Mavzu: Bir o’zgaruvchili chiziqli tenglama.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarning o’zlariga bir o’zgaruvchili chiziqli tenglamalarning umumiy ko’rinishini hosil qildirish, uni yechish, ko’nikma va malakalarini shakllantirish.
Tarbiyaviy: Guruhlarda ishlash, o’zgalar fikrlarini hisobga olish xislatlarini paydo qilish, o’zaro yordam ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:. Aqliy faoliyati, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil ishlash ko’nikmalarini tarkib toptirish.
Dars uslubi: Induktiv va deduktiv.
Dars jihozi: Psixologik test topshiriqlari, amaliy topshiriqlar, uslubiy qo’llanmalar, darslik.
Mavzuga oid tushunchalarni o’quvchilar ongiga singdirish va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida sinf o’quvchilari o’zlashtirish qobiliyatlariga ko’ra (har bir guruhda 5-6 nafardan) 4-5 ta guruhlarga bo’linadi va o’qituvchi tomonidan maxsus topshiriqlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |