Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi “Talim to’g’risida”gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy talablaridan biri, bu o’quvchilarda mustaqil fikrlash, ishlash ko’nikmalarini shakllantirish, aqliy va ijodiy faoliyatlarini rivojlantirish, olgan bilimlarini hayotda qo’llay olish malakalarini tarkib toptirishdan iboratdir. Tamoyilga ko’ra, bu kabi talablar asosan maktabda, dars jarayonida amalga oshiriladi. Shunday ekan, dars samaradorligi o’qituvchining mashg’ulotlarga nechog’lik puxta tayyorgarligiga bog’liq.
Aytish joizki, ta’lim jarayoniga kirib kelayotgan innovasion meto’dlar, yangi pedagogik texnologiya elementlari dars mazmuni va mohiyatini boyitmoqda. Ushbu talablarni bajarishda dastavval o’qituvchi har bir dars mavzusi, maqsadidian kelib chiqqan holda o’quvchilarning aqliy faoliyatlarini rivojlantiruvchi psixologik test topshiriqlari, raqamli savol-javoblardan unumli foydalanib dars o’tishning induktiv va deduktiv usullarini mashg’ulotlariga tadbiq etsa, bular, albatta, muvaffaqiyatlar omili bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |