Quvnoq daqiqa o`tkaziladi
Yangi mavzuni mustahkamlash
O`quvchilar bilan masal mazmuni haqida savol-javob o`tkaziladi.
Shamol va quyosh nima uchunn bahslashib qolishdi?
Shamol bahsda nima uchun quyoshdan yengildi?
Oliyjanoblik qanday xislat?
Tez aytish:
Qo`ng`iroq qo`g`irchoqnikimi, qo`zichoqnikimi?
Topishmoq:
Yungi igna,
Burni tugma,
Ko`zi munchoq,
Bag`ri yumshoq.
Darsni yakunlash va baholash
Darsda o`rganilganlar asosida savol-javob o`tkaziladi. Savol-javobda va darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi hamda rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa
“Shamol va quyosh” masalini ifodali o`qib kelish.
Dars ishlanma (1-sinf)
Mavzu: Non isi (rivoyat)
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: o‘quvchilarni «Non isi» rivoyati bilan tanishtirish, ularda to‘g‘ri, va ravon o‘qish malakalarini shakllantirish;
FK1: o`qish uchun kitoblar (badiiy asar namunalari)ni mustaqil tanlay oladi;
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda aziz ne`mat bo`lgan nonni qadrlashga, uni asrab-avaylashga, nonni uvol`qilmaslikka o‘rgatish;
TK5: badiiy asarlarda aks etgan ma`naviy va madaniy hodisalar mohiyatini to`g`ri tushunish hamda tushuntirib bera olish;
Do'stlaringiz bilan baham: |