Dars ishlanmalar to‘plami 2019-2020 o’quv yili Sana Darsning mavzusi



Download 1,64 Mb.
bet3/13
Sana12.03.2020
Hajmi1,64 Mb.
#42231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5 sinf tasviriy sanat 2019


2019-2020 o’quv yili

Sana _____________________________

Darsning mavzusi: Tasviriy san’atning ifoda vositalari haqida suxbat (reproduksiyalarni tahlil etish asosida)

Darsning maqsadlari:

  1. Talimiy maqsad: Tasviriy san’atning ifoda vositalari haqida ma’lumot berib ularni tahlil etish asosida o’rgatish

  2. Tarbiyaviy maqsad: Gozallikka bo’lgan mehr- muhabbatni o’yg’otish, gozallikni sevishni o’rgatish

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tasviriy san’atning ifoda vositalari haqida ma’lumot berib ularni tahlil etish asosida o’rgatishda individual yondoshish

  4. O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (audio- video yozuv,kompyuter) foydalanish.

  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish.

  • Milliy va umummadaniy kompetensiya: yurish-turishda madaniy me’yorlarga amal qilish.

Darsning jihozlanishi: Tasviriy san’atning ifoda vositalarining reproduksiyasi va o’quvchilar ish namunalari,doska, bo’r

Darsning borishi:

I-Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish

II- Uyga vazifani tekshirish

Chizilgan uy ishlarini tekshirib chiqish.



III-Yangi mavzuni o'rganish

Tasviriy san’atning ifoda vositalarini tasviriy san’at, amaliy san’at badiiy konstruktiv loyihalash, dizayn san’ati hamda kompozitsiya, chiziq, dog’, rang, shakl, fazo, faktura haqidagi taniqli yirik musavvirlar asarlarining tahlili egallaydi. Tasviriy san’at naturaga qarab rasm ishlash, kompozitsiya, san’atshunoslik asoslari bo’limlari orqali amalga oshiriladi.




Naturaga qarab tasvirlash o’quvchilarga narsa va hodisalarning hajmi va fazoda joylashuvi haqida tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi.

Naturaga qarab tasvirlash jarayonida o’quvchilar naturani tahlil qilish, ularni bir-biri bilan taqqoslash, umumlashtirish kabi eng muhim hususiyatlarini tasvirlashga harakat qiladilar. Bunda ayniqsa chiziqlar ravonligi, ranglarning nafis va mutanosibligi, ifodalangan go’zallikni zehnlab, tasvirlay olishga alohida e’tibor beriladi.



Tasviriy san’at voqelikni, borliqni shakllar, chiziqlar, ranglar, bo’yoqlar surtmasi orqali ma’lum bir tekislikda, yuzada, makonda va hokazolarda (haykaltorosh, rassomlar ) tasvirlaydigan san’atdir.

Tasviriy san’at – eng qadimiy va keng tarqalgan san’at turlaridan biridir. U keng manoga ega. O’z o’rnida haykaltoroshlik, rangtasvir va grafika kabi turlarga bo’linadi.

Rangtasvir - tasviriy san’atning asosiy ko’rinishlaridan biridir.

Rangtasvir asosan bo’yoqlar vositasida qog’ozga, matoga, devor yuzasiga, shuningdek, boshqa joylarga ishlanadi. Tasvirlarning mazmuni, xarakteri va shunga o’xshash barcha xususiyatlarini bo’yoqlar orqali ifodalab berish rangtasvir san’ati deyiladi. Tasviriy san’atning bu turida ijodkorning ichki kechinmalari, asarda aks ettirilayotgan voqealarning mazmuni ranglarni bir-biriga qo’shib ishlatish natijasida namoyon bo’ladi.

Grafika - yunoncha grafo - yozaman, tasvirlayman so‘zini anglatadi. Grafika - bu san’at turi bo‘lib, o‘z ichiga: kitob va jumal grafikasi,ulardagi shriftlar, gazeta va jurnallardagi hajviy rasmlar, turli xil etiketkalar, teatr va kino afishalari, yo‘l qoidasi belgilari va hatto idora va korxonalarda ish yuritish blankalarida tasvirlangan turli xil rasm va shriftlami oladi - bularning hammasi dastgoh va amaliy grafika asarlaridir.

Haykaltaroshlik - tasviriy san’atning bir turi bolib, qattiq materiallarga «qirqish, kesish, tarashlash» orqali ishlov berish ma’nosini anglatadi. Haykaltaroshlik - bu san’at ko‘rinishiga qarab, dumaloq va iriq (rclyef) haykallar yaratish turi.

Grafika Rangtasvir Haykaltoroshlik



IV- Mustaxkamlash. O’qituvchi o’quvchilarga quyidagi savollarni beradi:

  1. Tasviriy san’atning ifoda vositalarini ayting?

2. Rangntasvirchi rassomlardan kimlarni bilasiz?

3. Grafika san’ati deganda nimani tushunasiz?

V- Uyga vazifa.

Yashash joyidagi san’at asari (grafika, rang- tasvir, haykal, amaliy san’at asarlar)ni kuzatish va ulaming badiiy obrazini tahlil qilish.

O’TIBRO’ _________________

Sana _____________________________

Sana _____________________________

Darsning mavzusi: Qalamda turli chiziq (shtrix)lar yordamida tasviriy obrazlar yaratish

Darsning maqsadlari:

  1. Talimiy maqsad: Qalamda turli chiziq (shtrix)lar yordamida tasviriy obrazlar yaratishning qonun-qoidalarini o’rgatish

  2. Tarbiyaviy maqsad: Gozallikka bo’lgan mehr- muhabbatni o’yg’otish, gozallikni sevishni o’rgatish

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Qalamda turli chiziq (shtrix)lar yordamida tasviriy obrazlar yaratishni o’rgatishda individual yondoshish orqali o’quvchilar qobilyatini rivojlantirish

  4. O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (audio- video yozuv,kompyuter) foydalanish.

  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish.

  1. O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

- Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi:

naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi, tasvirlashda perspektivaning asosiy qonuniyatlarini qo‘llay oladi, naturani tasvirlashda kompozitsiya qoidalariga amal qilgan holda tasvir ishlay oladi, naturani tasvirlash va ishlashga ijodiy yondasha oladi.



  • Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi:

ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi, tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi, tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi, sodda naturalarning shakl tuzilishi, rangi, o‘lcham nisbatlari, fazoviy holatini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.

Darsning jihozlanishi: Qalamda ishlangan rasm reproduksiyasi , o’quvchilar ishlaridan namunalar,doska, bo’r

Darsning borishi:

I-Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish

II- Uyga vazifani tekshirish

Chizilgan uy ishlarini tekshirib chiqish.



III-Yangi mavzuni o'rganish

Qalamtasvir xususiyatlarini chuqurroq o‘rganish uchun shartli ishda tasvirlash bir necha turlarga boiinadi.

Tasviriy san’atda nuqta, chiziq va shtrix rasm chizishda eng aso- vazifani bajaradi. Ularsiz hech qanday rasmni tasvirlab boimaydi, sababli ularning amaliy bajarilishini alohida ko‘rib chiqamiz. Nuqta. Qog‘oz yuzida tasvirlanayotgan chiziq nuqtalardan iborat. arda bitta nuqta qora dog‘ sifatida qabul qilinsa, ikkita nuqta sining tutashtirilishi natijasida chiziq yoki biron-bir buyumning asi tashkil boiadi. Tekislikdagi bir necha nuqtalami bir-biri bilan ishtirsak, biron-bir buyumning umumiy shakli paydo bo‘ladi. Tasviriy san’atda, ayniqsa qalamtasvirda qoMlaniladigan nuq- r tayanch nuqta deyiladi. Shu tayanch nuqtalar orqali buyum klining konstruktiv tuzilishi hosil boiadi. Rasm chizishda tasvirlashning asosiy
ikkita turi mavjud.


Chiziqli tasvirlash. Har bir davrda chiziqli tasvirlashning mohir ustalari bo‘lgan.
Masalan, Leonardo da Vinchi, Rafael Santi,Renato Guttuzo, Pablo Pikasso va boshqalar shular jumlasidandir.


Ular chiziqli tasvirlash orqali insonlarning ichki dunyosini, falsafiy fikmi talqin qila olganlar.

Buyuk rassom Pikassoning «Raqqosalar» asari chiziqli tasvirlashga misol boia oladi. Rassom yuqori dinamik harakatni, plastik egiluvchan, odamlaming ichki ruhiy kayfiyatini mohirona ko’rsata olgan.

Tusli tasvirlash. Ularning asosiysi chiziqli tasvirlash. Chunki tusli tasvirlash (shtrixlash yordamida bajariladi) chiziqli tasvirdan keyin bajariladi.

  1. bosqich. Qo’yilmaning tuzilishiga qarab qog‘oz varag‘i tik yoki yotiq holatda boiishi aniqlab olinadi. Buyumning tashqi ko‘rinishi kuzatilib, qo‘shimcha chiziqlar yordamida geometrik shakllar tarzida bel- gilanadi hamda amalda qanday maqsadlarda ishlatilishi tahlil qilinadi. Narsa bo‘yining eniga nisbati aniqlanadi. Narsaning tashqi ko‘rinishida joylashgan umumiy belgilari ko‘rsatiladi.

  2. bosqich. Buyumning umumiy shakli va tasvirning nisbati, o‘lchami hisobga olinib, qog’ozda uning joylanishi (kom- pozitsiya) aniqlanadi. Narsaning asosiy nisbatlari, uning olchami, konstruktiv qurilishi hamda perspektiv qisqarish qoidalariga rioya qilgan holda tasvirlanadi.

  3. bosqich. Narsaning asosiy qismi va mayda bo‘laklarining o’zaro joylashuvi aniqlanadi. Tasvirlashda qo‘llanilgan yordamchi chiziqlar o‘chirib tashlanadi va qo‘yilmadagi narsalar bilan chizilgan rasm taqqoslab ko‘riladi. Rasmdagi narsalaming yorug soyasi katta qismlari shtrixlanib och-to‘qligi aniqlanadi. Tasvirlangan narsadagi yorug’, yarim soyasi, shaxsiy soyasi, refleks, shu’la qismlari oxiriga yetkaziladi.

  4. bosqich. Shakllarning xarakteri va fakturasi ko‘rsatiladi ish butun bir yaxlitlikka keltirilgan holda tugallanadi.

IV- Mustaxkamlash.

Savollar:



  1. Chiziqlarning qanday turlari mavjud?

  2. Chiziqli va tusli tasvirlash deganda nimani tushunasiz?

  3. Shtrix nima? Siluet nima?

V- Uyga vazifa.

Qalamda turli chiziqlar yordamida tasvirli obrazl bajarish.

O’TIBRO’ _________________

Sana _____________________________

Sana _____________________________

Darsning mavzusi: Oq va qora rang tuslaridan grafik rasm ishlash

Darsning maqsadlari:

  1. Talimiy maqsad: Oq va qora rang tuslaridan grafik rasm ishlash da qonun-qoidalarning muxim o’rni mavjudligini anglatish

  2. Tarbiyaviy maqsad: Gozallikka bo’lgan mehr- muhabbatni o’yg’otish, gozallikni sevishni o’rgatish

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Oq va qora rang tuslaridan grafik rasm ishlashda qonun-qoidalarning muxim o’rni mavjudligini anglatish va chizish bosqichlarini ko’rsatish orqali bilimlarini rivojlantirish

  4. O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (audio- video yozuv,kompyuter) foydalanish.

  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish.

  1. O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

- Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi:

naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi, tasvirlashda perspektivaning asosiy qonuniyatlarini qo‘llay oladi, naturani tasvirlashda kompozitsiya qoidalariga amal qilgan holda tasvir ishlay oladi, naturani tasvirlash va ishlashga ijodiy yondasha oladi.



  • Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi:

ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi, tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi, tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi, sodda naturalarning shakl tuzilishi, rangi, o‘lcham nisbatlari, fazoviy holatini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.

Darsning jihozlanishi: Oq va qora rang tuslaridan grafik rasmning namunasi va reproduksiyalari, doska, bo’r

Darsning borishi:

I-Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish

II- Uyga vazifani tekshirish

Chizilgan uy ishlarini tekshirib chiqish



III-Yangi mavzuni o'rganish

Naturmort ishlashga bizga birinchi navbatda natura uchun mis qumg‘on, gipsli geometrik jism xolis fonida olinadi. Naturmort buyumlarini diqqat bilan kuzatib, chizishga harakat qilamiz. Biz naturmort tasvirini bosqichma-bosqich chizish orqali amalga oshiramiz.



Bir rangli bo‘yoq usulida o‘quvchi tendoshlaringiz tomonidan bajarilgan grizayl kompozitsiyalar.

Birinchi bosqichda naturmortning tas­virini qog‘ozga yordamchi chiziqlar orqali to‘g‘ri joylashtiramiz. Chiziqli tasvir tay- yor boigandan so‘ng uni yana bir bor na­tura bilan solishtirib ko‘riladi. Aniqlangan kamchiliklar tuzatiladi.

Ikkinchi bosqichda naturmortning yorug‘-soya joylari aniqlashtirilib, yengil rangli bo‘yoq beriladi.

Uchinchi bosqichda naturmortning och-to‘q joylaridagi rangl tuslar munosabati aniqlashtiriladi.

To‘rtinchi bosqichda naturmortdagi buyumlar hajmdorligi, xarakterli joylari, soya, yarim soyalar, ular orasidagi o‘zaro bog‘la- nishlar nihoyasiga yetkaziladi. Soyaroq joylari to‘qlashtirib umum- lashtiriladi.

Grizayl usulida bosqichli naturmort.




IV- Mustaxkamlash.

Savollar:



  1. Grizayl deganda nimani tushunasiz?

  2. Grizayl nechta rangda tasvirlanadi?

  3. Grizayl usulida rasm ishlash qanday bajariladi?

V- Uyga vazifa.

Uy-ro‘zg‘or buyumlaridan tashkil topgan naturmortni grizaylda ishlash.
O’TIBRO’ _________________

Sana _____________________________

Sana _____________________________

Darsning mavzusi: Tabriknoma eskizini ishlash

Darsning maqsadlari:

  1. Talimiy maqsad: Tabriknoma eskizini ishlashda qonun-qoidalarning muxim o’rni mavjudligini anglatish

  2. Tarbiyaviy maqsad: Gozallikka bo’lgan mehr- muhabbatni o’yg’otish, gozallikni sevishni o’rgatish

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tabriknoma eskizini ishlashda qonun-qoidalarning muxim o’rni mavjudligini anglatish va chizish bosqichlarini ko’rsatish orqali bilimlarini rivojlantirish

  4. O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

  • Kommunikativ kompetensiya: jamoa bilan ishlashda uning fikrini qo‘llab-quvvatlash.

  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (audio- video yozuv,kompyuter) foydalanish.

  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish.

  1. O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

- Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi:

naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi, tasvirlashda perspektivaning asosiy qonuniyatlarini qo‘llay oladi, naturani tasvirlashda kompozitsiya qoidalariga amal qilgan holda tasvir ishlay oladi, naturani tasvirlash va ishlashga ijodiy yondasha oladi.



  • Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi:

ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi, tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi, tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi, sodda naturalarning shakl tuzilishi, rangi, o‘lcham nisbatlari, fazoviy holatini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.

Darsning jihozlanishi: Tabriknoma reproduksiyalari, o’quvchilar ishlaridan namunalar, doska, bo’r

Darsning borishi:

I-Tashkiliy qism:

a)Salomlashish

b)Davomatni aniqlash

c)O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish

II- Uyga vazifani tekshirish

Chizilgan uy ishlarini tekshirib chiqib baholanadi



III-Yangi mavzuni o'rganish

Maktabda o‘tkaziladigan kechalar, uchrashuvlar, ko‘rgazmalaming hilishi, ulaming muhokamasi kabi tadbirlarni amalga oshirishda taklifnoma, ramzlarning ma’lum hissasi bor. Taklifnoma ko‘p nusda yoziladi. Shuning uchun u sodda va ravon bo’lishi zarur.






Buklangan qog‘ozning tashqi tomoniga «Taklifnoma» so‘zi yoziladi. Bu soz plakat, husnixat, trafaret harflarida yozilishi mumkin. Yozuvdan tashqari turli tasvirlar yoki voqeaning mazmunidan darak beradigan rasmlar ham ishlash mumkin.

Taklifnomaning ichki tomonida taklif qilinayotgan shaxsning ismi, sharifi boradigan tadbirning nomi, qachon va qayerda o‘tkazilishi va bu kechani kim tashkil qilayotgani ko‘rsatiladi.



O’quvchilar tayyorlagan tabriknoma bilan o‘qituvchisni tabriklaydi. Tabriknomaning nomi qog‘oz formatining yuqori tomonida, tabriknoma sarlavhasi uchun ajratilgan qismda yirik harflar bilan yoziladi.

Tabriknomaning nomini yozishda yozma, bosma, kursiv va turli badiiy harflardan foydalanish mumkin. Ayniqsa, mavzuga mos jozibali rasmlar katta ro’l o’ynaydi. Rasmli tabriknoma mazmuniga muvofiq bo‘lsa o‘quvchilarni o‘ziga jalb qiladi.


Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish