 2s 2 2p 5
+17 CI Is2 2s 2 2p6 3s2 3p5 3d0 yoki [Ne] 3s2 3p5 3d0
+35 Br Is2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s2 4p5 4d° yoki [Ar] 3d10 4s2 4p5 4d0
+55J Is2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s2 4p 6 4d10 5s2 5p5 5d° yoki [Kr] 4d10 5s 2 5p5 5d0
Tabiatda tarqalishi. Galogenlar tipik metallmaslar, kuchli oksidlovchilar bo'lganligi sababli tabiatda erkin holda uchramaydi. Asosan tabiatda kimyoviy birikmalar tarzida uchraydi
Galogenlarning tabiatda uchrashi
Kimyoviy element
|
Yer qobig’idagi miqdori
|
Tabiiy birikmalari
|
Ftor
|
0,027%
|
Plavik shpati — CaF2, apatit, fosforitlar
|
Xlor
|
0,045%
|
Xlorid lar: KC1, NaCI
|
Brom
|
0,00016%
|
Bromidlar: NaBr, KBr, MgBr2
|
Yod
|
0,00003%
|
Yodidlar: NaJ, KJ
|
Olinishi. Agar yuqoridagi jadvalga jiddiy e'tibor bersangiz, galogenlar tabiiy birikma- larida asosan manfiy bir (-1) oksidlanish darajasida bo'ladi. Demak, galogenlarni tabiiy birikmalardan erkin holda ajratib olishi uchun galogenik ionlarini oksidlash kerak bo'ladi.
-
Ftorid ionidan ftor olish uchun faqat elektroliz jarayonidan foydalaniladi.
-
Xloridlardan xlorni olish uchun xlorid ioni tutuvchi eritmalarni elektroliz qilib yoki kuchli oksidlovchilar ta'sir ettirib olish mumkin:
2К Mn+7 04 + lONaCl-1 + 8H2S04 = K2S04 + 5Na2S04 + 2Mn+2 S04 + 5C12° + 8H20
-
Bromidlardan bromni olish uchun bromid ionlari tutgan eritmalarni elektroliz qilib yoki kuchli oksidlovchi ta'sir ettirib olish mumkin. Bundan tashqari bromidlarning eritmalariga xlor ta'sir ettirib ham bromni olish mumkin. Chunki xlor bromga nisbatan kuchli oksidlovchidir:
2K Br-1 + Cl°2 = 2КСI -1 + Br°2
-
Yod olish uchun yodidlarning eritmalari elektroliz qilinadi yoki kuchli oksidlovchilar ta'sir ettiriladi. Shuningdek, uni xlor, brom ta'sir ettirib ham olish mumkin.
2KJ + CL2 = 2KC1 + J2 2KJ + Br2 = 2KBr + J2
Fizik xossalari: Galogenlarning ayrim xossalari bilan “Kimyoviy elementlarning tabiiy oilalari” mavzusida tanishganmiz.
Galogenlarning nisbiy atom massalari ortgan sari fizik xossalari ma'lum qonuniyat bilan o'zgaradi. Oddiy sharoitdagi agregat holati va rangi quyuqlashib boradi. Ftor och-yashil rangli gaz, xlor sarg'ish-yashil rangli og'ir gaz, brom qizg'ish-qo'ng'ir rangli suyuqlik, yod esa to'q-kulrang kristall moddadir. Shu tartibda qaynash harorati va zichlik ortib boradi.
Galogenlarning suvda eruvchanligi nisbatan ancha каm. Masalan, 1 hajm suvda odatdagi sharoitda 2,5 hajm xlor eriydi, yodning eruvchanligi 0,02 ga teng (100 g suvda 0,02 g yod eriydi). Organik erituvchilarda galogenlar yaxshi eriydi (organik erituvchilar — benzin, kerosin, atseton, turli xildagi spirtlar, benzol va h.k.).
Yod sublimatlanish xossasiga ega, ya'ni u qizdirilsa bunafsha rangli gaz holatiga o`tadi.
Qattiq moddalarning suyuq holatga o'tmasdan gaz holatga, gaz holatdan yana suyuqlanmasdan qattiq holatga o'tishi hodisasi sublimatlanish deyiladi.
Kimyoviy xossalari. Ftordan yodga tomon (F2, Cl2, Br2, J, qatori) galogenlarning atom radiusi ortib boradi. Bu ftorning valent elektronlari yadroga yaqin, yodda esa uzoq, ya'ni yadroga bo'shroq tortilib turadi. F2° - CL2 0 - Br2 0 – J2 0 qatorda:
- oksidlovchilik xossasi kamayib boradi;
- kimyoviy faolligi kamayib boradi;
- qaytaruvchilik xossasi ortib boradi.
F - - CI - - Br- - J- qatorda esa kimyoviy faolligi ortib boradi. Bu ionlarda tashqi energetik qavat sakkizta elektron bilan to'lgan, ular elektron qabul qila olmaydi, aksincha elektron berib oksidlanadi.
Ftor galogenlar ichida eng faol elementdir. Hatto kislorod ham ftor ta'sirida oksidlanadi. Suv esa alangalanib yonadi:
2Н2 O-2 + 2F 20 = 4 HF-1 + O20
-
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi “Aql charxi” usulida savol-javob o`tkaziladi.
-
Galogen so`zining ma’nosi nima?
-
Ftor so`zining ma’nosi nima?
-
Eng aktiv galogen qaysi?
-
Galogenlarda allotropiya hodisasi kuzatiladimi?
-
Yodning biologik ahamiyati nimalardan iborat?
-
Eritmadagi brom ioni qanday reaktiv yordamida aniqlanadi?
-
Eng passiv galogen qaysi?
-
Galogenlar tabiatda qanday tarqalgan?
-
Sublimatsiya nima?
-
Xlor ioni qanday aniqlanadi?
-
Galogenlarga qaysi elementlar kiradi?
-
Brom so`zining ma’nosi nima?
-
Nima uchun gipoxloridlar oqartirish xususiyatiga ega?
-
Galogenlar kimyoviy jihatdan metallmi yoki metallmasmi?
-
Xlorid kislotasida vodorod va xlor qanday bog` bilan bog`langan?
-
Yod tuzlari qaysi maqsadda ishlatiladi?
Sinf guruhchalarga bo`linadi:
1-guruhcha: Ftor – F
2-guruhcha: Xlor – Cl
3-guruhcha: Brom – Br
Guruhlar o`z nomlariga monand galogenlarning atom tuzilishini doskada yozadilar:
-
+9 F
-
+17 Cl
-
+35 Br
Tabiatda tarqalishi: Slayd shou asosida multimediya ekranida namoyish qilinadi.
Darslik bilan ishlash: Darslikdagi 25-jadval asosida.
Olinishi: Doskaga galogenlarning olinishi bo`yicha oksidlanish-qaytarilish kimyoviy reaksiya tenglamasi yoziladi.
1-guruhcha: Ftor – F: Oksidlanish darajalarini qo`yadi.
2-guruhcha: Xlor – Cl: Elektron balansini tuzadi.
3-guruhcha: Brom – Br: Reaksiya tenglamasini tenglashtiradi.
Fizikaviy xossalari: galogenlarning fizikaviy xossalari og`zaki usulda davriy sistema va doska yordamida tushuntiriladi.
Laboratoriya ishi: Yodning sublimatlanishiga oid tajriba mo`rili shkaf ostida ko`rsatiladi.
Kimyoviy xossalari: 3 guruh o`z nomiga mos bo`lgan “romashka”larni to`ldiradi.
Ftor – sariq.
H2 + F2 =
Na + F2 =
Mg + F2 =
H2O + F2 =
O 2 + F2 =
|
Xlor – och yashil.
Na + Cl2=
Mg + Cl2 =
Ca + Cl2 =
H2 + Cl2 =
O2 + Cl2 =
|
Brom – to`q qizil.
H2 + Br2 =
H2O + Br2 =
Mg + Br2 =
Na+ Br2 =
Ca + Br2 =
|
Laboratoriya ishi: O`quvchilar galogen ionlarining kimyoviy xossasiga doir 6 tadan xususiy-sifat tajribalarini o`tkazadilar. Bundan 3 tasi kumush nitrat va 3 tasi qo’rg’oshin atsetat reagentlari ishtirokida o’tkaziladi. Tajriba so`ngida xulosalar e’lon qilinadi.
Test. O`quvchilarga o`ntadan test topshiriqlari beriladi. Baholangan o`quvchilarning baholari – ballari e’lon qilinadi.
Uyga vazifa: 34-“Galogenlarning davriy sistemasidagi o`rni. Atom tuzilishi” mavzusini o`qib, tayyorlash. 126-betdagi 5 ta savolga javob yozish va topshirig`ini bajarish. Galogenlar mavzusi bo`yicha mustaqil 5 tadan test topshiriqlarini tuzish.
Toshkent shahar Hamza tumani
230-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabning kimyo fani o`qituvchisi: Usmanov Baxtiyor Xabibillayevichning 8-sinflar uchun: “Galogenlarning davriy sistemadagi o’rni. Atom tuzilishi” mavzusidagi bir soatlik ochiq dars ishlanamasi
TOSHKENT-2012
Ҳамза туман халқ таълими муассасалари фаолиятини методик таъминлаш ва ташкил этиш бўлими
Дарс - муқаддас!
Илғор педагогик тажрибаларни оммалаштириш - таълим сифатини ошириш омили
Тошкент шаҳар Ҳамза тумани 230-сонли умумий ўрта таълим мактабининг кимё фани ўқитувчиси Усманов Бахтиёр Хабибуллаевичнинг
Т1-
'Талогенларнинг даврий системадаги ўрни. Атом тузилиши" мавзусидаги дарс ишланмаси.
Do'stlaringiz bilan baham: |