Dars jarayonida individual yondashuv uchun nazariy va amaliy muvozanatni saqlayman, yani, o'quvchilar nazariy bilim olishda qiyinchilikka duch kelsa amaliy usulni yordamga chaqiraman



Download 15,38 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi15,38 Kb.
#686456
Bog'liq
ustoz 2021 insho ma\'lumotlari


https://youtu.be/vQ9EnHb0Oyk

Dars jarayonida individual yondashuv uchun nazariy va amaliy muvozanatni saqlayman, yani, o'quvchilar nazariy bilim olishda qiyinchilikka duch kelsa amaliy usulni yordamga chaqiraman. Ayniqsa, bilimli va tez o'zlashtiruvchi o'quvchilarni past o'zlashtiruvchi o'quvchilarga ularning psixologiyasini o'rgangan holda "trener" tarzida biriktiraman. Shu kabi katta va kichik guruhlar tuzib bir nechta darslar davomida shu guruh tarkibini saqlab turaman va guruhlarda bilimi va fikrlashi bilan ajrab chiqqan past o'zlashtiruvchi o'quvchini aniqlab boraman. Bunda o'quvchi tushintira olish va guruhda ishlash ko'nikmasiga ega bo'ladi. Bunda bilimli va tez o'zlashtiruvchi o'quvchilar jamoalarini tezroq tayyorlashda yanada ko'proq o'qiydi va birlashadi.


Har bir sinf uchun tashkil etilgan ijtimoiy tarmoqdagi guruhlarda Online darslarda o'rgatilgan ma'lumotlar asosida misollar masalalar va testlar tayyorlab o'quvchilarga bajartirishva tahlil qilish orqali nazorat qilib turdim. Yaxshi o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ayniqsa Zoom dasturi orqali yuzma-yuz suhbat va savol-javoblar tashkil etdim. Darslar uchun zarur texnik vositalar web-kamera va pen tablet - ekranda ruchka yordamida yozish qurilmalarini tashkillaganman.
48-Maktabda 4 yildan toki hozirgacha Aniq fanlar uslubbirlashmasi raisiman. Pandemiya davrida Zoom ilovasi yordamida, an'anaviy ta'lim davrida esa ta'limdagi o'zgarishlarni, yangi metodik va uslubiy tavsiyalarni uslubbirlashma qoshida kichik yig'ilish tarzida yetkazib borganman. Yangi darsliklar asosida mulohazalarni hududiy maktablar treneri sifatida har Dushanba kunida bahs-munozaralar tashkil etilgan va unda muntazam ishtirok etib kelmoqdaman. Viloyat va respublika miqyosida esa ijtimoiy tarmoqlar yordamida ta'limdagi o'zgarishlarni, Xalqaro tajribalar va ularni milliy o'quv dasturimizga singdirish kabi muhokamalarda ishtirok etib turaman.
O'qituvchi kasbida faoliyat yuritayotganimda juda mamnunman. O'z sevgan fanim, va uni bolalarga o'rgatishga imkonim yetarlicha. O'z ustimda izlanib, yangi loyihalar ishlab, ta'limni rivojlantirishda o'z hissamni qo'shaman. Ta'lim tizimini tez-tez isloh qilish zarur. Fan-texnika olami jadallik bilan rivojlanayotgan bir vaqtda aynan bitta ta'lim dasturi yoki ta'lim standarti bilan ishlash raqobatbardoshlilikni so'ndiradi. Ta'lim tizimi va ta'lim standartlari hozirgi rivojlanish jadalligida 3-5 yilda yangilanib turishi, yangi paydo bo'layotgan kasblarga yo'naltirib turishi lozim. Ta'lim dargohlariga internet yetib bordi, bir fan bo'yicha milliy platforma yaratish va izlanuvchan bolalarni ilmiy masalalar ustida birlashtirish zarur.
Darsdan bo'sh vaqtlarimda va yozgi tatil davrida Ingliz tili, web-dasturlash kurslarida ishtirok etdim. Uzbekcoders, Coursera, KhanAcademy online ta'lim platformalarida ham bepul kurslarida o'qidim.
Yangi darsliklar muhokamasi seminarlari va Milliy O'quv dasturini tushinish bo'yicha vebinarlarda qatnashdim. O'quvchilarni xalqaro PISA, PIRLS kabi tadqiqotlarga tayyorlash maqsadida tashkil etilgan seminar trening mashg'ulotlarida aktiv qatnashdim va maktabimda targ'ibot ishlarini olib bordim.
8 yillik kasbiy faoliyatim davomida 3 yil shaxar hududida va 2015 yildan buyon qishloq hududida dars berib kelmoqdaman. O'z kasbimni sevganim va bilim olishdan to'xtamaganim o'quvchi yoshlarga motivatsiya bera oldi va ularni aniq fanlarga qiziqtira oldim. Oliy Ta'limga hujjat topshirgan o'quvchilarning aksariyati tanlagan sohasi Aniq fanlar ekanligi buning isbotidir. Hozirda o'ndan ortiq bitiruvchilarim aniq fanlar yo'nalishida oliy ta'lim muassasalarida tahsil olmoqda. Matematika va informatika fanidan o'quvchilarim fan olimpiadalarining tuman va viloyat bosqichlarida faxrli o'rinlarni olib kelmoqda. Hozirda dasturlash yo'nalishida o'quvchilardan kuchli tarkib tuzib, o'qitib kelmoqdaman.
1. "Mathematics" nomli kompyuter dasturini tuzib chiqdim. Unda barcha maktab yoshidagi o'quvchilar ishlay oladi. Oy'in 8 ta asosiy bo'limdan iborat bo'lib 1-4 gacha arifmetika, 5-8 gacha ikki va uch tomonlama hisoblashga asoslangan boshqotirmalar bo'limidir. Bular random funksiyasi soida cheksiz misollar tuzish imkonini beradi. Past o'zlashtiruvchi va yuqori o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlashda yaxshi samara bermoqda.
2. 1-sinf o'quvchilaridan boshlab dasturlash haqida tushincha berish maqsadida "Scratch, 7-15 yosh bolalarga dasturlashni o'rgatish uchun" nomli o'quv qo'llanma yozdim. Unda na'muna va o'rganish uchun tayyor dasturlar, mustaqil bajarishi uchun amaliy topshiriqlar, masalalar ham berilgan.
3. Hududiy o'qituvchilarga trener bo'laganim uchun ba'zi bir qiyin mavzularni videorolik ko'rinishida tayyorlab Aniq fanlar o'qituvchilari guruhimizda berib borganman, shunga mos texnik qurilmalar bilan jihozlanib olganman.
4. Yangi loyihalar ustida izlanish olib bormoqdaman...
Download 15,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish